O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 302 -
Mavhumlik darajasiga ko‘ra:
a) umumiy kategoriyalar ma’nosini anglatuvchi
universal terminlar (gap, ega, kesim);
b) biron bir til yoki tillar guruhiga xos bo‘lgan
(ko‘makchilar)
hodisa
ma’nosini
anglatuvchi
noyob
terminlar;
U yoki bu termin tizimiga tegishligiga ko‘ra:
a) U yoki bu terminologik sistemada qo‘llanadigan,
turli milliy ilmiy ana’nalarni konseptual apparatini, lingvistik
yo‘nalish va maktablarni aks ettiradigan ana’naviy terminlar;
b) ma’lum muallif konsepsiyasiga tegishli bo‘lgan va
uning chegarasidan chiqmaydigan individual terminlar.
Ichki shaklga ko‘ra:
a) asoslangan, qaysiki ma’lum tilga oid bo‘lgan
morfemalar, o‘sha til morfemalari bilan munosabatda
bo‘ladigan: til oldi, til orqa;
b) o‘zlashtirilgan va kalkalash natijasida paydo
bo‘lgan asoslanmagan terminlar;
Genetik belgisiga ko‘ra:
a) qadimgi rus terminlari;
b) o‘zlashtirma (boshqa tildan olingan, o‘zlashtirilgan
so‘z, ibora);
v) yunon-lotin elementlar, mifonimlar, etnonimlari
asosida yaratilgan termnilar
Tarkibiga ko‘ra:
a) bir so‘zli (monoleksemali) termnilar;
b) termin – so‘z birikmalar (polileksemali) terminlar.
Termin ekspressivlikka va hissiy jihatlarga, tarbiyaviy
xarakterga (sub’yektivlikka) ega bo‘lmasligi lozim. Sohaga
oid terminga konnotativ ma’no berishdan voz kechish kerak
[7]. Terminlarning yuqoridagi lisoniy va boshqa ekstralinvistik
xossa-xususiyatlari
asosida
terminologiya
komissiyalari
terminlarni umumiste’mol uchun qabul qiladi. Yillar
davomida terminlar jamlanib, tizimga solinib, qayta
ishlanmoqda,
lekin
shunga
qaramasdan
neytralligi
saqlanmagan ba’zi terminlar ham uchrab turadi.