Key words:
speech genre, sociocultural characteristics, language system, social factors, social image of men and women,
religious beliefs.
Kirish.
Har qanday til tizimida nutqiy janrlar o‘ziga
xos nutqiy maqsad, kompozitsion tuzilish va uslubga ega
nutqiy butunliklardir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, nutqiy
janrlarning lingvistik va nolingvistik vositalarida o‘ziga xos
sosiomadaniy xususiyatlar mavjud. Ushbu sosiomadaniy
xususiyatlar ijtimoiy farqlanishni nazarda tutadi. Nutqiy
janrlarda muayyan jamiyatga oid ijtimoiy-hududiy belgiga ega
ijtimoiy omillar, xususan, irq, qit’a va dunyo tomonlari, etnik,
millat, shahar, qishloq, viloyat, tuman kabi xududiy ijtimoiy
omillar, ijtimoiy jamiyat ichida yoki ta’sirida shakllanadigan
omillar: ijtimoiy sinfiylik: mehnat bozoridagi o‘rniga ko‘ra
boy va kambag‘al, o‘rta sinfi kabi, ta’lim kvalifikasiyasiga
ko‘ra oliy ma’lumotli, ma’lumoti o‘rta, ma’lumotsiz, din
nuqtai nazardan ilmli, ilmsiz, hukmronlikka egaligi boshliq va
hodim kabi, mulkdorlar sinfi, qobiliyatlilar sinfi kabi,
kollektivizm va individualizm, ijtimoiy tobe’lik, ijtimoiy
shaxsiy mavqe’, ijtimoiy yaqinlik darajasi va ijtimoiy maqom,
ijtimoiy qadrsizlanish, ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, ijtimoiy
ma’naviy tafakkur, ijtimoiy vaziyat omili (turli tadbirlarda),
ijtimoiy munosabatlar (yaxshi va yomon kabi), ijtimoiy yosh
(qariyalar va yoshlar kabi), ijtimoiy xuquq, burch va
majburiyat (ota-onalik xuquq, burch va majburiyatlarini,
kasbiy burch va majburiyat kabi), ijtimoiy ishonch va e’tiqod
(totemizm, anemizm, yakkaxudolik, ko‘pxudolilik, xudosizlik,
ateizm kabi), ijtimoiy marosim (an’ana, udum, taomil),
ijtimoiy davr, ijtimoiy obraz (diniy, mifologik obraz)
kabilarning farqlanishi tabiiy holdir. Bundan tashqari maishiy
nutqiy janrlarda jamiyatda jins va e’tiqodga xoslangan ijtimoiy
farqlanishlarning ham o‘ziga xos o‘rni bor.
Dostları ilə paylaş: |