ilmiy nutq, ilmiy taqdimot uslubi, ilmiy uslub, sohaviy til, maxsus til, ilmiy-texnik uslub, ilmiy-texnik til, ilmiy til va b.
Jahon tilshunosligida ham, MDH tilshunosligidagidek
ko‘plab maqolalar mavjud bo‘lib, ularda hozir ham yuqorida
qayd
etilgan
tushunchaning
muvofiqligi,
muayyan maqsadlarga qaratilgan til va
milliy adabiy til tushunchalarining
o‘zaro
munosabati
qizg‘in
baxs-
munozaraga sabab bo‘ladi.
Muayyan
maqsadlarga
qaratilgan
til
(keyingi
o‘rinlarda - MQT)ning o‘ziga xos xususiyatlariga
bag‘ishlangan
fundamental
tadqiqotlar
qatoriga
A.I. Komarovaning tadqiqotlarini kiritish maqsadga muvofiq
bo‘ladi, nazarimizda. Uning fikricha muayyan maqsadlarga
qaratilgan
til
– “kategorik-konseptual va lingvistik
xususiyatlarga ega bo‘lgan tilning maxsus turi”, ya’ni
muayyan soha bo‘yicha muloqot qilishda ishlatiladigan
“umumiy til” ning o‘ziga xos turi[5].
I.S. Kudashevaning tadqiqotida
muayyan maqsadlarga qaratilgan til – har qanday bilim yoki faoliyat sohasida,
asosan, soha ma’lumotlarini uzatish uchun ishlatiladigan,
milliy tilda so‘zlashuvchilarning muloqot jarayonidan farqli
bo‘lgan, konseptual apparatni aks ettiruvchi tabiiy yoki sun’iy
lingvistik vositalar to‘plami ma’nosida ifodalangan[6].
Yuqoridagi fikr
muallifi MQTni milliy tilda
so‘zlashuvchilarning faqatgina muayyan qismigagina tegishli
deb hisoblaydi. Shunday ekan, milliy tilda muayyan sohaga
mansubligi bilan farqlanuvchi bir nechta MQT mavjud
bo‘ladi. Natijada muayyan sohaga oid terminologik lug‘atni
shakllantirishda
tavsiflangan
MQT
chegaralarini
aniq
belgilash olish maqsadga muvofiq nazarimizda.
Tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida
muayyan maqsadlarga qaratilgan til muloqotda quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
1.