O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126
12-88-PB (1)

Kalit soʻzlar: 
Epik syujet, motivlar tizimi, uvaysiylik, mavti ahmar, mavti ahdar, soqiy, may, jamoaviylik, anonimlik, ogʻzakilik, 
anʼanaviylik, ommaviylik, variant va versiyaviylik. 
Kirish.
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, qadim 
anʼanalarni tushunishga intilish, milliy madaniyatimiz qadrini 
yanada oshirishda folklor (xalq ogʻzaki ijodi) ni oʻrganish 
hozirgi kunda ham oʻzining ilmiy ahamiyatini yoʻqotgani 
yoʻq. Xalq dostonlarida tasavvufning oʻrni haqida soʻz yuritar 
ekanmiz, 
dastavval, 
ushbu 
janr 
boʻyicha 
umumiy 
maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz. Dostonlar xalqning, millatning 
qiyofasini oʻzida toʻlaqonli aks ettirib turuvchi koʻzgudir. Har 
bir xalqning asrlar mobaynida bosib oʻtgan yoʻli, ijtimoiy-
siyosiy holati, zohiriy-botiniy gʻalabasi, madaniy mavqeyi 
eposlari orqali namoyon boʻladi. Bu esa epik syujet, motivlar 
tizimi, badiiy koʻlam, voqealar rivojida oʻz aksini topadi. 
Nima uchun xalq dostonlarining zamiri turli eʼtiqodiy 
qarashlar, 
magiyalar, 
mifologik 
tasavvurlardan 
iborat 
deyishimiz kerak? Xalq dostonlarining asl mohiyatini 
anglashimizda bunday tushunchalar bilan cheklanishimiz qay 
darajada toʻgʻri va bir yoqlama yondashuvlar orqali asl 
gʻoyaga qanday yetib boramiz? Xalq dostonlarining qadimiy 
ildizlari maʼlum maʼnoda turli magiyalar, mifologik tasavvur 
va tushunchalarga borib taqalishi ayni haqiqat. Bu esa asosiy 
syujet tizimi, mazmun va mohiyat islomiyatdan ancha oldingi 
tasavvurlar bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatadi. Biroq xalq 
dostonlarida tasavvuf chizgilari ham yoʻq emas. Chunonchi, 
xalq 
dostonlari 
jamoaviylik, 
anonimlik, 
ogʻzakilik, 
anʼanaviylik, ommaviylik, variant va versiyaviylik kabi oʻziga 
xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Ushbu 
xususiyatlarni oʻzida jamlagan holda dostonlar avloddan 
avlodga oʻtish jarayonida sayqallanadi, takomillashib boradi. 
Ayni yuqorida keltirib oʻtilgan xususiyatlarga diqqat qaratilib, 
epik syujet tahlilga tortilsa, haqiqatan ham xalq dostonlarida
tasavvufga doir bir qancha timsol va tushunchalar mavjud 
ekanligi yanada konkretlashadi. Xalq dostonlarining epik 
syujeti, motivlar tizimida turli eʼtiqodiy qarashlar, magiyalar, 
mifologik tasavvurlardan tashqari tasavvuf taʼlimotiga oid 
qarashlarning ham mavjud ekanligini tadqiq etish fundemantal 
yondashuvni talab etadi. 
Tasavvufni "tasfiya", yaʼni ruhni agʻyor - begonadan 
tozalash, "huzu", yaʼni nafsni jilovlash, xokisorlikni 
koʻrsatishdir[5],-deydilar. Tasavvufga daʼvat - haqiqatga 
daʼvat. Zero, dunyoga kelishning asl muddaosi ham shu: 
oʻzlikni anglash, oʻzlikni anglash orqali oʻzni tushunish, oʻzni 
tushunish orqali Haqni topish, Haqni topish orqali Haqiqatga 
erishish. Tasavvuf poklanish ilmi, unda bosh amal qalbni 
poklash, ruhni poklash, nafs tarbiyasidir[5]. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin