130
Barabanga o’ralayotgan po’lat
arqonni tezligi
v
a
yukni ko’tarish
tezligiga
v
yu
bog’liq holda quyidagicha aniqlanadi:
v
a
= v
yu
u
pol
,
m/s (10.9)
Dvigatel quvvati
N = S
b
v
a
/ (
1000
chip
)
(10.10)
bu yerda:
chip
=
b
red
– chig’irning foydali ish koeffisienti, baraban va
reduktorning FIK lari orqali topiladi.
Olingan ma’lumotlar bo’yicha elektrodvigatel tanlanadi.
Reduktor esa ish rejimi va uzatmalar soniga qarab tanlanadi.
To’xtatgich to’xtatish momentiga qarab ehtiyot zahirasiga
(
K
T
=
1,5; 1,75; 2,0)
mos ravishda yengil, o’rta va og’ir
rejimlar uchun
quyidagicha aniqlanadi.
M
T
= K
T
M
d
red.
/ u
red
.
(10.11)
10.5. Ko’targichlar
Ko’targichlar kurilishda binolarni pardozlash va ta’mirlash
ishlarini olib borishda, sanoatning boshqa tarmoqlarida xom ashyo va
qurilish materiallarini, odamlarni yuqoriga ko’tarishda ishlatiladi.
Ko’targichlar mahkamlangan yo’naltiruvchi
metall reykalarda tik
va qiyaroq harakat qilib, unga joylashgan maydonchalar yoki kabinalar
ichida yukni ko’taradi yoki tushiradi. Qurilish ko’targichlari bajaradigan
vazifasiga
qarab
yuk
va
odam
ko’taradigan ko’targichlarga,
konstruktsiyasiga qarab esa machtali va shaxtali ko’targichlarga
bo’linadi.
Machtali yuk ko’targichlar. Ularni
qurilayotgan binoning
tashqarisiga o’rnatiladi. Ko’targich (10.8–rasm) quyidagi asosiy yig’ma
qismlardan: tayanch ramasi 1, machta-yo’naltiruvchi bloklar 4, karetka
6, yuk maydonchasi 7, elektroreversiv chig’ir 3 va elektr qurilma 2 dan
iborat.
Yuk maydonchasi machtaga mahkamlangan yo’naltiruvchi
reykalar
bo’ylab ko’tariladi. Yuk maydonchasini ko’taruvchi
elektroreversiv chig’ir arqoni yo’naltiruvchi bloklar 8 orqali va machta
yuqorisidagi bloklardan o’tib barabanga o’raladi.
Machtaning balandligi 10 metrdan ortiq bo’lganda u bino devoriga
tayanch 5 lar orqali mahkamlanadi. Tayanch
ramani yengil harakat
qilishi va qo’lda siljitish uchun pnevmatik g’ildiraklar bilan jihozlanadi.
Ko’targichlarni o’rnatganda ularni yuk platformalari derazalarning ochiq
joylariga to’g’ri kelishi va asosi binoga perpendikulyar holatda bo’lishi
kerak.
131
Yuk ko’tarish balandligi 17 m va undan ortiq bo’lganda,
ko’targichlar baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida chiquvchi
maydoncha 10 bilan ta’minlanadi. Bu maydonchalar yukni siljitish
uchun maxsus yuritma 9 bilan jihozlangan.
Ko’targichlarga ma’lum bir balandlikdan keyin o’zini to’xtatish
uchun maxsus moslama o’rnatiladi. Bundan tashqari po’lat arqonlar uzi-
lib ketganda yoki ko’targich tushib ketishini
oldini olish maqsadida
avtomatik ushlagichlar o’rnatiladi.
Kabinani
erkin
tushish
yo’li ushlagichning boshlang’ich
harakatidan 250 mm dan oshmasligi kerak. Kabina tushish yo’lini
sekinlashish va butunlay to’xtashi ushlagichlar tezligi va turiga bog’liq.
Ko’targichning ayrim konstruktsiyalarida ushlagichning yo’li 100 mm
dan oshmaydi.
Umumiy maqsadda ishlatiladigan machtali yuk ko’targichlar 0,3–
0,5 t yukni 16 qavatgacha ko’taradi va ular eshik yoki deraza
o’rinlaridan yukni bino ichiga qabul qilib oladigan qilib o’rnatiladi.
Qurilish amaliyotida baland binolar qurilishida 1,6 tonnagacha yukni
ko’tara oladigan va 200 metr balandlikkacha
olib chiqadigan
ko’targichlar ishlatiladi.
Po’lat arqonsiz ko’targichlar ham qurilishda keng qo’llaniladi.
Ular bir yoki bir necha ustunli machtalardan iborat bo’lib, tishli po’lat
reykalar tik holda machtaga mahkamlangan bo’ladi. Platformaga
mahkamlangan tishli shesternya po’lat tishli reyka bo’ylab harakat
qiladi.
Yuk–passajir qurilish ko’targichlari
.
Baland binolarni qurishda
yuk va odamlarni tashiydigan ko’targichlar ishlatiladi. Bu ko’targichlar
0,5–1,0 t. yukni 30 qavat (100 m) balandlikkacha olib chiqadi. Yuk–
passajir ko’targichlarni liftlardan farqi shundan iboratki, liftda kabina
shaxtaning ichki qismiga joylashgan bo’lsa, yuk-passajir ko’targichlarda
kabina ko’targichning tashqi qismiga joylashgan bo’ladi.
132
Yuk-passajir ko’targichlar (10.9–rasm) machta 1, machtaning tepa
qismiga o’rnatilgan yo’naltiruvchi blok 4, ko’taruvchi karetkalar
o’rnatilgan kabina 5, blok 6 va strela 3 orqali o’tadigan po’lat arqonga
osilgan muvozanatlovchi yuk 2 dan iborat.
Dostları ilə paylaş: