O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 314 -
maqomining berilganligi o’zbek tili va unga xos milliy
xususiyatlarni o`rganishga dunyo xalqlari intilishining
qiziqishi pragmatika nazariyasiga, uning mohiyatiga bo`lgan
ehtiyojni yanada ortgirmoqda. Sababi lingvistik pragmatika
nazariyasi, yahni nutqning amaliy qo’llanishi bilan bog`liq
hodisalar talqin o`sha tilga xos milliy o`ziga xoslikni anglash
uchun qulay imkoniyatlar yaratadi" [1].
Shuningdek, Z.I.Salievaning nomzodlik ishi o`zbek va
frantsuz tillaridagi sententsiya, yahni axloqiy-tahlimiy
xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlariga
bag`ishlangan [2].
R.S.Ibragimovaning nomzodlik dissertatsiyasida esa
ayol konseptining o`zbek va frantsuz tillarida ifodalanish
yo`llari tadqiq etilgan [3].
Til va madaniyat deganda, odatda, (to`g`risi ham Shu)
til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni
o`rganishorqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi,
aniqroq
aytadigan
bo`lsak,
lingvokulturologiyadagi
madaniyatning
ma`nosi
"aqliy-ma`naviy
yoki
xo`jalik
faoliyatida erishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)" emas,
balki "kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va
ma`naviy-mahrifiy hayotida qo`lga kiritgan yutuqlari majmui
(madaniyat tarixi, o`zbek madaniyati)" demakdir. Shunday
bo`lgach, nutq madaniyatining o`rganishmuammolari boshqa,
lingvokulturologiyaning
o`rganishobyekti
tamoman
boshqadir" [4].
Tahlil va natijalar. A.Vejbitskoy nemis orkestriga
dirijyorlik qilish uchun chaqirilgan bir ingliz dirijyori haqida
quyidagi voqeani keltiradi: Boshida ish yaxShi yurishmaydi.
Dirijyor buning sababi ingliz tilida gapirganligi va nemislar
uni «o’ziniki» sifatida qabul qilmayotganidan deb o’ylaydi va
nemis tilini o’rganishga intiladi. Birinchi bo`lib ustozidan
quyidagi gapni nemischaga tarjima qilib berishni so’raydi:
«Eshitinglar, menimcha, mana bundoq qilib chalgan
yaxShiroq». Tarjimon o`ylanib qoladi: «Aslida tarjima qilsa
bo`ladi. Biroq «mana bunday chalish kerak» deb qo’ya qolish
mahqulroq». Bundan chiqadigan xulosa shuki, madaniy to`siq
nutq madaniyati normalariga bilan ham bog`liq. Biz doimo
madaniyat haqida bir narsani bilish uchun til materiallarini
jalb qilamiz. Xuddi shuningdek, til faktlarini tahlil qilish
uchun madaniy realiyalarga murojaat qilamiz. Xorij
tilshunosligida madaniy argumentatsiyaning o`rni va salmog’i
o`zgardi, ayniqsa kognitiv semantikada. Til birligini madaniy
kontekstda tahlil qilish tilshunoslik oldiga bir qator yangi
muammolarni qo`ydi. Lingvokulturologiya alohida bilimlar
tarmog’i sifatida o`ziga xos vazifalarni bajarishi kerak,
ayniqsa, quyidagi masalalarga ehtibor berishi kerak: 1) til
konseptlari tashkil topishida madaniyatning o`rni qanday? 2)
til birligi mazmunining qaysi qismiga «madaniy ma`no»
birikkan bo`ladi? 3) so`zlovchi yoki tinglovchi bu ma`nolarni
anglagan holda qo`llaydilarmi va bular nutq strategiyasiga
qanday ta`sir qiladi? 4) amalda til egasining madaniy-lisoniy
kompetentsiyasi mavjudmi? Unda matnga singdirilgan va til
egalari tomonidan anglangan bo`lishi kerak. Madaniylisoniy
kompetentsiyaning
vaqtinchalik
ishchi
tahrifini
ishlab
chiqamiz: u til Shaxsining nutq hosil qilish va nutq ijro
qilishning tabiiy ko`nikmalariga ega bo`lishi bo`lib, ayniqsa,
madaniyat qoidalarini bilish muhimdir. Buni isbotlash uchun
til birliklarning tahlil qilishning yangi texnologiyalar kerak; 5)
ularning konseptosferasi qanaqa, madaniyatning ifodalanish
holatlari-chi? Bir madaniyat sohibi va ko`p madaniyat
sohiblari tomonidan ifodalanishi-chi? 6) bu fanning asosiy
tushunchalarini qanday tartiblash lozim? Bu tartib til va
madaniyatning harakatdagi muammolarini tahlil qilish bilan
birga, mazkur paradigma – antropotsentirik yoki antropologik
paradigmadan tashqarida ham tushunarli bo`lishi lozim; Bu
ro`yxatni to`liq deb hisoblash mumkin emas. Ularning hal
qilinish o`zo`zidan yangi muammolarni keltirib chiqaradi.
Mazkur yuqori darajali yoki umumepistemologik vazifalarni
R.M.Frumkina barcha fanlar uchun tegishi deb hisoblaydi. Bu
muammolarni hal qilishda qo`shimcha qiyinchilik tug`diruvchi
yana bir xususiyat nazardan chetda qolmasligi kerak: til
birliklarining madaniy axboroti implitsit xarakterda bo`lib, til
belgilari ortida yashiringan bo`ladi.
Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetlaridan biri
turli tillarning uslubiy tarmoqlaridir, ular turli shakllarda
yuzaga keladi. Ayrim tillarda dialektal farqlar kuchli bo`lsa,
ayrim tillarda shevalar o`rtasida farqlar uncha sezilmaydi;
ayrim tillar uslubiy farqlanish endigina boshlangan bo`lsa,
ayrimlarida bu masala ancha chuqur va keng. Adabiy til va
noadabiy til qatlamlari shakllari jamiyatning madaniy tarixi
har bir bosqichini aniqlab beradi: yozuv tarixi, maktab tahlimi,
adabiyoti,
dunyoqarashi,
uning
madaniy-g’oyaviy
simpatiyalari singari. Xalq madaniyatining me`yoriy-uslubiy
tarmoqlarga ta`siri uning lug’at tarkibiga ta`siriga nisbatan
bilvosita va chuqur munosabatlarga ega.