O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
12-88-PB (1)

Tahlil va natijalar.
O‘zbek xalqida oila farzandning 
quvonchi o‘zgacha baxt, qahramonimiz Po‘lat esa o‘n besh 
yildirki, tinoqqa zor. Asardagi qurib borayotgan ekinzor 
tasvirida ramziy ma`noda Po‘latning ruhiy va jismoniy 
holatini ifoda etgan: “Bularning hech biri uning zulmat bosgan 
ko‘nglini yoritguvchi chiroq bo‘la olmadi. Po‘lat uzukkun 
tomorqasidagi qurib borayotgan ekinzoriga qadalib o‘tirdi, 
o‘tiraverdi [6]. Bu tasvirlardagi zulmat bosgan ko‘ngil va 
suvsizlikdan qurib borayotgan tomorqa ramziy ma’noda 
Po‘latning ruhiy talotumlar girdobida qolganidan dalolatdir. 
Po‘lat onasining ra’yi bilan farzand tilab ko‘p joylarga boradi. 
Toshkentlik azayimxon Toshdomlarning hiyla-nayranglari, 
odamlarni aldab kun ko‘rayotganini ko‘rib, birovning 
baxtsizligi kimningdir kuniga kor qilayotganidan azoblanadi. 
Toshdomlar esa boshqalarning iztirobidan, baxtsizligidan 
mo‘maygina pul ishlab oladigan manfur kimsalarning ramzi 
sifatida gavdalantiriladi. Po‘lat ham hamma qatori osuda 
hayotda yashashni, baxtiyor bo‘lishni xohlardi, ammo hayot 
unga shunday sinovlar berdiki, uning hamma qatori bo‘la 
olmasligi, yashay olmasligini ko‘ramiz. Azoblar, iztiroblar 
uning irodasini tobladi. Po‘latning: “Hayot nima o‘zi? Bir 
kelish – u, bir ketishda. Shu kelib-ketishda ortingdan 
qoladigan faqat bola. Bola – o‘limning yuziga inson tushirgan 
tarsaki, ortidan farzand qoldiribgina dunyoda men ham 
borman deya oladi erkak kishi”,– deya aytgan alamli 
iztiroblari fikrimiz isboti bo‘la oladi. Asarda yana bir obraz 
borki, dunyodagi barcha onalar mehr-u muhabbatini ko‘rsata 
olgan. Bu – Oychechak aya obrazi. Oychechak ayaning 
o‘g‘lini urushga kuzatishdan avval Po‘latni uylantirishga 
shoshishining o‘ziyoq Oychechak aya o‘g‘lining kelajagidan 
qayg‘urib emas, balki o‘g‘lini uylantirishi urushga ketganida 
oilasi borligini his etishi, tirik qolishga majbur ekanligiga 
ishora edi. Zero, inson o‘z oilasiga mehr qo‘ymagunicha, 
Vatanga muhabbatini anglay olmaydi. Oychechak aya Vatan 
tuyg‘usini oilaga muhabbat qo‘yish orqali sindirib boradigan 
onalarning ramziy timsolidir. 
Nihoyat, Po‘latning orzusi amalga oshadi, farzandli 
bo‘lishadi, qiz ularning oilasini quvonchga, sevinchga 
to‘ldiradi, shuning uchun qizga Sevinch deb ism qo‘yishadi. 
Lekin Po‘latni Alloh farzand bilan berib, farzand bilan 
azoblaydi. Bu azob ayol sha’nini, erkaklik g‘ururini himoya 
qilishdan ham og‘ir va azobli edi. Sevinchning Erboy kabi 
manfur kimsalarning qo‘lida majruhga aylanishi Po‘lat uchun 
farzand dog‘idan ham ayanchli edi. Erboy o‘z nafsiga qul 
bo`lgan, hayotni faqat qora bo‘yoqlarda ko‘radigan, hatto 
yosh, murg‘akka ham azob berishdan tap tortmaydigan manfur 
kimsalarning ramziy timsollaridir. Turmush degan yo‘lning 
bekatlaridan o‘ta-o‘ta Po‘lat qanday qilib Po‘lat ota, Yog‘du 
esa qanday qilib Yog‘du ona bo‘lganini, odamlar ularni 
shunday atay boshlaganini ham sezmay qolishdi. Yozuvchimiz 
bejizga Yog‘du ismini qahramonimizga bermagan. Ismning 
o‘zida ramziylik bo‘lib, Yog‘du chinakamiga Po‘latning 
hayotiga nur berib turuvchi, hayot yo’llarini yoritguvchi 
yorug‘lik edi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin