O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 310 -
togʻida bogʻlab ketishgan payti Qorajon pirlardan yordam
soʻraydi:
Bek Alpomish oʻz yurtinda qoʻl bergan
Rajabxoʻja degan piri bor edi
Falak titrar Qorajonning nolishiga
Banda koʻnar Tangri qilgan ishiga
Boboxondan yigʻlab edi Qorajon
Rajabxoʻja piri yetdi qoshiga[1].
Aslida, pirlardan yordam soʻrash Islom taʼlimotiga
koʻra shirk hisoblanadi. Chunki Yaratgan turganda boshqadan
umid qilish mutlaqo notoʻgʻri. Biroq masalaga boshqa
tomondan yondashish lozim. Balki, butun boshli koinotni
yaratgan Zot va Alpomish yoxud
Qorajon munosabatlarini
bogʻlashda oʻsha pir vositachi boʻlgandir. "Qorajon pirdan
emas, Yaratgandan yordam soʻrasa, boʻlmasmidi?"-degan
savollar tugʻilishi tabiiy. Zero, bizda jism bor ekan, U bilan
toʻgʻridan toʻgʻri muloqot, hatto Uning ovozini eshitishga ham
bardoshimiz yetmaydi. "Ulugʻ Tangri toqqa parda ortidan
tajalli etadi. Shuning uchun togʻ yam-yashil boʻladi, gullarga
toʻladi, bezanadi. Holbuki, pardasiz tajalli etsa, togʻ ost-ust
boʻladi",-deydi Rumiy hazratlari. Mohir tarbiyachi, ulugʻ
ustozga ergashish, pirga qoʻl berish holatlari tasavvuf
taʼlimotida mavjud. Bir kishi pirga qoʻl beradi,
agar u tirik
boʻlsa, undan taʼlim, saboq oladi, tirik boʻlmasa, uning
ruhidan saboq oladi, yordam soʻraydi. Bu holat tasavvufda
"Uvaysiylik" deb ataladi.
Folklorshunos olim Abdumurod Tilavovning "Oʻzbek
xalq dostonlarida ot obrazining tarixiy asoslari va badiiy
talqini"
mavzusidagi
nomzodlik
dissertatsiyasida:"
Dostonlarimizda ot tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi Sayis -
Soqibulbulning ham avliyolardan taʼlim olganligi aytiladi.
(Soqibulbul Goʻroʻgʻlining Gʻirotiga qarar edi. Lekin
Soqibulbul Goʻroʻgʻliga boshchi edi. U chilton tarbiyasini
koʻrgan edi.) Tasavvuf taʼlimotidan maʼlumki, chilton, qirq
pirlar, Allohning doʻstlari, yaʼni avliyolarga berilgan nomdir.
Yer yuzidagi ezgu ishlar baʼzan balo-qazolarning daʼfi,
zalolatdagi ayrim insonlarning islohi ana shu xos bandalarga
bogʻlanadi. Xullas, xalqimiz orasida
chilton-pirlarga nisbatan
katta hurmat, ehtirom mavjud. Binobarin, qahramonning eng
sodiq yordamchisi - otni ham pirlar madadiga bogʻlash, otga
ilohiy sharbat - sharobantahurning ichirilishi dostonchilik
anʼanasiga zid hodisa emas",-[4]kabi asosli dalillar keltirib
oʻtilgan.
Baʼzi folklorshunoslar pirlardan, avliyolardan yordam
soʻrash holatlarini shomonizmga bogʻlashadi. Bizning
fikrimizcha, bu mutlaqo haqiqatdan yiroq. Shomonlik,
shamanlik (evenk tilida, shaman - jazavaga tushish) - ibtidoiy
diniy eʼtiqod shakllaridan biri, yovuz va ezgu ruhlarga,
ularning inson hayotiga taʼsir koʻrsatishiga ishonish[10].
(Zero, dostonlarda
tilga olingan pirlarning, avliyolarning
yovuzlari yoʻq, ularning bari qahramonning toʻgʻri yoʻldan
adashmasligini taʼminlaydi, unga har jihatdan ruhiy tarbiya
beruvchi komillik matlabini tutgan xoslardir.) Shomonlar oʻtib
ketgan ajdodlari arvohlariga sigʻinishgan. Ulardan madad
soʻrab, qurbonlik marosimlarini oʻtkazishgan. Asosiy ish
qurollari bubin nomli childirma, qamchi, chanqovuz, morin
xur boʻlgan. Maxsus kiyimlarida mistik ramzlar boʻlgan.
Ularning raqslari tabiat jonivorlari harakatini eslatardi, bunga
sabab oʻlgan ajdodlar arvohlari
hayvon qiyofasiga kirib, ular
yoniga kelishiga ishonishgan[10]. (Pirlardan yordam soʻragan,
ularning yordami bilan maʼnaviy kamolotga erishgan
Alpomish, Qorajon yoxud boshqa doston qahramonlari hech
qachon jazavaga tushishmagan va yordam soʻrash jarayonida
maxsus kiyimlar, maxsus asboblardan foydalanishmagan.)
Demak, dostonlardagi pirlardan, ulugʻlardan yordam soʻrash
holatlari mutlaqo shomonizmga bogʻliq emas. Bu holatning
tasavvuf bilan bogʻliqligi esa ayni haqiqatdir. "Pirlar shunday
kishilarki, hali bu dunyo yaralmaganida ham ularning jonlari
karam dengizida bor edi. Zulmatga talpingan kishi pirning
amriga kirdimi yorugʻlikni koʻradi",-deb yozadi Jaloliddin
Rumiy.
Zero, Qurʼoni Karimning Fath surasida quyidagi oyat
keltiriladi:"(Ey, Muhammad!)
Haqiqatan, Sizga bayʼat
(qasamyod) qiladiganlar, albatta, Allohga bayʼat qilgan
boʻlurlar. Allohning "qoʻli" ularning qoʻllari uzradir. Bas,
kimki, (oʻz qasamyodini) buzsa, bas, (u) faqat oʻz zarariga
buzur. Kimki Alloh bilan ahdlashgan narsasiga vafo qilsa, u
holda (Alloh) unga ulkan mukofot ato erur"(Fath, 10)[7].
Ushbu oyat Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi
vasallam sahobalaridan ahd olganliklari, ularga bayʼat
qilganliklarinining dalilidir. Bu esa ahd berish, bayʼat olish,
biz shomonizmga bogʻlayotgan pirga qoʻl berish, valiy
zotlardan yordam soʻrash holatlari Paygʻambarimiz sollallohu
alayhi vasallam va u zotning asʼhoblariga borib taqalishini
isbot etadi.
"Alpomish" dostonida boshqa
din vakili Qorajonning
kalima
keltirib
uyqudan
turishi,
Boychibor
Qorajonning:"Shuning otini boʻlsa oldim, dinidan qaytib,
qalmoqlarning ichiga ketsam",-degan oʻylarini sezib, joyidan
jilmay
turavergani,
qachonki,
Qorajon qayta
kalima
keltirgandan soʻnggina harakatga tushganligi, otning zehni u
qadar oʻtkirligi bevosita Islom dini bilan bogʻliq. Qurʼoni
karimda ot Alloh taolo insonga bergan ulugʻ neʼmat ekanligi
bayon etilgan:"U Zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat
qilib otlar, hachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar hali
bilmaydigan narsalarni ham yaratur". (Nahl, 8) As-Saʼdus
Samarqandiy "Jonzotlarning tibbiy xosiyatlari" asarida yana
bir eʼtiborli maʼlumotni keltiradi:"Rasuli akramning otlari bor
edi. Va hadisda kelibdurkim, Hech oqshom yoʻqki, magar ot
bu duoni oʻqimagay:"Parvardigorim,
meni Odam farzandiga
boʻysundirding va rizqimni unga bogʻlading. Ey Xudo, bas,
meni unga sevimli qil!"[8].
Dostonda quyidagi holat qahramon ruhi, botinining u
qadar sofligini har jihatdan isbot etadi:
Hakimbek kirgandi oʻn toʻrt yoshida,
Mehmon boʻldi choʻponlarning qoʻshida,
Ul kechasi fayzi sahar boʻlganda,
Rasuli Xudoni koʻrdi tushida.
Mast uyquda yotib edi bu shunqor.
Gʻaflatdin koʻzini ochdi Iskandar,
Koʻziga koʻrindi Rasul paygʻambar,
Bu soʻzlarni Rasul paygʻambar aytdi:
"Adashgan ummatim, shafqatdoringman,
Tanib qolgin, Rasul paygʻambaringman,
Ummatlarni mudom yoʻlga solurman".
Bu soʻzlarni eshitib Hakim shu zamon:
"Payg`ambarim, eshiting ohu zorimni,
Sabil qilmam elda kirdikorimni,
Hali ololmayman Barchin yorimni,
Koʻra olmadim Shohimardon pirimni".
"Gʻam yema, ummatim,-dedi paygʻambar,-
Ostida dulduli, belda zulfiqor,
Jilovida Bobo Qambar jilovdor,
Gʻamingda otlandi Shohimardon pirlar,
Gʻayratingdan boʻzlab ketar qalmoqlar,
Hech kim bo‘lmas sening bilan barobar,
Senga taqdir qildi Barchin zulfakdor".
Bu soʻzni eshitdi yotgan Iskandar,
"Rahm aylab yubordi xol qilgan Jabbor,
Hamma pirlar boʻldi senga madadkor,
Koʻnglingdan ketadi bu zarra gʻubor",
Bu soʻzlarni aytib Rasul paygʻambar.
Oʻn toʻrt yoshli Hakimbekning tushiga paygʻambar
Muhammad (s.a.v) ning kirishlari bosh qahramon oʻzga olam
kishisi ekanligining dalilidir, chunki qanchadan qancha pok
zotlar ham U zotni koʻrish uchun orzumandlar. Yana bir
eʼtiborli jihat shuki, yuqorida keltirilgan tush motividan
pirlardan yordam soʻrash jarayoni
shomonizmga mutlaqo