Tadqiqotning maqsadi . “O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”da baynalmilal so‘zlarning maqsadga muvofiq to‘g‘ri
yoritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti . “O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”dagi baynalmilal so‘zlar.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari va muhokamasi.
Insoniyat sivilizatsion taraqqiyot natijasida ko‘pgina
bosqichlarni bosib o‘tdi. Inson bu bosqichlarning silsilalari
rivoji jarayonida tadrijiy shakllandi, barcha sinovlarga bardosh
berdi. Shu davr mobaynida inson o‘ziga zarur bo‘lgan
vositalarni, o‘zligini anglatuvchi urf-odat, qadriyatlarni
yaratdi, shakllantirdi va ularni asrlar, yillar, davrlar ruhiga
qarab, milliy takomillashtirib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan
Markaziy Osiyo xalqlari ham o‘ziga xos qadriyatlarni, ya’ni
o‘z birligi, g‘ururi, jur’ati, sharafini ifodalovchi qadriyatlarni
shakllantirdi. Xalqimiz milliy tilini, madaniyati va rasm-
rusumlarini hurmat qiladigan, umuminsoniy qadriyatlarni
e’zozlaydigan, ulardagi olijanob g‘oya va hikmatlardan
oqilona hamda ijodiy foydalanadigan darajadagi kamolot
bosqichiga erisha olmasa, mustaqillikning ma’naviy zamini
baquvvat bo‘lmaydi.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy va hayotiy
tuyg‘u bo‘lsa bu har bir xalq va millatning milliy ongi, milliy
o‘zligini anglashning birinchi belgisi milliy tildir. Millatni
millat qiluvchi, uning betakror qiyofasini belgilab beruvchi,
o‘zligini, o‘zgalardan farqi, ayni paytda, insoniyat oilasining
uzviy qismi ekanini ko‘rsatuvchi uning tili, madaniyati, urf-
odatlari va an'analaridir.
Til millatning millat bo‘lib shakllanishida eng muhim
shartlardan biridir. Til bo‘lmasa el ham, millat ham bo‘lmaydi.
El bo‘lmasa, millat bo‘lmasa, turgan gapki, til xam yo‘qolib
ketadi. Til – millat tirikligining, uning yashab turganligi va
faoliyat ko‘rsatayotganligining asosi va mezonidir. Har bir
millatning tili millat vakillariga o‘zligini anglashga katta ta'sir