10.14-rasm. Chorpoyali kran.
a) kran sxemasi; b) telejkani siljish mexanizmida po’lat arqon o’ralish
sxemasi; v) xuddi shuning o’zi yuk ko’tarish mexanizmi uchun.
1-elektroreversiv chig’ir, 2-ko’prik, 3-yuk aravachasi, 4-polispast,
5-traversa, 6-boshqarish kabinasi, 7-tayanch, 8-aravacha, 9-yordamchi
mexanizm, 10, 11, 12, 13, 14-chig’irlar.
Montaj qiluvchi og’ir kranlarda yuklarni tushirishda kichik
tezlikka erishish uchun to’rt dona chig’ir 10, 11, 12, 13 dan
foydalaniladi. CHig’ir 10, 11 lar yukni bir tomonga, 12, 13 lar esa
qarama-qarshi tomonga harakatlantiriladi. Kranni boshqarish kabina 6
dan amalga oshiriladi.
Ko’prik kranlar.
Yirik inshootlarning fundamentini qurishda,
sanoat binolari qurilmalari va konstruktsiyalarini montaj qilishda hamda
ishlab chiqarish jarayonida sanoat binolarida ishlatiladi. U ikki asosiy
qismdan iborat. (11.15-rasm) ko’prik 2 va yuk aravachasi 3.
141
10.15-rasm. Ko’prik kran.
1-operator kabinasi, 2-ko’prik, 3-yuk aravachasi, 4-yukni ko’tarish
mexanizmi, 5-aravachani siljitish mexanizmi, 6-ko’prikni siljitish
mexanizmi.
Kran ko’prigi metall konstruktsiyadan iborat bo’lib, rels bo’ylab
harakatlanuvchi
aravachalarga
o’rnatilgan.
Aravacha
kranni
harakatlantiruvchi mexanizm 6 dan harakat oladi. Konstruktsiyasiga
ko’ra kranlar bir va ikki balkali bo’ladi. Bir balkali kranlar 10
tonnagacha yuk ko’tarib, tayanchlar orasidagi masofa (5...18 m) uncha
katta bo’lmaydi. Katta yuk ko’taruvchi kranlarda ko’prik ko’ndalang
kesimi to’rt burchak yoki tavrdan iborat bo’lgan bo’ylama ikkita
balkalardan tayyorlanadi. Bu bo’ylama balkalarda yuk aravachasi
harakatlanadi. Aravacha harakatlanish 5 va yuk ko’tarish 4
mexanizmlaridan iborat. Yuk ko’tarish qobiliyati 20 tonnadan ortiq
bo’lgan kranlarda asosiy va yordamchi yuk ko’tarish mexanizmlari
qo’llaniladi. Yordamchi yuk ko’tarish mexanizmining yuk ko’tarish
qobiliyati asosiy yuk ko’tarish mexanizmining yuk ko’tarish
qobiliyatidan 3-5 marta kichik. Ko’prik kranning uchala mexanizmi
alohida yuritma orqali harakatlanadi. Ular dvigatel, mufta, to’xtatgich,
reduktor va ijrochi qism (yurish g’ildiragi yoki chig’ir barabani) sxemasi
bo’yicha tayyorlanadi. Kranni boshqarish ko’prikka osilgan kabina 1
orqali amalga oshiriladi.
|