O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 295 -
2)
aniq
relyefonimlar
atrof-muhitning
ba’zi
cheklangan elementlari, landshaft turlarini tavsiflaydi[11].
“Important Geography Terms for High School
Students” glossariysida ingliz tilidagi geografik atamalar
sifatida quyidagilar keltiriladi: absolute location, aquifer,
archipelago, atoll, biosphere, caldera, cartogram, cartography,
census, climate, continental drift, continental shelf, contour
map, culture, cultural geography, demography, density, desert,
diffusion, ecology, epicenter, equator, equinox, erosion,
estuary, fault, fauna,
first world, fjord, floodplain, flora,
geography, geologic time, geology, glacier, global positioning
system (GPS), global warming, globe, hemisphere, humidity,
hurricane, hydrologic cycle, hydrosphere, jet stream, lagoon,
latitude, lava,
lingua franca, lithosphere, longitude, magma,
lava, map, map projection, map scale, megalopolis, meridian,
mesa, meteorology, monsoon, morphology[12].
Ko‘rinib turibdiki, ushbu so‘zlar
sof terminologik
xarakter kasb etadi. Bizning asosiy maqsadimiz ingliz tili
umumiste’mol leksikasi orasidan relyefonimlarni ajratish,
ularning semantik strukturasini aniqlashdan iborat. Demak,
relyefonimlarni ajratishda terminologik lug‘atlar emas, balki
umumiy lingvistik qomuslar hamda izohli lug‘atga murojaat
qilish maqsadga muvofiq.
Dastlab, ingliz tili lisoniy olamida relyef tushunchasini
aniqlab olish joiz bo‘ladi. Ingliz tilida reliefs, lay so‘zlari bilan
ifodalanadi hamda lug‘atlarda quyidagicha tavsiflanadi:
“Reliefs – the elevations or inequalities of a land
surface”[13].
“Lay – the general appearance of an area, including
the direction of streams, hills, and similar features”[14].
Manbalarda geografik joylarni
atovchi til birliklari
quyidagicha tasniflanadi[15]:
Aholi punktlari: area (viloyat), country (mamlakat),
capital (poytaxt), city (shahar), district (tuman), state (shtat),
town (kichik shahar), village (qishloq).
Geografik nuqtalar: cape (g‘or), cliff (tik qoya), hill
(qoya), mountain (tog‘), pass (dara), peak (cho‘qqi), plain
(tekislik), plateau (plato), valley (vodiy), volcano (vulqon).
Tabiat zonalari: desert (cho‘l), forest (o‘rmon),
highland (tog‘li hudud), jungle (jungli), oasis (oazis), swamp
(botqoq), tropics (tropik), tundra (tundra).
Suv havzalari: gulf ( ko‘rfaz, qo‘ltiq), ocean (okean),
sea (dengiz), lake (ko‘l), river ( daryo), spring (buloq), stream
(jilg‘a).
Boshqa bir manbada esa relyef nomlarni ifodalovni
so‘zlar ro‘yxati quyidagicha beriladi[16]: bay (buxta), beach
(sohil), cave (g‘or), creek (jilg‘a), desert (sahro), earth (yer),
forest (o‘rmon), hill (qoya), island (orol), lake (ko‘l),
mountain (tog‘), ocean (okean), peak (cho‘qqi), plain
(tekislik), pond (ko‘l), river (daryo), riverbed (daryo bo‘yi),
sea (dengiz), stream (oqim), swamp (botqoq), valley (vodiy),
waterfall (sharshara), woods (o‘rmon).
Birinchi manbada geografik nomlarini ifodalovchi til
birliklari taqdim etilsa, ikkinchi
manbada geografik joyni
ifodalovchi umumiste’mol so‘zlar ro‘yxati keltiriladi.
SH.Bobojonov ta’kidlaganidek, semema nutqiy
ma’nolarda, nutqiy qo‘llanishlarda o‘z zarralarini namoyon
qilar ekan, bir vaqtning o‘zida nutqiy ma’nolar ham rang-
barang mohiyatlarning zarralarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Bevosita kuzatishda berilgan mana shu tajassumdagi belgi-
xususiyatlarning
tarkibi
va
ular
orasidagi
muayyan
bog‘lanishlar nutqiy ma’noning beqarorligini ta’minlaydi.
Biroq
nutqiy
voqelanishdagi
asosiy
hissaning
qaysi
umumiylik, mohiyat zuhuroti ekanligiga qarab u haqda xulosa
chiqarish mumkin bo‘ladi”[17].
I.Islomov o‘zbek tilidagi relyefonimlarni tadqiq etar
ekan, relyefonimlar va geografik terminlar orasidagi
munosabatni shunday baholaydi: “O‘zbek tili leksikasining
tarkibiy qismi bo‘lgan relyefonimlarning
terminologik va
umumiste’mol qirralarini ajratish ularning lisoniy qiymatini
muayyanlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Borliq hodisalari
ko‘p qirrali mohiyatga ega bo‘lganligi bois olamning lisoniy
manzarasi va ilmiy terminologiya o‘rtasidagi o‘zaro
munosabat dialektik qarama-qarshiliklar birligi qonuniyati
asosida namoyon bo‘ladi. Bu tadqiq predmetini “borliq-lison”
omili asosida kuzatish jarayonida yaqqol yuzaga chiqadi.
Ta’kidlanganidek, tadqiq predmeti bo‘lgan o‘zbek tili
relyefonimlari sistemasi birliklariga ham atamaviy, onomastik,
dialektal
va
badiiy
qo‘llanishlar
xos
bo‘lib,
bu
qo‘llanishlarning har birida relyefonimlar o‘ziga xos qirrasini
namoyon qiladi”[18]. Bu borada I.Islomovning fikrini qo‘llab-
quvvatlaymiz. I.Islomov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, o‘zbek
geografik
atamalari
tizimida
o‘zbek
tilining
ichki
imkoniyatlari negizida hosil qilinganlari miqdori ancha. Bu
borada, ayniqsa, yer yuzasi ko‘rinishlari bilan bog‘liq
tushunchalarni ifodalovchi atamalar alohida e’tirof etilishi
lozim. Xususan, geografik tushunchalarni ifodalaydigan
o‘zbek tili atamalari ham umumiste’mol so‘zlari ma’nosining
ixtisoslashtirilishi natijasida yuzaga kelgan, deyishga asos bor.
Masalan, o‘zbek jamiyatida tog‘ leksemasi umumiste’mol
so‘zi sifatida qo‘llanishda bo‘lib, til taraqqiyotining keyingi
bosqichlarida ma’nosi ixtisoslashtirilishi
natijasida geografik
atama maqomini olgan[19].
Ingliz tilidagi relyefonimlar orasida umumiste’mol
so‘z bo‘lish bilan birga geografik termin bo‘ladigan
leksemalar ancha. Buni yuqorida keltirilgan misollardan ham
kuzatish mumkin. Masalan, cape (g‘or), cliff (tik qoya), hill
(qoya), mountain (tog‘), pass (dara), peak (cho‘qqi), plain
(tekislik), plateau (plato), valley (vodiy), volcano (vulqon)
kabi birliklar ingliz tili izohli lug‘atlarida umumiste’mol
leksika sifatida keltirilsa, ayrim manbalarda geografik sifatida
izohlanadi[20]. Demak, ishning keyingi faslida ingliz tilidagi
relyefonimlarning izohli lug‘atlarda izohlanishi hamda
ularning sememalarini batafsil o‘rganamiz.
Relyefonim va geografik termin orasidagi farqni
I.Islomov quyidagi misol orqali izohlaydi: “Tepa relyefonimi
va tepa geografik atamasi sifatidagi leksemaning o‘xshashligi
ularning mazmuniy tomonida ham yaqqol yuzaga chiqadi. Har
ikkala mavqedagi leksema sememasidagi o‘xshash sema
“balandlik”dir. Ularni o‘zaro farqlashga asos bo‘lgan jihat esa,
tepa relyefonimida “aniq chegaralanmaganlik” semasi bo‘lsa,
tepa geografik leksemasida “200 m dan oshmaslik”
differensial
sema
hisoblanadi.
Kuzatuvdagi
tepa
leksemasining
relyefonimik
va
atamaviy
sememalari
“balandlik” semasi bilan paradigmatik munosabat hosil qilib,
“aniq chegaralanmaganlik” va “200 m dan oshmaslik”
semalari asosida o‘zaro teng qiymatli ziddiyat hosil
qiladi”[21]. I.Islomovning xulosasiga ko‘ra, umumiste’mol
sememasi va u asos bo‘lgan
atamaviy semema orasida
ma’noviy bog‘liqlik bo‘lsa-da, geografik qo‘llanishdagi
semema bilan umumiste’mol semema o‘zaro farqli jihatlarga
ham ega. Umumiste’mol qatlamdagi relyefonim atamaviylik
kasb etganda, uning semantik strukturasida “ixtisoslashish”
natijasida torayish yuz bergan. Chunki, umumxalq tilidagi
relyefni ifodalovchi leksema sememasi ixtisoslashib, sohaning
muayyan tushunchasini aniq ifodalash uchungina xizmat
qiladi. Demak, umumiste’mol qatlamdagi relyefonimning
ma’noviy sistemasidagi keng ko‘lamli ma’nolari soha
tushunchasini anglatish uchun qo‘llanishda bo‘lib qoldi, bu
esa o‘z-o‘zidan leksemaning semantik strukturasida o‘zgarish
ro‘y berganligidan dalolat beradi”[22].
Demak, ingliz tilidagi yuqorida sanab o‘tilgan
geografik termin va relyefonimlar ro‘yxatida berilgan so‘zlar
semalarida xuddi shunday farq mavjud. Ishning oldingi
qismida keltirilgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, ingliz tilida
relyef ko‘rinishlarini
atab keluvchi birliklar, asosan,
terminologik birlik sifatida o‘rganilgan. Biz ushbu tadqiqotda