partikelverbbildung
(Partikelverbbildung),
ryukbildung
(Rückbidung), kontaminasiya (Kontamination), reduplikasiya
(Reduplikation) [4] kabi so‘z yasash usullari mavjud bo‘lib,
quyida keltirilgan so‘z yasalish usullari maxsus leksikani
boyishida faol ishtirok etadi:
kompozisiya usul bilan so‘z yasash
derivasiya usuli bilan so‘z yasash
konversiya usuli bilan so‘z yasash
abbreviatura usuli bilan so‘z yasash
Nemis tilida terminlarning ma’lumotlar bazasi
(zahirasi, banki) tashkil qilingan. Ushbu ma’lumotlar
bazasidan oddiy lug‘atlardan tortib glossariylar va tezariuslar
ham o‘rin olgan. 1572 yilda Haynrix Stefanning (Henricus
Stephanus) 5 banddan iborat “Yunon til tezariusi” ("Thesaurus
Graecae Linguae") nomli tezariusi nashrdan chiqdi. Bu lug‘at
o‘z davrining eng hajmdor va nisbatan to‘liq ensiklopedik
asari hisoblanadi. 1852 yilda Peter Mark Roget (Peter Mark
Roget) chop ettirgan inglizzabon davlatlarda keng tarqalib,
mashhur bo‘lgan “Ingliz tili va iboralari tezariusi” (Thesaurus
of English Words and Phrases) [2] bu turdagi lisoniy asarlarga
lingvistik yo‘nalish berilishiga asos bo‘ldi. 1957 yilda Hans
Peter Luun (Hans Peter Luhn) tomonidan informasiya va
hujjatlar tizimi, informasiya va hujjatlarni qidiruvga berish
tizimi kabi tushunchalar ilm-fanga, lug‘atlarga kiritildi. Bu
terminlar esa o‘z navbatida 1950-yillarda turli tizimlarni
indeksini belgilash uchun qo‘llanila boshlandi.
Lingvistika
o‘z
ichiga
fonetika,
fonologiya,
grammatika, leksikologiya, stilistika kabi fanlarni oladi.
Agarda lingvistik terminlar tasnifiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu
borada quyidagilarni aytib o‘tish mumkin. Rus olimlaridan
N.V. Vasilyeva misol tariqasida ulardan bir nechtasini keltirib
o‘tgan [11]: