O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
12-88-PB (1)

Kalit so‘zlar:
Baxshichilik, do'mbira, dostonchilik maktablari, «Alpomish», «Go'ro'g'li», chechanlik, Po'lkan shoir, «Iliada», 
Homer, urf-odat, terma, ichki ovoz. 
Kirish.
Yurtimizda birinchi bor oʻtkazilayotgan ushbu 
san'at bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod 
vakillar qatnashmoqda. Ularning orasida atoqli madaniyat 
arboblari, folklor san'ati namoyandalari, ommaviy axborot 
vositalari hodimlari borligi bizga katta mamnuniyat yetkazadi. 
Agar biz bu noyob san'atni saqlab qolish uchun bugun 
barchamiz birgalikda harakat qilmasak, ertaga, afsuski, kech 
bo'ladi, kelgusi avlodlar, tarix bizni kechirmaydi. 
Xususan, baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy 
maktablar, «ustoz — shogird» an'analarini qayta tiklash va 
rivojlantirish, 
baxshi-shoirlar, 
folklorshunos 
olimlar, 
o'qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har 
tomonlama rag'batlantirish, madaniyat va san'at muassasalari 
qoshida baxshichilik to'garaklari tashkil etish, baxshi-shoirlar 
ijodiga keng yo'l ochib berish, to'y-tomoshalar, turli bayram va 
madaniy tadbirlarda ularning doimiy ishtirokini ta'minlash, 
shu yo'nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, o'zaro 
tajriba almashishni yo'lga qo'yish, baxshichilik san'atini keng 
targ'ib 
etish 
uchun 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan, televideniye va internet imkoniyatlaridan 
samarali foydalanish, folklor asarlarining audio va video 
variantlarini ko'paytirish maqsadga muvofiqdir[2]. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
tg'risida» 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qarori bilan 
Respublika Baxshichilik san'ati markazi va uning huzurida 
yuridik shaxs maqomiga ega blgan Baxshichilik san'atini 
rivojlantirish jamg'armasi hamda baxshichilik san'atiga 
ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internatini tashkil etish 
belgilangan. Termiz shahrida yangi tashkil etilgan baxshilar 
maktabida, respublikamizdagi bolalar musiqa va san'at 
maktablarida yuzlab yoshlarimiz milliy folklor san'atini mehr 
qo'yib o'rganmoqdalar. Yurtimizda 100 tomlik «O'zbek xalq 
ijodi yodgorliklari» majmuasi nashr etilmoqda. Uning 59 jildi 
aynan xalq dostonlaridan iborat ekanini qayd etish lozim. 
Shuningdek, ko'p tomlik «Qoraqalpoq folklori» to'plami ham 
chop etildi. Bularning barchasi ushbu nodir san'at ma'naviy 
hayotimizda benihoya muhim o'rin tutishidan dalolat 
beradi[1]. 
Ushbu quvonchli ayyomda baxshichilik san'atini ilmiy 
o'rganishdek muhim ishga katta hissa qo'shgan atoqli shoir 
Hamid Olimjon, Hodi Zarif, Muzayyana Alaviya, Mansur 
Afzalov, Buyuk Karimiy, Zubayda Husainova singari fan 
arboblarining xotirasini hurmat bilan yod etamiz. Bugun 
ularning ishlarini munosib davom ettirayotgan To'ra 
Mirzayev, Jalg'as Xushniyozov, Safarboy Ro'zimboyev, 
Shomirza Turdimov, Mamatqul Jo'rayev, Toshtemir Turdiyev, 
Jabbor Eshonqulov va boshqa jonkuyar olimlarimizning 
nomlarini minnatdorlik bilan tilga olamiz. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin