Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. С.З.Мошенский. Рынок ценных бумаг: трансформационные процессы/ – Москва: “Экономика”, 2010. 239 c.
2. Sebastien Donadio, Sourav Ghosh-Learn algorithmic trading Build and deploy algorithmic trading systems and strate-
gies using Python and advanced data analysis, UK, 2019, p–365.
3. Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins. Financial markets and institutions. – Pearson, 2015. – P. 308–332.
4. Butikov I. L. Qimmatli qog‘ozlar bozori. Darslik. – T. : Konsauditinform, 2001. – B 496.
5. Oskar Kowalewski, Pawel Pisany. What drove the growth of the corporate bond markets in Asia? Researchin Interna-
tional Businessand Finance. Volume 48, April 2019, Pages 365–380
6. A. T. Alikulov Fond bozori orqali kapital oqimini oshirish: nazariya, amaliyot va istiqbollar. Monografiya. Qarshi. “Intel-
lekt” nashriyoti, 2020. – 126 bet.
7. https://uzse.uz
8. http://www.lex.uz-O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rasmiy 
sayti.
9. https://repost.uz/bond-eurobond


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
186
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQTISODIY SUBYEKTLARGA 
SOLIQ YUKINI 
HISOBLASHNING AHAMIYATI 
VA ZARURATI
Abduturopov Jasurbek Nozimjonovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Maqolada iqtisodiyotda soliq yuki ko‘rsatkichi atamasining ahamiyati, uni aniqlash muammolari, iqtisodiyot-
ga soliq yuki miqdorining maqbul darajasini belgilash bo‘yicha olimlarning turli fikr va qarashlari nazariy jihatdan o‘rganil-
gan hamda ilmiy xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq yuki, soliqqa tortish, soliq stavkalari, soliq ko‘rsatkichi, talab va taklif.
Аннотация:
В статье теоретически исследуются значение термина “показатель налоговой нагрузки в экономике”, 
проблемы его определения, различные мнения и взгляды ученых на определение оптимального уровня налого-
вой нагрузки на экономику, а также научные выводы и предложения. сформулированы.
Ключевые слова:
налоговая нагрузка, налогообложение, налоговые ставки, налоговый показатель, спрос и пред-
ложение.
Abstract:
In the article, the importance of the term tax burden indicator in the economy, the problems of its definition, the 
various opinions and views of scientists on determining the optimal level of the tax burden on the economy are theoreti-
cally studied, and scientific conclusions and proposals are formulated.
Key words:
tax burden, taxation, tax rates, tax index, supply and demand.
K I R I S H
Soliq tizimining imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish hozirgi vaqtda, ayniqsa korporativ soliq 
siyosatini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda, uni ishlashining tarkibiy parametrlarini aso-
slashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu yerda soliq siyosatining maqsadli yo‘nalishlarini amalga oshirish 
zaxiralarini aniqlash, soliqni rejalashtirishning mohiyati, roli va tamoyillarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, shun-
ingdek soliqni optimallashtirish yo‘nalishlarini shakllantirish asosiy rolni o‘ynaydi. Soliq tizimining samaradorlig-
ini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu soliq yukidir. Soliq yukining maqbul miqdorini belgilash (pas-
aytirish) davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlari uchun mamlakat soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi 
kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘ziga xos xatti-harakati, ya’ni tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi 
potensial daromadni ko‘paytirish bilan belgilanadi.Iqtisodiyotsubyektlari nafaqat tashkilot va boshqaruvni tako-
millashtirish hamda eng yangi texnologiyalar va uskunalarni amaliyotga joriy qilish hisobiga, balki soliq yukini 
kamaytirish hisobiga ham o‘z daromadlarini oshirishga intilishmoqdalar.
Mazkur maqolada mikro darajada soliq yukini hisoblashni uslubiy ta’minlashga e’tibor qaratilgan. So‘ngida 
Iqtisodiyot subyektlari faoliyatini baholash natijalarining murakkabligi, taqqoslanishi, aniqligi va xolisligi tamo-
yillarini hisobga olgan korporativ soliq siyosatining sifat o‘lchagichi bo‘lib xizmat qiladi. Soliq yukini hisoblashda 
muallifning yondashuvida xo‘jalik yurituvchi subyekt soliq to‘lovchi bo‘lgan barcha soliq to‘lovlarini hisobga ola-
di, bunda bilvosita soliqlar, xususan QQS, talab va taklifning egiluvchanligi koeffitsiyentiga moslashtirilgan soliq 
yukini hisoblashda qisman ishtirok etishi nazarda tutilgan.Taklif etilayotgan yondashuvning afzalliklariyangi 
yaratilgan qiymat ko‘rsatkichidan foydalanish natijasida soliq yukini baholashning obyektivligi va aniqligi bo‘lib, 
bu soliq to‘lovchining haqiqatdagi soliq yukini hisoblashga va hisob-kitob xatosini kamaytirishga imkon beradi.


187
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Soliq yuki, soliq xizmatlari sohasida iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish xuxusidagi yondashuvlar hamda amaliy 
jihatlarini o‘rganish bo‘yicha V. G. Panskov, A. B. Paskachev, A. N. Sigichko, D. V
1
va boshqalar tomonidan ilmiy 
tadiqotlar olib borilgan.
Mahalliy olimlardan ushbu mavzu bo‘yicha S. K. Xudoyqulov, A. A. Abdurasulov, B. A. Xonbo‘tayev, 
S. S. Jo‘rayev, G‘. A. Safarov, O. R. Meyliyevlarning
2
ishlanmalari o‘rganildi.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqotda ilmiy abstraksiya, tizimli tahlil, iqtisodiy-matematik modellashtirish, ekspert baholash, prognoz-
lash va boshqa standart usullardan foydalanilgan
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Moliya fani paydo bo‘lganidan beri soliq solish darajasini aniqlash muammosi asosan millatlararo daromad 
va byudjetning iqtisodiy asoslangan nisbatini o‘rnatishga olib keldi.Soliq yukini o‘rganishda makro va mikro da-
rajalarga aniq bo‘linish kuzatilmadi, ammo uni minimallashtirish muammolari bilan shug‘ullanadigan har qanday 
iqtisodchi makro yoki mikro darajadalarda aniqladi.
Hozirgi vaqtda soliqqa tortishning og‘irligini tavsiflovchi juda ko‘p ta’riflar, shuningdek uning iqtisodiyotga 
ta’sirini hisoblashning ko‘plab usullari mavjud. Fikrimizcha, soliq yukini yanada chuqur tadqiq etish uchun uning 
konseptual asosi o‘rganilishi kerak.
Zamonaviy moliya fani soliqqa tortishning iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishda makro va mikro darajaga 
ajratib turadi.Iqtisodiy adabiyotlarda bunday ta’sirni baholash uchun ko‘pincha “soliq og‘irligi” (xarajatni talab 
qiladigan og‘ir narsa) va “soliq yuki” (yuklangan vazifa, majburiyat) tushunchalari qo‘llaniladi 
[1]
.
V. G. Panskov soliq yukini soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga, alohida xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki 
boshqa to‘lovchiga umumiy ta’sirining ko‘rsatkichi sifatida, ularning soliq va soliq tusidagi to‘lovlar shaklida 
davlatga to‘lanadigan daromadlarining ulushi sifatida ko‘rib chiqadi. Muallifning fikriga ko‘ra, soliqqa tortishning 
davlat iqtisodiyotiga yoki alohida korxonaga ta’sir darajasini faqat foiz sifatida ifodalangan bitta ko‘rsatkich bilan 
aniqlash mumkin emas.
Bir qator olimlar “soliq og‘irligi” va “soliq yuki” tushunchalari o‘rtasida chiziq chizishadi. Xususan, A. B. Pas-
kachev soliq yukini “byudjet tizimi va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar-
ning YaIMga, mintaqa bo‘yicha esa yalpi mintaqaviy mahsulotga (YAMM) nisbati” deb ta’riflaydi.
Tadqiqotchi A. N. Sigichko soliq og‘irligini korxonalarni kengaytirish va modernizatsiya qilish resurslarini 
cheklaydigan umumiy moliyaviy yukning bir qismi sifatida belgilaydi . Soliq og‘irligini kamaytirish muammosini 
import va eksport bojxona to‘lovlari, inflyatsiya, kredit stavkalari va boshqalar bilan birgalikda ko‘rib chiqadi. 
Agar biz ushbu olimning ta’riflaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash mumkinki, “soliq yuki” tushun-
chasini davlat darajasida soliqlarni olib qo‘yish ulushini, “soliq og‘irligi” atamasini esa mikro darajada belgilay-
di. Makro darajada yig‘ilgan soliqlar hajmi YAIM (mamlakat, hudud) bilan, korxona darajasida bo‘lsa barcha 
to‘lovlar mahsulot sotishdan tushgan tushum bilan taqqoslanadi.
Tadqiqotchi D. V. Lazutinaning ta’kidlashicha, “soliq og‘irligi – bu bir tomondan, xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlar va davlat o‘rtasida majburiy soliq to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlar, boshqa 
tomondan – soliq mexanizmlari orqali davlatning iqtisodiyotga potensial ta’sirini aks ettiruvchi qiymat, soliq yuki 
– bu ta’sirning haqiqiy darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkich”
3
. Ushbu ta’rifga asoslanib, soliq yuki qonun hujjatlarida 
belgilangan va byudjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq va yig‘imlar yig‘indisi, soliq og‘irligi esa amalda to‘langan 
soliqlar va yig‘imlar miqdori ekanligi haqida tushunishimiz mumkin. Ushbu yondashuv “soliq yuki” va “soliq 
og‘irligi” tushunchalari bir xil ma’no kasb etishini, ya’ni ular bir xil ko‘rsatkichni – soliqqa tortishning iqtisodiyotga 
ta’siri darajasini aks ettirishini tushunish mumkin. Birinchi holatda, bu mumkin bo‘lgan ta’sir, ikkinchisida esa bu 
haqiqiy ta’sir hisoblanadi.
Boshqa olimlar bu ikki tushunchani makro va mikro darajalarda birlashtiradilar. Chunonchi, I. A. Maybu-
rovning ta’rifiga ko‘ra, “soliq yuki (soliq og‘irligi) – bu mamlakat soliq tizimining eng muhim fiskal ko‘rsatkichi 
bo‘lib, soliqlarning butun iqtisodiyotga, alohida xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki boshqa to‘lovchiga umumiy 

“Korxonaga soliq yuki: tizimning umumlashtiruvchi va xususiy ko‘rsatkichlari”. T. K. Ostrovenko.: Auditorlik nazorati. 2001-yil, 
9-son;“Rossiya Federatsiyasining soliqlari va soliq tizimi”. V. G. Panskov. M. : MSFER, 2006-yil. 92-sahifa;“Rossiya iqtisodiyotining 
soliq salohiyati”. A. B. Paskachev. M. : MELAP, 2001-yil. 400 sahifa;“Soliq yukini normallashtirish”. A. N. Sigichko. M. : ITRK, 2002-yil. 
108 sahifa.

S. K. Xudoyqulov, A. A. Abdurasulov, B. A. Xonbo‘tayev. Soliq nazariyasi: Darslik./ T. :2020; S. S. Jo‘rayev, G‘. A. Safarov, O. R. Mey-
liyev. Soliqlar va Soliqqa tortish: Darslik.: Toshkent 2019

D. V. Lazutina / Soliq yuki va uni hisoblash usullari. Tyumen, 2005-yil. 24-b.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
188
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
ta’sirini tavsiflaydi, bu ularning soliq va soliq tusidagi to‘lovlar shaklida davlatga to‘lanadigan daromadlarining 
ulushi sifatida belgilanadi”. Bu holatda, u qanday daromad (yalpi daromad, sof daromad yoki qo‘shilgan qiymat) 
ulushini nazarda tutayotgani mavhum.
Katta iqtisodiy lug‘atda soliq yuki tushunchasini “soliqlarni to‘lash uchun mablag‘larni ajratish, ularni bosh-
qa mumkin bo‘lgan foydalanish yo‘nalishlaridan chalg‘itish natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy cheklovlar da-
rajasi” deb ta’riflanadi.
Ayrim olimlar iqtisodiyotga soliq yuki tushunchasini (makro darajada) ajratib, YaIMdagi soliq va yig‘imlarn-
ing ulushini va mikro darajadagi soliq yukini “fiskal organlarga korxona tomonidan to‘lanadigan soliq va yig‘imlar 
umumiy massasi bilan uning faoliyati ko‘rsatkichlari nisbati” deb belgilaydilar.
Bizning tushunishimizga ko‘ra, “soliq yuki” va “soliq og‘irligi” tushunchalarining mavjud ta’riflarini tahlil qilib, 
xulosa qilishimiz mumkinki, iqtisodiyot yoki ma’lum birsubyektga soliq yuki haqida gap ketganda, barcha olim-
lar bir xil holatni nazarda tutishadi, ya’niki: xo‘jalik yurituvchi subyektlar daromadlarining bir qismini olib qo‘yish 
darajasi.
Aslida, bugungi kunda davlatni ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ham quyidagilar tashvishga solmoqda, 
ya’ni: ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan qo‘shilgan qiymatning qancha qismi (ulushi) byudjetga olina-
di? Bu savolga javob davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq siyosatini belgilaydi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, davlat xarajatlarining ko‘zda tutilgan me’yorlardan ortib borishi soliq yukining 
o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘gri ta’sir ko‘rsatadi. “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, 
belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – xammaga ravshan va rad etib bo‘lmay-
digan haqiqat” – deydi Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev o‘z nutqlarida. Darhaqiat, byudjet xarajatlarini oqilona 
boshqarish soliq yuki ko‘rsatkichining ortib ketishini oldini oladi.
Bizning yondashuvimiz, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘langan soliq va yig‘imlarning 
umumiy miqdorini mutlaq ma’noda chaqirish noto‘g‘ri deb hisoblaydi. Korxona daromadining bir qismini olib 
qo‘yish ulushi soliq solishning mamlakat iqtisodiyotiga yoki xo‘jalik yurituvchi subyektga ta’sirini to‘liq tavsiflash-
ga imkon bermaydigan nisbiy ko‘rsatkichdir.
Soliqlarning iqtisodiyotga ta’sirini baholash uchun bizning yondashuvimizdan kelib chiqib, bitta ko‘rsatkich-
dan foydalanish taklif qilinadi, soliq yuki – bumilliy iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solishning asosiy 
ko‘rsatkichi sifatida baholanib, soliq va yig‘imlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar shaklida xo‘jalik yurituvchi 
subyekt daromadining bir qismini byudjet tizimiga olib qo‘yish darajasi hisoblanadi.4 Har qanday korxona soliq 
yuki ko‘rsatkichini faqat o‘zining ichki muhiti doirasida hisoblab chiqishi mumkin.
Davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlari uchun davlat soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishi mamlakat iqti-
sodiyotiga soliq yukini kamaytirish bo‘lmog‘i lozim. Hozirgi vaqtda soliq tizimini takomillashtirishda “soliq yuki” 
tushunchasining ta’rifi va uni hisoblash metodologiyasini, shu jumladan mamlakat soliq kodeksiga o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritish orqali qonuniy ravishda birlashtirish zarurati juda muhim yo‘nalishga aylanmoqda. 
Bunday holatda, soliq yuki miqdorini hisoblash metodologiyasi, undan foydalanish maqsadlari va tartibi Huku-
mat tomonidan belgilanishi maqsadga muvofiq.
Soliq yuki darajasi har bir soliq to‘lovchining moliyaviy holatiga ta’sir qilishi bor haqiqat. Shu munosabat 
bilan ushbu ko‘rsatkich har qanday korxona uchun, ayniqsa murakkab korporativ tuzilmalarga ega bo‘lgan 
yoki yangi tashkil etilgan tashkilot uchun juda dolzarbdir. Soliq yukini hisoblash investitsiya loyihalari doirasida 
muqobil boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, mablag‘larni yanada foydali yo‘nalishlargasafarbar qilish, ishlab 
chiqarishni samarali tashkil etish, shuningdek qisqa va uzoq muddatli biznes-rejalarni tuzishda faoliyat natijala-
rini tahlil qilish uchun muhim hisoblanadi. Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan moliyaviy oqibatlarni aniqlash uchun ushbu ko‘rsatkichni hisoblab chiqarish ayniqsa muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda korxonaning soliq yukini hisoblashning turli usullari mavjud. Mazkur maqolada 
olib borayotgan tadqiqotimiz muammolari doirasida eng yaqin aloqada bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratilgan. 
Ko‘rib chiqilayotgan usullarning asosiy farqlari quyidagilardan iborat:

soliq yukini hisoblashga kiritilgan soliqlarning tarkibi;

hisob-kitobga kiritilgan soliqlarning holati (to‘langan yoki hisoblangan);

soliqlar summalari taqqoslanadigan integral ko‘rsatkich.
Iqtisodchi olimlarning fikrlariga asosan, soliq yukini hisoblash uchun kiritilgan korxonaning soliq yig‘imlari 
tarkibini aniqlash jarayonida, soliqlarni to‘lash vaqtikorxona soliq agenti sifatida ishtirok etgan soliqlarni umumiy 
ro‘yxatga kiritish yoki kiritmaslik yondashuvi o‘zaro farq qiladi. Ba’zi olimlar soliq yukini hisoblashda bu kabi 
soliqlarni chegirib tashlashni taklif qilishadi, sababi mazkur soliq turlari korxona uchun tranzit hisoblanadi.

Bunda, soliq tusidagi to‘lovlar sifatida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun hisoblangan penyalar, soliq qonunchiligini buzganlik 
uchun jarimalar, shuningdek sug‘urta badallari tushuniladi.


189
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Soliq yukini aniqlash uchunasos qilib soliqlarning haqiqatdagi tushumini hisobga olish kerakmi yoki taxmin 
qilingan summani (ya’ni hisoblash usuli bo‘yisha tushumlarni)mi degan savol ayniqsa keskin muhokama qilinib 
kelinadi. Fikrimizcha, agar siz korxonaning to‘lov qobiliyatiga e’tibor qaratsangiz, joriy pul tushumlari hisobiga 
soliq to‘laydigan korxona uchun neytral soliqlar mavjud emas.
Agar soliq yukini hisoblashda faqat mamlakat byudjetiga soliqlarning haqiqatdagi tushumlari summasidan 
foydalanilsa, mahsulotlarni realizatsiya qilishda xaridordan yoki ish haqini to‘lashda xodimdan amalda ushlab 
qolingan summalarni nazardan chetda qoldirish xavfi mavjud, biroq aslida mazkur summalar u yoki bu sabab-
larga ko‘ra vositachilar (soliq agentlari)ning hisobvaraqlari (kassa)da qoldiriladi. Aynan shu narsa haqiqatdagi 
tushumlar miqdori bo‘yicha soliq yukini hisoblashning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Shu bilan birga, taxmin qilingan tushumlar summasi bo‘yicha ko‘rsatkichni hisoblashda soliq to‘lovchining 
ularni to‘lashdan bo‘yin tovlash holati yoki boshqa sabablar natijasida hech qachon to‘lanmaydigan va umidsiz 
soliq qarzdorligi bo‘lib qoladigan summalarni soliq yukiga bog‘lash xavfi ham mavjud. Shu asnoda, amalda 
to‘langan yoki taxmin qilingan (hisoblangan) soliqlarni hisob-kitob qilishda soliqlar tarkibi,soliq yuki ko‘rsatkichi-
dan foydalanish maqsadidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
Soliq yukini hisoblashda soliqlar summasi taqqoslanadigan to‘g‘ri integral ko‘rsatkichni tanlash katta rol 
o‘ynaydi. Olimlar va amaliyotchi iqtisodchilar tomonidan quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish taklif etiladi:

asosiy faoliyat turidantashqari faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga olgan holda mahsulot realizat-
siyasidan tushgan tushum;

qo‘shilgan qiymat yoki yangi yaratilgan qiymat;

balans foydasi;

sof yoki hisoblangan foyda.
Integral ko‘rsatkichlar ma’lumotlariga asoslanib, soliq yukini quyidagi shakllardan biri bilan aniqlash mum-
kin:

to‘langan (hisoblangan) soliq va yig‘imlar summasining korxona sof (hisoblangan) foydasi summasiga 
nisbati sifatida;

to‘langan (hisoblangan) soliq va yig‘imlar summasining yalpi tushum miqdoriga, shu jumladan korxonan-
ing asosiy faoliyat turidan tashqari faoliyatidan olingan daromadlariga nisbati sifatida;

to‘langan (hisoblangan) soliq va yig‘imlar summasining qo‘shilgan qiymat miqdori (yangi yaratilgan qiy-
mat)ga nisbati sifatida
5
.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘g‘ini doirasida hisob-kitoblarning aniqligi uchun soliq yukini hisoblashning bit-
ta usuli emas, balki ularning umumiyligi qo‘llaniladi, chunki olingan natijalar korxonaning soliq to‘lovlari bo‘yicha 
joriy va retrospektiv (o‘tmishdagi, avvalgi) holatini to‘liqroq tavsiflashga imkon beradi. Soliq yukini hisoblash 
usullarining qiyosiy xususiyatlari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval:
Soliq yukini hisoblash usullarining qiyosiy xususiyatlari

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin