139
dumalanuvchi qismga ega bo’lgan katta diametrdagi maxsus tayanch
podshipnigi sifatida tayyorlanadi.
10.8. Chorpoyali, ko’prik va kabelli kranlar
Chorpoyali, ko’prik va kabelli kranlar
proletli kranlar tipiga
mansub bo’lib, strelali kranlarga nisbatan xizmat ko’rsatish maydoni
bo’yicha doimiy yuk ko’tarish qobiliyati, yuqori ustuvorligi va yengilligi
bilan farq qiladi, shu bilan birga ularning
manevrchanligi oz va montaj
qilinishi murakkabdir.
Chorpoyali
kranlar.
Ularni
omborxonalarda
va
qurilish
materiallarini ishlab chiqaruvchi zavodlarda yuklash-tashish ishlarini
mexanizatsiyalashda, konstruktsiyalarni yig’ish maydonlarida,
yirik
sanoat korxonalari, issiqlik va atom elektrostantsiyalari qurilishida
texnologik qurilmalarni montaj qilishda keng miqyosda qo’llaniladi.
Chorpoyali kranlar montaj va umumiy ishlarni
bajaradigan turlarga
bo’linadi. Umumiy ishlarda foydalaniladigan Chorpoyali kranlar 5
tonnagacha, montaj ishlarida foydalaniladiganlari esa 500 tonnagacha
yuk ko’tara oladi.
Chorpoyali kranning yuk ko’tarish konstruktsiyasi ikkita tayanch 7
(10.14-rasm) va ularga o’rnatilgan ko’prik 2 dan iborat. Kran ko’prigi
bo’ylab yuk aravachasi 3 harakat qiladi. Tayanchlar yurish aravachalari
8 ga o’rnatiladi va ularning har biri ikki relsli yo’l bo’ylab harakatlanadi.
Oz yuk ko’taradigan kran ko’priklari uch poyali fazoviy ferma va yurish
balkasi profili qo’shtavr bo’lib, unda elektrotal harakatlanadi. O’rtacha
va yuqori ko’tarish qobiliyatiga ega kranlar ko’priklari to’rt poyali
fazoviy ferma bo’lib, to’rtburchak yoki
trapetsiyasimon kesimga ega
bo’ladi.
Bu kranlarning yuk aravachalari pastki yoki yuqori poyaslarda
harakatlanadi. Ba’zi kranlarda yuqori poyaslarda asosiy yuk aravachasi,
pastki poyasda esa yuk ko’taruvchi yordamchi aravacha 9 harakatlanadi.
Kran ko’priklari konsolli va konsolsiz tayyorlanadi. Konsol uzunligi
proletning 25-30% ga teng bo’ladi. Prolet katta bo’lganda tayanchlardan
biri ko’prikka qo’zg’almas ikkinchisi esa qo’zg’aluvchan
qilib
biriktiriladi. Yuk aravachasi arqon va elektroreversiv chig’ir 1 (10.14, b-
rasm) yordamida ko’prikda harakatlanadi. Ko’tarish mexanizmi umumiy
traversa 5 va ko’prikning ikkala tomoniga simmetrik joylashgan ikkita
polispast 4 dan iborat.