Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Nutqiy janrlardagi
sosiofaktorlarning o‘rganilishi zarurligi rus adabiyotlarida
keltirilgan.
Lekin
hozirga
qadar
nutqiy
janrlarning
sosiolingvistik tadqiqi ommalashmagan. Bu esa nutqiy janrlar
sosiolingvistikasida hali ilmiy tadqiqotlar o‘z yakuniga
yetmaganligini bildiradi.
Tadqiqot metodologiyasi. O‘zbek tili nutqiy janrlar
tizimida ijtimoiy jins va e’tiqod unsurlarini o‘z ichiga olgan
nutqiy janrlar mavjud. Nutqiy janrlarda jins omili mavjud
nutqiy janrlar deganda ayollar nutqiga xoslangan janrlar,
xususan, alla va erkaklar nutqiga xoslangan janrlar, choyhona,
askiya nutqiy janrlari tushuniladi. Nutqiy janrlarda ijtimoiy
jins omilini o‘rganishda ayollarga xos nutqiy janrlar “alla”
nutqiy janri va bunda ayolning so‘zlash va harakatlanish
manyerasi, stereotipining o‘ziga xosligi masalasi, shu bilan
birga, erkaklarga xos nutqiy janrlar askiya nutqiy janri,
choyhona nutqiy janri, bunda erkak manyerasining o‘ziga
xosligi kabi, ayol va erkakning jamiyatdagi yuqori mavqe’ga
egaligi muammosi kabi masalalar asosiy diqqat markazida
bo‘ladi. Masalan, erkaklar fe’l atvorining o‘zbek modeli:
Siqing anor qonasin, shimiring o‘g‘il bola, gapning o‘g‘il
bolasin gapiring o‘g‘il bola (Qo‘shiqdan). Ushbu misralardan
ko‘rinadiki, o‘zbek madaniyatida o‘g‘il bola tarbiyasiga
alohida e’tibor qaratiladi, u qiz boladan farqli ravishda hamma
turdagi gaplarni gapiravermasligi, o‘z so‘zlarida o‘g‘il bolaga
xos jasurlik, mardlik, qilgan ishining yakuni borligi, ishni
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/4/1] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/
Social sciences