O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


kommunikativlik funksiyasi



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
12-88-PB (1)

kommunikativlik funksiyasi 
– sohaga oid 
axborotlarni uzatishda namoyon bo‘ladi; 
2. 
kognitiv funksiyasi 
– insonning til yordamida 
tevarak-atrofdagi voqelikni bilish va ijtimoiy-tarixiy tajribani 
o‘zlashtirish jarayonida namoyon bo‘ladi; 
3. 
informativlik funksiyasi 
insoniyat tomonidan 
to‘plangan tajribani saqlash va uzatish jarayonida namoyon 
bo‘ladi. Muayyan maqsadlarga qaratilgan tilning yuqorida 
keltirilgan 
funksiyalari 
investitsiya 
sohasiga 
oid 
terminologiyani tadqiq qilishda ham samarali hisoblanadi. 
Binobarin xar bir sohada bo‘lgani kabi investitsiya sohasida 
ham o‘ziga xos murakkab terminlar mavjud bo‘lib, ularni soha 
kesimida o‘zaro kichik guruhlarga ajratib o‘rganish, funsional-
semantik, stilistik va tarjima jihatlariga alohida e’tibor berish 
lozim.
Muayyan maqsadlarga qaratilgan zamonaviy tilning 
rivojlanishi (MQT) ko‘p tilli lug‘atning o‘zaro ta’siri bilan 
tavsiflanadi. Binobarin, MQTning leksik tizimi va uning 
tarkibiy qismlari – leksik vositalari alohida o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning chegaralarini ajratib olish 
va tavsiflash masalasiga o‘nlab, balki yuzlab tadqiqotlar 
bag‘ishlangan. 
Muayyan maqsadlarga qaratilgan til birinchi navbatda 
alohida soha tili sifatida shakllangani uchun muayyan sohaviy 
leksikasiga ega bo‘lishi lozim. Nafaqat ingliz va o‘zbek balki 
xar bir tilning markaziy birligi so‘z bo‘lib, uni sohalar 
kesimida o‘rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda. 
Muayyan MQTga yoki sohaviy terminologiyaga oid leksik 
birliklar haqida, tadqiqotchilar hozirda muayyan qarash yoki 
nazariyaga ega emaslar. Shuning uchun leksik vositalarning 
umumiy qabul qilingan tasnifi, xususiyatlari va tipologiyasi 
hali-xanuz mavjud emas va noaniq masalalardan biridir. 
Xozirgi kunda ensiklopediyalar, lug‘atlar, ilmiy 
adabiyotlarda “termin” tushunchasiga hamroh bo‘lgan o‘nlab 
ta’riflar mavjud. 1977 yilda V.P. Danilenko o‘z ishida termin 
so‘zining ma’nosini tushuntiruvchi leksikografik manbalar va 
ilmiy ishlardan to‘plagan 20 dan ortiq ta’riflarni keltirgan[7]. 
O‘shandan beri o‘tgan o‘ttiz yil davomida “termin” 
tushunchasini belgilovchi ta’riflar soni tabiiy ravishda sezilarli 
darajada oshganini taxmin qilish mumkin. 
Lekin tilshunoslar ham ba’zan turli soha terminlarga 
ta’rif 
keltirishda 
qiyinchiliklarga 
duch 
kelishadi. 
R.Bonononing fikricha, tarjimonlar uchun terminologiya bu 
“men bilmagan so‘zlar”, lug‘atda yo‘q so‘zlar yoki sohaviy 
jargondir[8]. 
Hozirgi kunda tilshunoslikda “sohaviy leksika” 
termini tobora faol qo‘llanilmoqda. Biroq ushbu leksika 
tarkibi qanday terminlardan iborat? Tilshunoslikda muayyan 
sohaga oid bo‘lmagan leksika mavjudmi? Barcha maxsus 
leksika tarkibi terminlardan tarkib topganmi? Agar yo‘q 
bo‘lsa, unda terminlardan tashqari qanday birliklar mavjud? 
Yuqoridagi berilgan savollarga aniq javob topish biroz 
mushkul vazifa, nazarimizda. Biroq, ushbu masalalarni hal 
etish uchun terminologiyaga oid juda ko‘p tadqiqotlar olib 
borilgan. 
S.V. Grinev 1993 yilda termin tushunchasi bilan 
bog‘liq bo‘lgan ikkita qarashni ilgari surdi. Birinchi qarashga 
ko‘ra, ko‘plab tadqiqotchilar (ular orasida S.V. Grinev V.P. 
Danilenko ham bor) sohaviy termin umumiy so‘zga aylanib 
bormoqda deb hisoblashadi. Ikkinchi qarash tarafdorlari (ular 
uchun, xususan, S.V. Grinev N.F. Yakovlevga ishora qiladi) 
til rivojlanishi jarayonidagi xar qanday sohaviy terminlar 
kundalik ishlatiladigan faol so‘zlarga aylanadi deb 
hisoblashadi[9]. 
Hozirgi vaqtda investitsiya terminlarini shartli 
ravishda uch guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz: 
Birinchisi, investitsiya sohasiga oid terminlarning bir 
ma’noli 
bo‘lishi, 
ularning 
semantikasi 
va 
investitsiyaga oid mavzuda qo‘llanilishining qat’iy 
chegaralariga 
ega 
bo‘lishi 
lozim. 
Binobarin, 
investitsiya terminlari ingliz va o‘zbek tillarida milliy 
til lug‘atidagi juda kichik so‘zlar guruhi bo‘lib, 
ularning qo‘llanish sohasi muayyan chegaralari bilan 
ajralib turadi va terminlarning ma’nosi faqat tor 
doiradagi mutaxassislarga ma’lum bo‘ladi. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin