O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
12-88-PB (1)

Tahlil va natijalar.
Nutqiy janrlarda diniy e’tiqod 
omili haqida gap borganda, diniy e’tiqod turli halqlarda turli 
shakllarda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy hodisadir. Masalan, 
o‘zbek xalqi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu sababli ham 
ularning hayoti va yashash tarzlarida diniy tarbiya ustunlik 
qiladi. Buni oddiygina har bir ishda va turli vaziyatlarda 
Xudodan madad so‘rash akti bilan bog‘liq nutqiy janrlarda 
ko‘rish mumkin. Masalan, har bir ishni boshlashda, 
ovqatlanishdan oldin kabi vaziyatlarda bismillahir rohmanir 
rohiym jumlasining aytilishi. Ushbu jumla duo nutqiy janriga 
tegishli bo‘lib, u asosan, gaplarning boshlanishida ishlatiladi. 
Ushbu nutqiy janr bevosita diniy e’tiqod omiliga ega nutqiy 
janrdir.
Diniy e’tiqod omillarining ayol nutqiga xosligi alla 
nutqiy janrida yorqin namoyon bo‘ladi. Alla nutqiy janri o‘z 
mohiyatiga ko‘ra maishiy hayotda o‘z farzandini uxlatish 
jarayonida aytiladigan ona qo‘shig‘i hisoblaniladi. O‘zbek 
ayolining farzand ko‘rishi, unga o‘zi alla aytishi o‘zbek ayoli 
hayotining mazmuni sanaladi. Uning farzandi ayolning hayot 
mazmuni sifatida tafakkur qilinar ekan, alla nutqiy janri orqali 
ona kelajakdagi o‘z orzu umidlarini farzandi taqdiriga 
bog‘laydi, bergan oq sutini ilohiylashtirib, farzandining porloq 
kelajagini magik ravishda Ollohga yo‘naltiradi va buni 
qo‘shiqqa ko‘chiradi. O‘sib ulg‘ayib, jamiyatda o‘z o‘rnini 
topishini, yaxshi inson bo‘lishini Xudodan tilab iltijo qiladi va 
shu orqali o‘zbek ayolining “ona” obrazi yaratiladi.
Til tizimidagi e’tiqod omilining yana bir o‘ziga xosligi 
shundaki, e’tiqod omilining ayrim unsurlari bevosita 
jamiyatda 
individualizm 
va 
kollektivizm 
shaklini 
aniqlashtiruvchi omillardandir. E’tibor qaratsak, ijtimoiy 
jamiyatda individualizm va kollektivizm vakillari bevosita o‘z 
qarashlari va til shakllarini tanlash nuqtai nazaridan 
farqlanadi. Ijtimoiy individualizm jamiyatida hech kim, hech 
kimga, xech narsada majbur emas metaforik iborasiga amal 
qilinadi va individualizm vakillari absolyut iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy, intellektual va madaniy liberal erkinlik g‘oyalari bilan 
harakatlanadilar. Ilmiy adabiyotlarda liberallashgan jamiyat bu 
individual kishilar jamiyati bo‘lib, erkin raqobat kurashi 
rejimiga amal qiladi, hayot raqobatiga individni iqtisodiy va 
intellektual tarbiyalash, mustaqil ijodiy shaxsni yetkazib 
berish bilan shug‘ullanishlari qayd etiladi. Bunda individlar 
ijtimoiy-madaniy 
jihatdan 
tenglashtiriladi. 
Kollektiv 
jamiyatidagidek o‘zaro yordam va do‘stlik munosabatlari 
chuqurlashmaydi. “Mening foydam qani”, “Bu mening 
muammoim emas” qabilidagi metaforik iboralar amalda 
bo‘ladi. Ijtimoiy kollektivizmda esa ijtimoiy jamiyat 
xukmronligi seziladi. Bunda kishilarning diniy, siyosiy, 
iqtisodiy tomonlari umumiylik kasb etib, ijtimoiy jihatdan 
tizimlashtiriladi. Birgina misol qilib shuni aytish mumkinki, 
kollektivizm jamiyatida, hatto, kishining bolaligidan tortib 
keksaligigacha, ta’limdan tortib tarbiyasigacha jamiyatning 
aralashuvi kuzatiladi. Masalan, o‘zbek halqida bir bolaga yetti 
mahalla ota-ona naqlining mavjudligi va amalda qo‘llanilishi 
kollektivizm jamiyatiga xoslangan maqoldir. Bunga ko‘ra 
qo‘ni-qo‘shni, qarindosh urug‘larning ham mahalla bolasini 
tarbiyalashlariga imkon beriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad 
bolani salbiy ahloqlardan saqlashga, mahallaning yoshlar 
tarbiyasiga 
loqayd 
bo‘lmaslikka chaqirishdir. Buning 
zaminida kollektiv jamiyatda tinch va osuda hayotni asrab-
avaylash, xotirjamlikni qadrlashdek ulug‘ maqsad-muddaolar 
yotadi. Toshkent imom hatibi bu borada shunday deydi: 
yoshlar tarbiyasida befarq va loqayd bo‘lishga hech kimning 
haqqi yo‘q. Har bir farzand kimningdir ko‘z qorachig‘i. U agar 
adashsa, nafaqat ota-ona, mahalla, balki biz ham aybdormiz. 
Bolalarimizning ongu tafakkurida bo‘shliq paydo bo‘lmasligi 
uchun ular bilan muntazam muloqot qilib turish ayni 
muddaodir. Zero, “O‘z bolangni o‘zing asra!” degan g‘oya 
qalbimiz, fikru zikrimizga o‘rnashsa, jamiyat va kelajak 
oldidagi burchimizni bajargan bo‘lamiz[5]. Yoshlar tarbiyasi 
kishilarning jamiyat va kelajak oldidagi burchini bajarish deb 
qabul qilinadi.
Ijtimoiy kollektivizmda ijtimoiy hayot o‘ziga xos 
shakllanar ekan, bunda ijtimoiy etika, ijtimoiy me’yor, 
ijtimoiy qoidalar, ijtimoiy ta’lim – tarbiya, ijtimoiy ahloq, 
ijtimoiy adolat, ijtimoiy qadriyat, ijtimoiy man’yera (fe’l 
atvor, xulq atvori) jamiyat kishilariga moslashtirilib, muayyan 
tizimga solinadi. Ijtimoiy kollektivizmda ahloqning asosiy 
me’yorlari jamiyat tomonidan e’tiqod omillari asosida 
belgilanadi. Masalan, o‘zbek madaniyatida ahloq o‘z ijtimoiy 
(siyosiy, xuquqiy, badiiy, diniy kabi) me’yorlariga ko‘ra ijobiy 
ahloqiy va salbiy ahloqiy me’yorlarga ajratiladi[4]. O‘zbek 
odob ahloq qoidalari, ko‘proq, diniy e’tiqod xarakterida 
maqol, matal, masal, naql kabi maishiy va diniy nutqiy 
janrlarida o‘z aksini topadi. Ahloqning ijobiy me’yorlari 
sifatida kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda maqoli akani, 
opani, umuman kattalarni hurmat qilishni, aql yoshdamas, 
boshda maqoli esa aqlli bo‘lishni, bola aziz, odobi undan aziz, 
osmon oftobi bilan, inson odobi bilan go‘zal maqollari ahloqiy 



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin