Kirish. Barchamizga ma'lumki, tilshunoslikning
leksikografiya bo‘limi har doim yangilanib turuvchi hamda
har bir sohada o‘zining muqim o‘rniga ega bo‘lim
hisoblanadi, sababi, qay sohaga nazar tashlamang, unga oid
har bir so‘z, albatta, o‘quv lug'atchiligida o‘z izohiga ega.
Muayyan adabiy tilning deyarli barcha so‘zlarini qamrab
olgan leksik yig‘indiga nisbatan lug'at atamasi ishlatiladi
hamda ushbu atama ostida turli fan sohalariga oid turfa
lug‘atlar jamlanmasi o‘zining aksini topadi. Aytish joizki, har
bir xalqning o‘z lug‘at tizimi mavjud bo‘lgani kabi, o‘zbek
tilining ham o‘zining maxsus lug‘atchiligi bor. Insonlar
ortasida o‘zaro aloqa almashinuv uchun universal tilni yaratish
prinsiplari
bilan
shug‘ullanuvchi
interlingvistika fani
shakllandi.
Ijtimoiy
hayotning
hamma
jabhalariga
avtomatizatsiyaning kirib borishi natijasida lug‘atlarni
elektron shaklda yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O‘zbek
lug‘atshunosligi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega bo‘lib,
dastlabki lug‘at namunasi Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni
lug‘ati turk” asari hisoblanadi. O‘tgan davriy bosqichlarda
ensiklopedik (qomusiy) va filologik (lingvistik) lug‘atlar
yaratilib, takomillashtirilib borildi. Globallashuv jarayoni
faqatgina insonlarning ijtimoiy hayoti va madaniyatiga emas,
balki odamlar nutqining asosiy vositasi bo‘lgan tilga-da o‘z
ta’sirini o‘tkazdi. Shuning uchun o‘zaro muloqot jarayonining
yanada maqbul usullarini aniqlash uchun har xil leksikografik
tadqiqotlar
yanada
rivojlantirib
borilmoqda.
Maktab
o‘quvchilari uchun Otabek Shukurov va Bashorat
Bahriddinovalar tomonidan yaratilgan “O‘zbek tilining
ma`nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati” ham istiqlol davri
lug‘atchiligimiz yutuqlaridan hisoblanadi. Mualliflar
tomonidan ushbu lug‘atni yaratishdagi asosiy manbalar 1974-
yilda nashr qilingan “O‘zbek tili sinonimlarining izohli
lug‘ati”(A. Hojiyev) va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ( ikki
tomlik.-M.:Русский язык,1981) ekanligi bevosita qayd
etiladi. Asosiy manba sifatida esa “O‘zbek tili sinonimlarining
izohli lug‘ati” ekanligi alohida ta’kidlangan.