O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 299 -
poklik, ahloqiy kamolot kabilarni targ‘ib qiladi. O‘zbekona
andisha, bag‘rikenglik, beg‘araz ko‘mak, dasturxon atrofida
o‘tirish, boylikka munosabat, vazminlik, va’daga vafo,
dasturxon tuzash, dilni og‘ritmaslik, do‘stlik, jasorat, zararli
odatlardan
saqlanish,
izzat-nafs,
insoflilik,
insoniylik,
insonning ma’naviy boyligi, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik,
iltifot, ichimlik ichish odobi, iftixor, iffatlilik, ishonch,
kamtarlik, muomala odobi, kiyinish odobi, qarash odobi,
ko‘chada o‘zini tutish odobi, tabiatga muhabbat odobi, ota-
onani hurmat qilish odobi, qiz bolaning odobi, oilaviy hayot
odobi, ochiqqo‘llik, mardlik, mehnat qilish, oila qurish,
matonat, o‘zini tuta bilish, mehribonlik, muruvvat, mezbon
bo‘lish,
mehmondo‘stlik,
maishatparast
bo‘lmaslik,
suhbatlashish odobi kabilar keksalar tomonidan pand-nasihat
nutqiy janri shaklida o‘zbekona tarbiyani yuksaltiradi. Shuni
aytish kerakki, salbiy ahloqiy me’yorlarga ablahlik, adovat,
arazlash, baxillik, bachkanalik, battollik, beburdlik, bezorilik,
beg‘amlik, beparvolik, beodoblik, bemehrlik, buzuqlik,
bekorchilik, bo‘hton, dimog‘dorlik, dilozorlik, johillik,
ikkiyuzlamachilik, ifloslik, ko‘rolmaslik, xasad qilish,
laganbardorlik, laqmalik, loqaydlik, lo‘ttibozlik, muttahamlik,
mansabparastlik, manmanlik, munofiqlik, nafrat, nodonlik,
oliftagarchilik, oqpadar, g‘arazgo‘ylik, g‘ayriahloqiylik,
g‘alamislik, g‘iybat, yomon xulq, yolg‘onchilik, yuzsizlik
kabilar kiradi. Shuni aytish kerakki, individualizm o‘zbek
madaniy xulqida salbiy ahloqiy me’yorlar qatoriga qo‘yiladi
va shaxsning cheksiz mutlaq xuquqlarinigina tan olishi,
alohida shaxsning manfaatlarini jamoa manfaatlaridan yuqori
bilishi o‘zbek ijobiy ahloqiy me’yorlariga kirmasligi bilan
xarakterlanadi[4, 5]. Individualizm va egoizm (o‘z foydasi va
manfaatini ko‘zlovchi hatti-harakat, o‘z manfaatlarini boshqa
kishilar
manfaatidan
ustun
qo‘yishi)
tushunchalari
kollektivizmga asoslangan jamiyatda qoralanadi, mazmunida
kollektivlikka yo‘naltiriluvchi maqol janrining kundalik
maishiy hayotda amalda qo‘llanilishi fikrimizni tasdiqlaydi.
Masalan, ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan,
ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo‘ri yer, baraka ko‘pchilikda,
bir kishi ming kishi uchun, ming kishi bir kishi uchun, bir
qarg‘a bilan qish kelmas, birlashgan o‘zar, birlashmagan
to‘zar, xalq qarg‘asa, xor bo‘lasan, xalq qo‘llasa, bor bo‘lasan,
el bolasi bo‘lolmagan el og‘asi bo‘lolmas, elga qilma xiyonat,
turolmassan salomat, hashar bormasam ham bitar, ingranib
kunim o‘tar, hashar elga yarashar, xashar qildim, uy qurdim,
unda hikmat ko‘p ko‘rdim kabi. Shuni aytish kerakki, o‘zbek
halqida kollektivlik asosida tashkil qilinadigan hashar ijtimoiy
birlikning kelib chiqishi turkiy halqlar tarixi bilan bog‘lanadi.
Hashar bu xalq orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik
va beg‘araz yordam[6], tozalik, orastalik, obodonlashtirish,
ko‘mak, bunyodkorlik, mehr-oqibat, ishonch, do‘stlik
rishtalarini mustahkamlovchi qadriyatdir. Bu qadriyat o‘zbek
halqining kollektiv jamiyat ekanligini tasdiqlovchi faktlardan
biridir. Hashar nutqiy janrining lingvistik xususiyatlari ham
o‘ziga xos bo‘lib, “Hamma xasharga. Bugun hashar, falon
joyda xashar qilamiz, qani boshladik, duo beringlar” kabi
gaplar hashar nutqiy janri matniga oid so‘zlar va gaplardir.
Dostları ilə paylaş: |