10.10-rasm. Vantli machta-strelali kran.
a) umumiy ko’rinish; b) kranni pastki tayanchi; v) kallak.
1-tayanch, 2-vint, 3-strela polispasti, 4-qo’shimcha qurilma-tumshuq
(gusak),
5-polispast, 6-yuk polispasti, 7-polispast, 8-strela, 9-machta, 10-
burilish doirasi, 11-tayanch ramasi, 12,13-blok, 14-chig’ir, 15-tovon.
10.7. Qo’yma (statsionar) minorali kranlar
Qo’yma (statsionar) minorali kranlar (10.11–rasm). Ular baland
(150 m va undan yuqori) inshootlarni qurishda ishlatiladi. Statsionar
kranlar buriluvchi kallak, gorizontal strela va unda harakatlanuvchi yuk
karetasidan iborat. Bunday kranlar maxsus fundamentga yoki bino
fundamentining bir qismiga o’rnatiladi. Minora balandligining uzunligi
2,5...7 metr bo’lgan sektsiyalarni pastdan yoki yuqoridan qo’shish yo’li
bilan orttiriladi. Yuk ilmog’ining ko’tarilish balandligi nisbatan katta
bo’lgan statsionar va minorasi burilmaydigan kranlarda minorani
uzaytirish yuqoridan amalga oshiriladi. Minoraga qo’shimcha sektsiya
o’rnatishda yuqoridan oxirgi ikkita sektsiya montaj tutgichi 2 ga
qotiriladi va o’zaro bir–biridan ajratiladi. O’rtadagi sektsiya 4 oldindan
ilmoq osmasi yordamida ko’tariladi va siljuvchi rama 3 ga osiladi.
136
10.11 – rasm. Qo’yma (statsionar) kran.
a) kran sxemasi; b) ikkita elektroreversiv chig’irda yuk arqonini o’rash
sxemasi; v) kranni binoga biriktirilishi; g) montaj polispasti arqonini
o’ralish sxemasi.
1 – mahkamlovchi qurilma, 2– tutgich, 3 – rama, 4– sektsiya, 5, 6, 7 –
baraban.
Montaj polispasti arqonining o’ralish sxemasi 10.11-rasm, g da
keltirilgan. Montaj chig’iri
7
orqali kranning yuqori qismiga kallag,
strela va muvozanatlovchi konsol ko’tariladi. Natijada o’rtada bo’shliq
hosil bo’ladi. Dastaki chig’ir orqali qo’shimcha sektsiya ana shu
bo’shliqqa o’rnatiladi. Kran minorasi rama 1 yordamida bino devoriga
mahkamlanadi (10.11-rasm, v).
|