O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-rasm. Minorasi buriluvchi kranlar



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

11.1-rasm. Minorasi buriluvchi kranlar.
a) ko’tariluvchi strelali kran sxemasi; b) to’rt karrali poliplastli srelada 
yuk ko’taruvchi po’lat arqon zahirasi sxemasi; v) xuddi shuning o’zi ikki 
karrali polispasda; g) gorizontal va siniq o’qli balka strela sxemasi; d) 
gorizontal streladagi tortish po’lat arqon zahirasi sxemasi; ye) xuddi 
shuning o’zi yuk arqonida; j) xuddi shuning o’zi opma siniq o’qli balka 
strelada.
1-strela, 2-kran minorasi, 3-qurilish platformasi mexanizmi, 4-burilish
platformasi, 5-yurish qismi, 6-tayanch burilish qurilmasi,
7-muvozanatlovchi yuk, 8-yuk chig’iri, 9- strela chig’iri, 10-strela 
poliplast, 11-kabina, 12-arqonli tortqi, 13-yuk poliplasti, 14-
eletroreversiv chig’ir, 15-karetka. 
 
Minorasi buriladigan kranlar.
Kran minorasi 2 (11.1-rasm) 
burilish platformasi 4 ga mahkamlanadigan va burilish platformasi esa 
yurish qismi 5 ga tayanuvchi tayanch burilish qurilmasi 6 orqali 
mahkamlanadi. Burilish platformasiga muvozanatlovchi yuk 7, va yuk 
chig’iri 8 strela 9 strela chig’irlari hamda burilish platformasini 
aylantiruvchi mexanizm 3 joylashgan. Strela 1 minoraga sharnirli 


147 
mahkamlangan bo’lib, po’lat arqonli tortqilar 12 orqali tortib olinadi. 
Po’lat arqonlar esa yo’naltiruvchi bloklar orqali strela polispastiga 
ulanadi. Yukni ko’tarib tushirish esa yuk polispasti 13 hamda yuk 
chig’iri va osma ilmoq yordamida amalga oshiriladi. Kranni esa kabina 
11 dan boshqariladi. Yuk ko’tarish qobiliyatiga ko’ra kranlarda bir,
ikki, uch va ko’p karrali yakka va ikkilangan polispastlar qo’llaniladi. 
Ilmoq osmasi yuk ilmog’i, traversa, o’q va bloklardan iborat. Yukning 
qulochining strelaning qiyaligini (11.1-rasm, a) yoki yuk aravachasi 
gorizontal strela bo’ylab (11.1-rasm, b) harakatlantirib o’zgartiriladi.
Gorizontal balka strelali kranlarda yuk aravachasi strela bo’ylab 
elektroreversiv chig’ir 14 orqali harakatlanadi. Gorizontal strelali kranni 
yuk ko’tarish balandligi qiya strelalinikidan past, lekin kam energiyani 
talab qiladi va montaji oson. Strelasi qiya joylashgan kranlarda quloch 
o’zgartirilganda yuk o’zining holatini o’zgartiradi. Bu kamchilikni 
yo’qotish uchun strela qulochini o’zgarishi bilan yukni gorizontal 
siljitishni ta’minlash talab qilinadi. 11.1 b va ye rasmda 4 va 2 karrali 
polispastlarida yuk arqonining harakat sxemasi keltirilgan.
Bu holatda 11.1 j rasmda ko’rsatilgandek, yuk karetkasi qiya strela 
bo’ylab yukni gorizontal yo’lini va balandligini saqlagan holda harakat 
qiladi. Tayanch-burilish qismi pastda joylashgan kranlarda kran 
burilganda yurish qismidan boshqa hamma qismi birgalikda burilgani 
uchun, katta yuk ko’tarish qobiliyatiga va baland yuk ko’tarishda kran 
vaznini ko’paytirishiga olib keladi. SHuning uchun ham 10 t. dan ortiq 
yuk ko’taradigan minorali kranlar minorasi burilmaydigan va faqat 
yuqori qismi buriladigan qilib ishlab chiqariladi.


148 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin