O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

Kimyoviy jihatdan turg’unligi
materialning ishqor, kislota, 
suvda erigan tuz va gazlarning yemirish ta’siriga qarshilik ko’rsatish 
xususiyatidir. 
Korroziya bardoshligi
– materialning muhitda zanglash ta’siriga 
qarshilik ko’rsatish xossasidir. 
Ko’pchilik qurilish materiallari bunday xossalarga ega emas. 
Masalan, qariyb barcha sementlar kislotalar ta’siriga chidamsiz, bitumlar 
ishqorlar eritmalari ta’siri ostida oson yemiriladi, yog’och-taxta 
ikkalasining ham ta’siriga turg’un emas. Kislota va ishqorlarning 
ta’siriga tabiiy tosh materiallarning ba’zi turlari (diabaz, andezit, bazalt, 
zich keramika), shuningdek, plastmassa materiallarning ko’pchiligi 
yaxshi qarshilik ko’rsatadi. 


19
2-BOB. TRANSPORTLOVCHI MASHINALAR 
2.1. Transportlovchi mashinalarning turlari to’g’risida umumiy 
tushunchalar 
Turli xil yuk (xom ashyo, yarim fabrikat, tayyor mahsulot va 
hokazo) larni bir joydan ikkinchi joyga o’z xususiyatlarini saqlagan 
holda transportirovka qilish hozirgi zamon sanoat korxonalarining 
asosiy texnologik jarayonidir. 
Yuk tashish mashinalari asosan yuklarni gorizontal yo’nalishda 
tashish uchun mo’ljallangan, ayrim mashinalar esa yuklarni yuqoriga 
yoki burchak ostida yo’naltirish uchun ishlatiladi. 
Yuk tashish mashinalari yuk tashish xususiyati bo’yicha uch 
guruhga bo’linadi:
1. Mexanik yuk tashish mashinalari; 
2. Pnevmatik yuk tashish qurilmalari; 
3. Gidravlik yuk tashish qurilmalari (2.1-rasm). 
Mexanik yuk tashish mashinalari o’z navbatida ikki guruhga 
bo’linadi: a) uzluksiz yuk tashish mashinalari; b) davriy yuk tashish 
mashinalari. 
Pnevmatik yuk tashish qurilmalari ham ikki guruhga bo’linadi: a) 
sochiluvchan yuklarni havo bilan aralashtirib tashuvchi qurilmalar; b) 
yuklarni havo oqimi yordamida yopiq quvur orqali maxsus kapsulalarda 
(konteynerlarda) tashuvchi qurilmalar. 
Gidravlik yuk tashish qurilmalarida sochiluvchi yuklar suyuqlik 
bilan birgalikda tashiladi. 
Uzluksiz yuk tashish mashinalari sochiluvchan (sement, qum, 
tuproq, chaqiq tosh, shlak va xk.) plastik (beton aralashmasi va boshqa 
qorishmalar) va mayda donali (g’isht, tosh, balkalar, yashiklar va xk) 
yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Ular yordamida yuklar oqim usulida 
to’xtovsiz, ish unumdorligi o’zgarmas holda va ma’lum yo’nalishda 
tashiladi. Bu mashinalarni bir joydan ikkinchi bir joyga olib qo’yish 
qiyinligi sababli, ular statsionar va yarim statsionar holda ishlatiladi. 
Uzluksiz yuk tashish mashinalariga lentali, zanjirli, plastinkali, 
osma, tebranuvchan, vibratsion, rolikli, vintli konveyerlar, elevatorlar, 
o’zi oqar qurilmalar va hokazolar kiradi. 
Bu mashina va qurilmalarda tashilayotgai yuklar ham uch guruhga 
bo’linadi: 1–donali, 2–sochiluvchan, 3–xamirsimon (yopishqoq). 
Davriy ishlovchi mashinalar yuklarni davriy, ya’ni bo’lak-bo’lak 
(to’xtab-to’xtab) holda ma’lum masofaga tashiydi. Ularni yuklash va 


20
tushirishda mashina harakatni to’xtatadi, ba’zi hollarda to’xtatmasligi 
ham mumkin. 
Ishni bajarish uchun ketgan davr yukni ilish (yuklash), ko’tarish, 
yuk bilan harakatlanishi (transportlash) va yukni tushirish uchun 
to’xtashdan va yuksiz birinchi holatga qaytishdan iborat. 
Ikkala 
guruh 
mashinalari 
ham 
ishni 
unumli 
bajarishda 
ta’minlagich, miqdorlagich, tarozi, bunker, zatvor, oqizuvchi tarnov va 
yuklagichlar yordamidan foydalaniladi. 
Zavod va korxonalar ichidagi yuklarni tashish tsexlararo va tsex 
ichidagi xom ashyo va materiallarni transportlash ishlariga bo’linadi. 
Sexlararo - bunda butun zavod va korxona ichidagi yuk tashish ishlari, 
tsex ichidagi ishlarga esa aynan shu tsexdagi yuk tashish ishlari kiradi. 
Sanoat korxonalaridagi yuklarni tashish mashinalari asosan 
yuklarni yerda, suvda va havoda tashish uchun mo’ljallangan. Umumiy 
tashiladigan yuklarning 90% dan ko’prog’i yerda harakatlanadigan 
mashinalar yordamida tashiladi.
Davriy yuk tashish mashinalari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
-
temir yo’l transporti;
-
yuk avtomobillari va traktorlari; 
-
havo transporti; 
-
suv transporti; 
Temir yo’l transporti.
Temir yo’l transportidan foydalanishda 
tashish masofasi 200 km dan kam bo’lmasligi va vagonlardan temir 
yo’lga tushadigan yuk 220 kN dan oshmasligi kerak. 
Temir yo’l transportiga parovoz, teplovoz, elektrovoz va 
gazotrubovozlar kiradi.
 Yuk 
avtomobillari, 
traktorlar 
va 
pnevmog’ildirakli 
shataklagichlar. 
Yuk avtomobillari, traktorlar va tirkamalari zimmasiga 
10…15% dan ortiqroq yuklarni tashish ishlari to’g’ri keladi. Yuk 
avtomobillari tez yurishi, manyovrchanligi, past-baland yo’llarda yura 
olishi, tik qiyalikdan tusha olishi va kichik radiuslik qayrilishlarda burila 
olishi bilan boshqa mashinalardan ajralib turadi.
Yuk avtomobillari maxsus va umumiy yuk tashish avtomobillariga 
bo’linadi.
Umumiy yuk tashish avtomobillariga bortli, o’zi ag’daradigan 
mashinalar kiradi. 
Maxsus yuk transportlovchi avtomobillarga furgon, avtomobil-
tsisterna, truba va turli xil panellar tashuvchi avtomobillar va hokazolar 
kiradi.


21
Traktorlar ishlash muhitiga ko’ra pnevmog’ildirakli va gusenitsali 
bo’ladi. Gusenitsali traktorlar botqoq, cho’l va o’rmonlarda og’ir 
yuklarni tashish uchun ishlatiladi.
Shataklagichlar ham o’z navbatida shataklagichlar va yarim 
shataklagichlarga bo’linadi. 
Suv transporti.
Suv transporti turkumiga paroxod, teploxod, 
vodomyot, turboxod, atomoxodlar kiradi.
Havo transporti. 
Bu mashinalarga samolyotlar, vertolyotlar va 
dirijabllar kiradi. Bu mashinalar yuklarni uzoq masofaga tashishda, 
shuningdek boshqa turdagi mashinalarning yurishi va o’tishi qiyin 
bo’lgan botqoq, cho’l, tog’li joylarda ishlatiladi. 


22 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin