O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
12-88-PB (1)

Tahlil va natijalar. 
Xalqimiz 
madaniyatining 
hayotbaxsh sarchashmasi blgan baxshichilik san'atini yanada 
rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san'atimizdagi 
o'rni va ahamiyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy o'zlikni 
anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida 
tarbiyalash maqsadida 2020-yil 2-sentabrda «Yunus Rajabiy 
nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyatini 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/
 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 304 -
tashkil etish tg‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining 536-son 
Qarori qabul qilindik, bu ham benihoya quvonchli xabar 
bo'ldi. Bir qancha iste'dod egalari o'zlarini namoyish eta 
oladigan maydon hozirlandi. 
Baxshichilik – she'riyat, musiqa, ijrochilik mahoratini 
o'zida mujassam etgan bebaho san'at. Qadimiy dostonlarimiz 
juda uzoq o'tmishga borib taqalishi haqida tarixiy manbalar, 
shu bilan birga Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy kabi 
allomalar asarlarida ko'plab dalillar bor. Baxshichilik san'ati 
xalq og'zaki ijodining turli shakllari – so'z o'yinlari va 
qochirimlar, xalq maqol va matallaridan unumli foydalanishga 
asoslanadi. Tinglovchini o'ziga rom etuvchi ohang dostonni 
jozibali va qiziqarli qiladi. Bu esa baxshilardan katta isteʼdod, 
kuchli mahorat va xotirani, muntazam mashq qilishni talab 
etadi. Baxshilarimiz merosi juda boy va rang-barang. Masalan, 
Po'lkan shoir yetmishdan ortiq dostonni yod bilgan. Har bir 
doston o'n-o'n besh, hatto yigirma ming misragacha she'rni 
ham o'z ichiga olishini hisobga olsak, xalq baxshilarining 
hayratomuz yodlash va esda saqlash qobiliyati, ijro qudrati 
o'z-o'zidan ayon bo'ladi. Bola baxshi Abdullayev, Shoberdi 
Boltayev, Abdunazar Poyonov, Boborayim Mamatmurodov, 
Qora baxshi, Abduqahhor va Abdumurod Rahimov, 
Shomurod Tog'ayev, Ziyodulla Islomov, Norbek Abdullayev, 
Qalandar Normetov, Qodir Rahimov kabi baxshilarimiz 
baxshichilik 
san'ati 
rivojiga 
munosib 
hissa 
qo'shdi. 
Qashqadaryo, 
Surxondaryo, 
Samarqand, 
Xorazm 
va 
Qoraqalpog'istonda baxshichilik san'ati rivojlangan. Hozirgi 
kunda 
Bulung'ur, 
Shahrisabz, 
Qamay, 
Chiroqchi, 
Dehqonobod, Sherobod, Boysun, Xorazm va Qoraqalpoq 
dostonchilik maktablari betakror ijrosi bilan ajralib turadi. 
«Alpomish», 
«Go'ro'g'lining 
tug'ilishi», 
«Ravshan», 
«Kuntug'mish», «Rustamxon», «Oshiq G'arib va Shohsanam», 
«Avazxon» kabi oʻnlab dostonlar xalq ruhini, uning teran 
ma'naviyatini o'zida aks ettiradi[5]. 
Nukusda o'tayotgan II Xalqaro baxshichilik san'ati 
festivalida 22 davlatdan 100 dan ortiq baxshi, oqin va jirovlar, 
badiiy 
jamoalar 
qatnashmoqda. 
Shuningdek, 
mamlakatimizning barcha hududidan kelgan ijrochilar o'z 
san'atini namoyish etdi. 
Nukusda II Xalqaro baxshichilik san'ati festivali 
doirasida ko'plab tadbirlar oʻtkazildi. «Baxshichilik san'atining 
jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan oʻrni» mavzusida 
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, festival ishtirokchilari 
uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali 
teatrida «Xalq uchun» milliy operasi namoyishi, «Orol 
baliqlaridan 99 xil taom» xalqaro gastronomik festivali va 
Mo'ynoq 
tumanidagi 
madaniy 
meros 
obyektlariga 
ekskursiyalar tashkil etildi[6]. 
Ta'kidlaganidek, 
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
bevosita 
tashabbusi 
va 
rahbarligida 
mamlakatimizda baxshichilik san'atini asrab-avaylash, uning 
oʻlmas an'analarini yanada rivojlantirish, xalq og'zaki 
ijodi namnularini xalqaro miqyosda keng namoyish etishga 
yuksak darajada e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 
2019-yil 
14-maydagi 
«Baxshichilik san'atini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga binoan 
Termiz shahrida yangi baxshilar maktabi, mamlakatimizning 
boshqa hududlaridagi bolalar musiqa va san'at maktablarida 
baxshichilik 
sinflari 
tashkil 
etildi. 
Xalqaro YUNESKO tashkiloti ko'magida 2019-yilda Termiz 
shahrida birinchi, 2021-yilda Nukus shahrida ikkinchi xalqaro 
baxshichilik san'ati festivallari o'tkazildi. O'tgan yili 
baxshichilik san'ati Insoniyat nomoddiy madaniy merosi 
reprezentativ ro'yxatiga kiritildi. Ayni paytda yuz tomlik 
«O'zbek xalq ijodi yodgorliklari» majmuasi nashr etilmoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimizda samarali faoliyat olib 
borayotgan 250 nafardan ortiq soha vakillari orasida 26 
nafarga 
yaqini 
«O'zbekiston 
xalq 
baxshisi» 
va 
«Qoraqalpog'iston xalq baxshisi» unvonlari, 1 nafari «Doʻstlik 
ordeni», 11 nafari «Shuhrat» medali, 7 nafari «Nihol» 
mukofoti, 2 nafari «Kelajak bunyodkori» esdalik nishoni bilan 
taqdirlangan[7]. 
O'zbek xalq dostonlari ajdodlarimizning uzoq o'tmishi, 
madaniy 
hayoti 
va 
milliy 
qadriyatlarini 
o'zida 
mujassamlashtirgan bo'lib, bu o'lmas, nomoddiy madaniy 
merosimiz bugungi kunda ham yuksak qadrlanmoqda. 
Baxshichilik san'atining serjilo ijro namunalari tinglovchiga 
katta zavq-shavq bag'ishlashi bilan birga kishilarni yaxshilikka 
chorlovchi, ma'rifat tarqatuvchi, yosh avlod qalbida ezgu 
fazilatlarni uyg'otuvchi ma'naviy targ'ibot manbai vazifasini 
o'tab kelayotir. Mazkur festivalda ham ishtirokchilar 
tomonidan xalq og'zaki ijodining nodir namunalari - doston 
va termalar zo'r mahorat bilan ijro etildi. 
XXI asr dunyo miqyosida madaniyat va ma'rifat 
sohalari ham keng quloch otib taraqqiy etmoqda. Shu qatorda, 
xalq og'zaki ijodiga ham qarashlar, qiziqishlar o'zgardi. 
Ayniqsa, bizning O'zbekistonimizda bu borada ibrat olgulik 
ishlar 
amalga 
oshrildi. 
Prezident 
Sh. 
Mirziyoyev 
tashabbuslarining samarasini aytmaysizmi?! Prezidentimiz 
shunday fikrni aytgan edilar: « Hammangiz yaxshi tushunasiz 
agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va 
ruhi-ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishda ana 
shu ikkita mustahkam ustunga, ya'ni, bozor tamoyillariga 
asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy 
merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan 
kuchli ma'naviyatga tayanamiz»[1, B.34-35],-deb bejizga 
aytmaganlar[8]. Termiz shahrida baxshilar maktabining 
yangidan qurilishi, musiqa va san'at maktablarida baxshichilik 
guruhlarining barpo etilishi xalq ijodiga bo’lgan yangicha 
qarashlar maxsulidir. Har ikki yilda bir marta «Xalqaro 
baxshichilik san'ati festivalini» o'tkazish to'g'risida farmon-ku, 
nur ustiga a'lonur bo’ldi. Shunga tayangan holda 
maktabimizda folklor va xalq og'zaki ijodi sohasidagi ustoz-
shogirdlik an'analari tarixini sinchiklab o'rganish, baxshilar 
hayoti va ijodiy faoliyatini keng yoritish zarurati ham tug'ildi. 
Shunga ko'ra, yozuvlarimizda O'zbekiston xalq baxshisi 
Xushboq Mardonaqul o'g'li hayoti va ijodini ham qalamga 
oldik. Baxshi 1942-yil 25- dekabrda Sherobod tumanidagi 
Azon qishlog'ida baxshi-shoir Mardonaqul Avliyoqul o'g'li 
xonadonida dunyoga keldi. U bolaligidan otasi bilan har xil 
marosimlarda birga qatnashib, padaribuzrukvorining aytgan 
terma, dostonlarini o'rganib, kezi kelganda otasining 
do'mbirasini qo'liga olib chertib, kalta-kalta qo'shiq aytib 
yurardi. Baxshichilik qonida bor emasmi, tezda tinglovchi 
tomoshabinlar ko'ziga tashlana boshladi. Shu bilan bir qatorda 
qishlog'idagi maktabda ta'lim olardi. O'n yillikni tugatib, 
ma'lum 
muddat 
jamoa 
xo'jaligidagi 
maktab-maorif 
shaxobchalarida mehnat qildi. 
Ammo, baxshichilik iqtidori qalbini tinch qo'ymasdi. 
Nihoyat, baxshichilik san'atiga bo'lgan ishtiyoq uni Toshkaent 
davlat madaniy-oqartu texnikumiga yetakladi. Bu san'at 
dargohida 1963-1966-yillari o'qib, tug'ilib o'sgan tumanining 
madaniyat bo'limiga ishga keldi, shu bilan bir qatorda, 
Xushboq Termiz davlat pedagogika instituti (hozirgi 
TerDUda, 1968-1973-yillar) filologiya fakultetida sirtdan 
tahsil oldi. Maktablarda til-adabiyot fani bo'yicha qo'vchilarga 
saboq berdi ayni payitda tuman madaniyat bo'limida 
baxshichilik san'ati bo'yicha faoliyat olib borib o'z kasbining 
ustasi bo'lib yetishdi. Ot o'rnini toy bosar deganlaridek, ota-
bobolari, tog'alari izidan borib, mashhur baxshi bo'lib yetishdi, 
2013-yil fidokorona mehnati o'z samarasini berdi,O'zbekiston 
xalq baxshisi unvinga sazovor bo'ldi[9]. 
Shoir hamisha ijod bilan mashg'ul. Qo'lida ruchka, 
mo'jazgina stoli ustida kitob, daftar, qog'ozlar. Ma'rifat- 
ma'naviyat qalbida doim nur taratib turganday. U zotga 
barqaror, bardavom ijodni tabiat hamisha in'om etganday. 
Demakki, shogirdlari yon-berida g'uj- g'uj bo’laveradi. 
Baxshining o'tmishiga yana bir nazar tashlaymiz. Xushboq 



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin