O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 259 -
kishilarning qadah nutqini so’zlashga ijozat berilishi, rasmiy
qonun-qoida va mehyorlarga bo’ysunishi bilan xarakterlanadi.
Shuni aytish kerakki, til tizimida ijtimoiy aytiladigan
qadah so’zlari o’ziga xos ijtimoiy maishiy ruhda o’tkazilishi
bilan harakterlanadi. Ijtimoiy rasmiy qadah so’zlari turli
ijtimoiy tadbirlarda, bazm va kechalardagi qadah so’zlarida
ijtimoiy rasmiy va samimiy, kamtarlikka yo’naltirilgan so’zlar
qo’llanilib, o’ziga xos ijtimoiy tartib asosida o’tkaziladi. Bu
esa kishilarning ijtimoiy tadbirlarda qadah so’zlarini alohida
ehtibor bilan tinglashlari va so’zlashlarini talab qiladi. shuni
aytish kerakki,
ijtimoiy kichik guruhlarda, masalan, oila,
do’stlar, qarindoshlar, kursdoshlar, sinfdoshlar, kasbdoshlar
davrasi kabilarda qadah so’zi aytish va qadah ko’tarishning
o’ziga xos odobi, etiketi mavjud. Bunday jarayonlarda qadah
so’zi aytuvchi va qadah so’zi tinglovchilarining o’ziga xos
madaniyati, majburiyati mavjud bo’ladi. Ayniqsa, qadah so’zi
nutqiy janri madaniyatida qadah so’zi aytishni boshqarish faol,
so’zamol qatnashchi zimmasiga yuklanadi. Do’stlar orasida
jamoat joyida tadbir egasining qadah so’zini boshlab berish
anhanasida
qadah
so’zi
aytish
orqali
dasturxonga
taomlanishga taklif ma’nosi anglashiladi
va shu bilan birga
tadbir egasining tadbirda qatnashayotganlarga bo’lgan hurmati
ifodalanadi. Aksariyat hollarda asosiy ovqatlanish davomida
yoki ovqatdan so’ng qolgan tadbir qatnashchilari birma-bir
qadah so’zi aytishi qadah so’zi nutqiy janrida kollektivlik,
jamoaviylik xususiyati mavjudligidan darak beradi.
O’zbek lingvomadaniyatidan farqli o’laroq, yevropa
mamalakatlari, xususan, ingliz, rus lingvomadaniyatlarida
qadah so’zining turli vaziyatlarda o’ziga xos mazmuniy
funktsional
xususiyatlari
bor.
Masalan,
nishonlash
mazmunidagi ijtimoiy tadbirlarda qadah so’zining tabriklash
nutqiy akti dominantlik qiladi.
Bunda maqtov, ulug’lash,
sharaflash, yutuqlarni ehtirof etish, yutuqlarga falsafiy va
shaxsiy, tanqidiy munosabatini bildirish kabilar yetakchilik
qiladi. Ta’ziya tadbirlarida esa qadah so’zlari mazmunan vafot
etgan kishiga bo’lgan hurmatini ko’rsatish, ular bilan
vidolashish, ajrashish (oilaviy) vaziyatlarida so’zlovchiga
psixologik tasalli berish mazmunlarida bo’ladi. Yevropa
mamlakatlarida qadah so’zi aytish qadah ko’tarilayotgan
shaxsga o’z sovg’asi sifatida aytilayotganligi bois qadah
so’zlarini aniq, lo’nda, qisqa va mazmunli aytish zarur. Bunda
qadah so’zining hurmatlash, qadrlash ma’nolari kelib chiqadi.
Bundan tashqari qadah nutqiy janrida shu vaziyat bilan bog’liq
xotiralarni eslash, yoqimli
va mavzuga oid hazillar aytish,
maslahat, tavsiya, nasihat mazmunida so’zlash, ijtimoiy
yoshga munosib tilaklar aytish, shaxsiy munosabat bildirish,
mashhur tsitatalardan keltirish, voqeaga falsafiy yondoshish,
adolat va haqiqat nuqtai nazaridan yondoshish kabi
mazmunlar ham mavjud.
Ingliz lingvomadaniyatida qadah so’zi
nutqiy janri
matni nutqiy vaziyatga qarab qisqalik, lo’nda, mahnoli,
falsafiy, pozitiv, shaxsiy munosabat, rituallik, ijtimoiylik,
guruhlilik, ehtirof, hurmat, sharaflash, ulug’lash, tilak,
quvnoqlik, motivatsiya, do’stlik,
bazmu jamshid, tadbir,
marosim, yig’ilish, ko’ngil ko’tarish, xushvaqtlilik, chiroyli
so’zlash, qadrlash kabi xarakterli xususiyatlarning mavjudligi
bilan xarakterlanadi. Masalan, ingliz xalqida to’y tadbirida
qadah so’zi aytish alohida to’yning bir qismini tashkil qiladi.
Bunda tortning kesilishi va qadah ko’tarilish jarayoni yonma-
yon ijro etiladi. Odatda to’yda uzoq nutq so’zlash kerak emas.
Kelin kuyov ishtirokida tort kesilgach to’yni olib boruvchi
hammadan jimjitlik saqlashni so’raydi. Odatlarga ko’ra
birinchi tost kelinning qarindoshi yoki do’sti tomonidan
aytiladi. U quyidagi qadah so’zining
tayyor qolipidan
foydalanib, o’z nutqini boshlashi mumkin.
“Ladies, and
gentlemen, I have ‘leasure in ‘ro’osing the toast to the bride
and bridegroom.”
To’y vaqtida to’yga oid hazil va ahmoqona
o’hshatishlar aytish mumkin emas. Shundan so’ng kelin
kuyovlar minnatdorchilikning qisqa shakllari orqali javob
so’zlarini aytadilar, masalan,
Thanks or Thanks a lot.
Qo’shimcha tarzda kuyov va kelinning o’rtoqlariga ham qadah
so’zlaridan aytish mumkin.
Dostları ilə paylaş: