O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126
12-88-PB (1)

Tahlil 
va 
natijalar.
"Alpomish" 
dostonida 
qahramonning tugʻilmasidanoq homiy eranlar nazarida 
turganligi 
(nazarkardaligi), 
Alpomish, 
Qaldirgʻoch, 
Oybarchinlarning tugʻilishi, hatto ularga ism tanlash jarayoni 
ham bevosita pirlar bilan bogʻliq:
Shohimardon piri Boyboʻrining farzandiga Hakimbek 
otini qoʻydi, oʻng kiftiga besh qoʻlini urdi. Besh qoʻlining 
oʻrni dogʻ boʻlib, besh panjaning oʻrni bilinib qoldi[1]. 
Doston qahramonlarining pirlardan yordam soʻrash 
holatlari ham mavjud. Qorajon va Boychiborni Boboxon 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/
 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 310 -
togʻida bogʻlab ketishgan payti Qorajon pirlardan yordam 
soʻraydi: 
Bek Alpomish oʻz yurtinda qoʻl bergan
Rajabxoʻja degan piri bor edi 
Falak titrar Qorajonning nolishiga 
Banda koʻnar Tangri qilgan ishiga 
Boboxondan yigʻlab edi Qorajon 
Rajabxoʻja piri yetdi qoshiga[1]. 
Aslida, pirlardan yordam soʻrash Islom taʼlimotiga 
koʻra shirk hisoblanadi. Chunki Yaratgan turganda boshqadan 
umid qilish mutlaqo notoʻgʻri. Biroq masalaga boshqa 
tomondan yondashish lozim. Balki, butun boshli koinotni 
yaratgan Zot va Alpomish yoxud Qorajon munosabatlarini 
bogʻlashda oʻsha pir vositachi boʻlgandir. "Qorajon pirdan 
emas, Yaratgandan yordam soʻrasa, boʻlmasmidi?"-degan 
savollar tugʻilishi tabiiy. Zero, bizda jism bor ekan, U bilan 
toʻgʻridan toʻgʻri muloqot, hatto Uning ovozini eshitishga ham 
bardoshimiz yetmaydi. "Ulugʻ Tangri toqqa parda ortidan 
tajalli etadi. Shuning uchun togʻ yam-yashil boʻladi, gullarga 
toʻladi, bezanadi. Holbuki, pardasiz tajalli etsa, togʻ ost-ust 
boʻladi",-deydi Rumiy hazratlari. Mohir tarbiyachi, ulugʻ 
ustozga ergashish, pirga qoʻl berish holatlari tasavvuf 
taʼlimotida mavjud. Bir kishi pirga qoʻl beradi, agar u tirik 
boʻlsa, undan taʼlim, saboq oladi, tirik boʻlmasa, uning 
ruhidan saboq oladi, yordam soʻraydi. Bu holat tasavvufda 
"Uvaysiylik" deb ataladi. 
Folklorshunos olim Abdumurod Tilavovning "Oʻzbek 
xalq dostonlarida ot obrazining tarixiy asoslari va badiiy 
talqini" 
mavzusidagi 
nomzodlik 
dissertatsiyasida:" 
Dostonlarimizda ot tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi Sayis - 
Soqibulbulning ham avliyolardan taʼlim olganligi aytiladi. 
(Soqibulbul Goʻroʻgʻlining Gʻirotiga qarar edi. Lekin 
Soqibulbul Goʻroʻgʻliga boshchi edi. U chilton tarbiyasini 
koʻrgan edi.) Tasavvuf taʼlimotidan maʼlumki, chilton, qirq 
pirlar, Allohning doʻstlari, yaʼni avliyolarga berilgan nomdir. 
Yer yuzidagi ezgu ishlar baʼzan balo-qazolarning daʼfi, 
zalolatdagi ayrim insonlarning islohi ana shu xos bandalarga 
bogʻlanadi. Xullas, xalqimiz orasida chilton-pirlarga nisbatan 
katta hurmat, ehtirom mavjud. Binobarin, qahramonning eng 
sodiq yordamchisi - otni ham pirlar madadiga bogʻlash, otga 
ilohiy sharbat - sharobantahurning ichirilishi dostonchilik 
anʼanasiga zid hodisa emas",-[4]kabi asosli dalillar keltirib 
oʻtilgan. 
Baʼzi folklorshunoslar pirlardan, avliyolardan yordam 
soʻrash holatlarini shomonizmga bogʻlashadi. Bizning 
fikrimizcha, bu mutlaqo haqiqatdan yiroq. Shomonlik, 
shamanlik (evenk tilida, shaman - jazavaga tushish) - ibtidoiy 
diniy eʼtiqod shakllaridan biri, yovuz va ezgu ruhlarga, 
ularning inson hayotiga taʼsir koʻrsatishiga ishonish[10]. 
(Zero, dostonlarda tilga olingan pirlarning, avliyolarning 
yovuzlari yoʻq, ularning bari qahramonning toʻgʻri yoʻldan 
adashmasligini taʼminlaydi, unga har jihatdan ruhiy tarbiya 
beruvchi komillik matlabini tutgan xoslardir.) Shomonlar oʻtib 
ketgan ajdodlari arvohlariga sigʻinishgan. Ulardan madad 
soʻrab, qurbonlik marosimlarini oʻtkazishgan. Asosiy ish 
qurollari bubin nomli childirma, qamchi, chanqovuz, morin 
xur boʻlgan. Maxsus kiyimlarida mistik ramzlar boʻlgan. 
Ularning raqslari tabiat jonivorlari harakatini eslatardi, bunga 
sabab oʻlgan ajdodlar arvohlari hayvon qiyofasiga kirib, ular 
yoniga kelishiga ishonishgan[10]. (Pirlardan yordam soʻragan, 
ularning yordami bilan maʼnaviy kamolotga erishgan 
Alpomish, Qorajon yoxud boshqa doston qahramonlari hech 
qachon jazavaga tushishmagan va yordam soʻrash jarayonida 
maxsus kiyimlar, maxsus asboblardan foydalanishmagan.) 
Demak, dostonlardagi pirlardan, ulugʻlardan yordam soʻrash 
holatlari mutlaqo shomonizmga bogʻliq emas. Bu holatning 
tasavvuf bilan bogʻliqligi esa ayni haqiqatdir. "Pirlar shunday 
kishilarki, hali bu dunyo yaralmaganida ham ularning jonlari 
karam dengizida bor edi. Zulmatga talpingan kishi pirning 
amriga kirdimi yorugʻlikni koʻradi",-deb yozadi Jaloliddin 
Rumiy. 
Zero, Qurʼoni Karimning Fath surasida quyidagi oyat 
keltiriladi:"(Ey, Muhammad!) Haqiqatan, Sizga bayʼat 
(qasamyod) qiladiganlar, albatta, Allohga bayʼat qilgan 
boʻlurlar. Allohning "qoʻli" ularning qoʻllari uzradir. Bas, 
kimki, (oʻz qasamyodini) buzsa, bas, (u) faqat oʻz zarariga 
buzur. Kimki Alloh bilan ahdlashgan narsasiga vafo qilsa, u 
holda (Alloh) unga ulkan mukofot ato erur"(Fath, 10)[7]. 
Ushbu oyat Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi 
vasallam sahobalaridan ahd olganliklari, ularga bayʼat 
qilganliklarinining dalilidir. Bu esa ahd berish, bayʼat olish, 
biz shomonizmga bogʻlayotgan pirga qoʻl berish, valiy 
zotlardan yordam soʻrash holatlari Paygʻambarimiz sollallohu 
alayhi vasallam va u zotning asʼhoblariga borib taqalishini 
isbot etadi. 
"Alpomish" dostonida boshqa din vakili Qorajonning 
kalima 
keltirib 
uyqudan 
turishi, 
Boychibor 
Qorajonning:"Shuning otini boʻlsa oldim, dinidan qaytib, 
qalmoqlarning ichiga ketsam",-degan oʻylarini sezib, joyidan 
jilmay 
turavergani, 
qachonki, 
Qorajon qayta 
kalima 
keltirgandan soʻnggina harakatga tushganligi, otning zehni u 
qadar oʻtkirligi bevosita Islom dini bilan bogʻliq. Qurʼoni 
karimda ot Alloh taolo insonga bergan ulugʻ neʼmat ekanligi 
bayon etilgan:"U Zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat 
qilib otlar, hachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar hali 
bilmaydigan narsalarni ham yaratur". (Nahl, 8) As-Saʼdus 
Samarqandiy "Jonzotlarning tibbiy xosiyatlari" asarida yana 
bir eʼtiborli maʼlumotni keltiradi:"Rasuli akramning otlari bor 
edi. Va hadisda kelibdurkim, Hech oqshom yoʻqki, magar ot 
bu duoni oʻqimagay:"Parvardigorim, meni Odam farzandiga 
boʻysundirding va rizqimni unga bogʻlading. Ey Xudo, bas, 
meni unga sevimli qil!"[8]. 
Dostonda quyidagi holat qahramon ruhi, botinining u 
qadar sofligini har jihatdan isbot etadi: 
Hakimbek kirgandi oʻn toʻrt yoshida, 
Mehmon boʻldi choʻponlarning qoʻshida, 
Ul kechasi fayzi sahar boʻlganda, 
Rasuli Xudoni koʻrdi tushida. 
Mast uyquda yotib edi bu shunqor. 
Gʻaflatdin koʻzini ochdi Iskandar, 
Koʻziga koʻrindi Rasul paygʻambar, 
Bu soʻzlarni Rasul paygʻambar aytdi: 
"Adashgan ummatim, shafqatdoringman, 
Tanib qolgin, Rasul paygʻambaringman, 
Ummatlarni mudom yoʻlga solurman". 
Bu soʻzlarni eshitib Hakim shu zamon: 
"Payg`ambarim, eshiting ohu zorimni, 
Sabil qilmam elda kirdikorimni, 
Hali ololmayman Barchin yorimni, 
Koʻra olmadim Shohimardon pirimni". 
"Gʻam yema, ummatim,-dedi paygʻambar,- 
Ostida dulduli, belda zulfiqor,
Jilovida Bobo Qambar jilovdor, 
Gʻamingda otlandi Shohimardon pirlar, 
Gʻayratingdan boʻzlab ketar qalmoqlar, 
Hech kim bo‘lmas sening bilan barobar, 
Senga taqdir qildi Barchin zulfakdor". 
Bu soʻzni eshitdi yotgan Iskandar,
"Rahm aylab yubordi xol qilgan Jabbor, 
Hamma pirlar boʻldi senga madadkor,
Koʻnglingdan ketadi bu zarra gʻubor", 
Bu soʻzlarni aytib Rasul paygʻambar. 
Oʻn toʻrt yoshli Hakimbekning tushiga paygʻambar 
Muhammad (s.a.v) ning kirishlari bosh qahramon oʻzga olam 
kishisi ekanligining dalilidir, chunki qanchadan qancha pok 
zotlar ham U zotni koʻrish uchun orzumandlar. Yana bir 
eʼtiborli jihat shuki, yuqorida keltirilgan tush motividan 
pirlardan yordam soʻrash jarayoni shomonizmga mutlaqo 



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin