Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Akbarov Behzodhon Ulug‘bek o‘g‘li



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Akbarov Behzodhon Ulug‘bek o‘g‘li
Toshent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Maqolada bugungi kunda bankning xavfsizlikni ta’minlashda huquqiy mexanizmining ahamiyati ochib beril-
gan. Muallfining fikricha, himoyalashning mustaqil obyektni sifatida bankning kriminalistik tavsifini ishlab chiqish uning 
moliyaviy xavfsizligini ta’minlash tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy xavfsizlik, kriminalistika, firibgarlik, jinoyat, huquqni muhofaza qilish organlari, bank tizimi, kredit.
Аннотация:
В статье раскрывается значение правового механизма банка в обеспечении безопасности на сегод-
няшний день. По мнению автора, разработка криминалистической характеристики банка как самостоятельного 
объекта защиты является частью системы обеспечения его финансовой безопасности.
Ключевые слова:
финансовая безопасность, криминалистика, мошенничество, преступление, правоприменение, 
банковская система, кредит.
Abstract:
In the article has been revealed the importance of the legal mechanism of the bank in ensuring security today. 
According to the author, the development of the forensic characteristics of the bank as an independent object of protection 
is part of the system for ensuring its financial security.
Key words:
financial security, forensics, fraud, crime, law enforcement, banking system, credit.
1 . K I R I S H
Bankning keng ko‘lamli xavfsizligini ta’minlash vazifalari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa 
xarakterdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning (xavflarning) oldini olish orqali uning normal ishlashi va 
o‘z ustav maqsadlariga erishishi uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Tahdidlar yuzaga kelgan taqdirda 
esa – ularning zararli oqibatlari salbiy ta’sirini kamaytirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish bankni turli xil ho-
latlarning salbiy oqibatlaridan: davlat darajasida qabul qilingan alohida siyosiy qarorlarning salbiy oqibatlaridan 
boshlab iqtisodiy inqirozlar, ijtimoiy kataklizmlar, tabiat hodisalari, turli xil subyektlarning noto‘g‘ri harakatlari 
yoki qasddan jinoiy tajovuzlaridan himoya qilishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli chora-tadbirlardan foydalanishni 
talab qiladi. Bank xavfsizligini ta’minlash vazifasi “keng ma’noda” shunday ko‘rinish kasb etadi. 
2 . A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Kriminalistika vositalari va usullaridan foydalanish maqsadlari haqida so‘z borganda, kriminalistika vosi-
talari va sud tekshiruvi (tergov) usullari hamda kriminalistika vositalari va jinoyatchilikning oldini olish usullari 
o‘rtasidagi chegaralarning ma’lum bir shartliligini yodda tutish kerak. Bu borada R. S. Belkin ta’kidlaganidek, “... 
ushbu bo‘linish ma’lum darajada shartli hisoblanadi, chunki ba’zi hollarda sud tekshiruvlari vositalari va usullari 
jinoyatchilikning oldini olish uchun xizmat qiladi va aksincha. Biroq, uslubiy maqsadlarda bunday tasnif maqbul 
ko‘rinadi”. 
[4]
Darhaqiqat, jinoyatlarni ochish va tergov qilishga hissa qo‘shish orqali kriminalistik choralar jazoning 
muqarrarligi tamoyilini amalga oshiradi va shu bilan ehtimoliy jinoyatchilar rejalarining oldini olishda ishtirok 
etadi. O‘z navbatida, jinoiy tajovuzlarning oldini olish bo‘yicha oldindan ko‘rilgan choralar ko‘pincha sodir etilgan 
jinoyatlarni ochish va tergov qilish samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Biroq shuni ta’kidlash kerakki, bank (yoki har qanday himoyalash obyekti) xavfsizligini ta’minlash manfaat-
lari asosan jinoyat sodir etish va jinoiy ish qo‘zg‘atishdan oldin subyektlarning jinoiy rejalarining oldini olishga 
imkon beradigan kriminalistik profilaktika vositalari va usullaridan foydalanish bilan bog‘liq. Bundan tashqari, 


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
256
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
himoya obyekti nuqtayi nazaridan, bu ogohlantirish choralari maqbulroq hisoblanadi va birinchi navbatda amal-
ga oshirilishi kerak.
Haqiqiy vaziyatda huquqni muhofaza qilish organlari va bankning xavfsizlik xizmatlari faoliyatidagi pro-
filaktika choralarining ulushi sezilarli darajada farqlanadi. M. Sh. Maxtayev tergov organlari ishida ogohlantirish 
funksiyasining kamtarona o‘rnini ta’kidlar ekan, buni “inertsiya kuchi va tergov ishi usullari va vositalarining 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlaydi”. Ayrim mualliflar esa bu bora anchayin qat’iyat bilan fikr yuritadilar va 
tergovchi faoliyatidagi profilaktika funksiyasi protsessual tergovning umumiy funksiyasi bilan to‘liq qamrab ol-
ingan deb hisoblaydilar. 
[1]
R. S. Belkin tomonidan taklif qilingan kriminologiyaning maxsus vazifalari ro‘yxatida jinoyatlarning oldini 
olish uchun kriminalistika vositalari va usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish vazifasi oltidan beshinchi 
o‘rinni egallashi muhimdir. E. P. Ishchenko tahriri ostidagi oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan kriminologiya 
darsligida keltirilgan kriminologiyaning maxsus vazifalari ro‘yxatida ham unga taxminan bir xil o‘rin (beshdan 
to‘rtinchisi) berilgan. Ustuvor vazifalarning bu tartibda joylashishi qonun chiqaruvchining irodasiga ham mos 
keladi, chunki u jinoyatlarni tez va to‘liq oshkor qilishni jinoyat protsessining birinchi vazifasi deb biladi. 
[4]
Umuman olganda, bank xavfsizligi juda keng ko‘lamli chora-tadbirlar tizimi bilan ta’minlanganligi sababli, 
muammoni yanada tergov qilish mantig‘i jinoyatlarning oldini olishning kriminalistik vositalari va usullari hamda 
“kriminalistik bo‘lmagan”lar o‘rtasidagi asosiy farqlarni oldindan aniqlashni talab qiladi.
R. S. Belkinning ta’rifiga ko‘ra: “Jinoyatchilikka qarshi kurashning kriminalistik vositalari va usullari bilim 
obyekti sifatida va kriminalistik ilmiy tadqiqotlar natijasi o‘laroq kelib chiqish manbai, mazmuni, maqsadlari va 
qo‘llanish subyektiga ko‘ra farq qiladi”. Shubhasiz, yuqorida aytib o‘tilgan belgilar jinoyatlarning oldini olish ma-
qsadida qo‘llanadigan bank xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kriminalistika vositalari va usullarining mohiyatini 
aniqlash uchun ham ishlatilishi mumkin (jinoyatchilikka qarshi kurashning xususiy sohasi).
Ushbu yondashuv bank xavfsizligini ta’minlashning faqat quyidagi vositalari va usullarini kriminalistik deb 
tasniflashga imkon beradi:
a) ilmiy umumlashtirish hamda tergov va ekspert amaliyotini (kelib chiqish manbai) anglash mahsuli 
sanaladi;
b) kriminalistika ilmi tomonidan kriminalistika texnikasi, kriminalistika taktikasi va metodikasi (mazmuni) 
tarkibiga kiritilgan;
d) jinoyatlarni tergov qilish va ularning oldini olish maqsadida ishlatiladi (xizmati vazifasi);
e) ulardan qo‘llash uchun maxsus vakolatga ega bo‘lgan subyektlar foydalanadilar: surishtiruv va tergov 
organlari xodimlari, ekspertlar, prokurorlar (qo‘llash subyekti). 
[3]
Yuqoridagi xususiyatlar to‘plami klassik kriminologiya tomonidan to‘liq deb tan olingan. Bu shuni anglata-
diki, qo‘llangan vositalar va usullarning xususiyatlarida ulardan kamida bittasining yo‘qligi ikkinchisini ushbu 
atamaning aniq ma’nosida kriminalistika sifatidan mahrum qiladi. Biroq, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sohasi-
da sodir bo‘layotgan tabiiy jarayonlar bir qator metodologik xususiyatga ega muammolarni keltirib chiqarmoq-
da. Bu, birinchi navbatda, jinoyatlarni tergov qilish va ularning oldini olish bo‘yicha kriminalistik choralardan 
foydalanadigan subyektlar doirasi va kriminalistika qo‘llanadigan sohalar to‘g‘risidagi tasavvurlarga taalluqli. 
Qabul qilingan ilmiy qarashlarga muvofiq, surishtiruv organi, tergovchi, prokuror, sud, ekspert yuqorida nazarda 
tutilgan subyektlar hisoblanadi. E. P. Ishchenko tahriri ostida chop etilgan kriminologiya darsligida berilgan 
ta’rifga ko‘ra, “kriminalistika huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyat ishi yurituvida va jinoyatchilikning ol-
dini olishda haqiqatni aniqlashga yordam beradigan fan sifatida paydo bo‘ldi va rivojlanmoqda. Shuning uchun 
kriminalistika tergovchi, sud, sud ekspertizasi, jinoyatlarni ochish va tergov qilish, jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish 
uchun operativ ishda namoyon bo‘ladigan obyektiv voqelik qonuniyatlarini aniq o‘rganadi”. Kriminalistikaning 
(binobarin uning ilmiy ishlanmalarini qo‘llaydigan subyektlarning ham) jinoyat ishi yurituviga “qattiq” bog‘lanishi 
V. A. Obraztsov tahriri ostidagi universitetlar uchun mo‘ljallangan kriminalistika darsligi mualliflariga ham xos-
dir. 
[4]
Darslikdagi ta’rifga ko‘ra, “kriminalistika bu – jinoyat ishi yurituvida amaliy tergov olib borish (qidiruv va aqliy 
faoliyat) texnologiyasi va vositalari haqidagi fan”.
O‘z davrida A. A. Eysman kriminalistikaning xizmat funksiyasi va vazifalarini birmuncha batafsilroq belgilab 
bergan. Uning fikricha, kriminalistikaning xizmat funksiyasi va vazifalari huquqiy sohaga tegishli. 
[5]
3 . TA H L I L VA N A T I J A L A R
Maxfiy ma’lumotlardan (tijorat va bank sirlaridan) foydalanish sohasida bank xavfsizligini ta’minlashga qon-
uniy vakolat berilgan yana bir subyekt bu axborotni himoya qilish bo‘yicha maxsus xizmatlardir. Ushbu xizmatlar 
axborot egalari tomonidan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq yaratiladi. Ushbu talabga 
rioya qilmaslik maxfiy ma’lumot egasini uni huquqiy himoya qilish imkoniyatidan mahrum qiladi.


257
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Bankning maxfiy ma’lumotlarini jinoiy-huquqiy himoya qilish O‘zR Jinoyat kodeksining 183-moddasiga (ti-
jorat yoki bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni noqonuniy olish va oshkor qilish), hujjat va tamg‘alarni sox-
talashtirish sodir etilgan hollarda esa – jinoiy javobgarlikni belgilaydigan O‘zR JKning 228-moddasiga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
[1]
Bankning axborot xavfsizligi xizmatlari bankning axborot va axborotlashtirish obyektlariga ruxsatsiz kirish-
ga urinishlarni aniqlash, qayd yetish va to‘xtatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 
Biroq, ularning asosiy vazifasi bankning maxfiy va kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy (shu jumladan jinoiy) 
tajovuzlarning oldini olish bo‘yicha ishonchli chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va tashkil etish hisoblanadi.
Tabiiyki, axborotni himoya qilishni ta’minlash uchun bankning tegishli xizmatlari boshqalar qatori kriminal-
istikada qo‘llanadigan vositalar va usullardan ham foydalanadilar. Shunday bo‘lsa-da, yuqoridagi chora-tad-
birlarning amalda bajarilishini ta’minlaydigan maxsus bo‘linmalar xodimlari ham ushbu tushunchaning bir 
ma’nosida kriminalistika vositalari va usullaridan foydalanish subyektlari hisoblanmaydi.
Shu sababli, yuqorida sanab o‘tilgan barcha holatlarda qo‘llanadigan jinoyatlarni aniqlash va ularning oldini 
olish choralarini bir-biri bilan sezilarli darajada o‘xshashligiga qaramay, tom ma’noda kriminalistik deb atash 
mumkin emas. Ularning orasidagi asosiy farq – jinoyat-protsessual qonunchiligida kriminalistik mazmundagi 
vositalar va usullardan foydalanish bo‘yicha maxsus vakolatga ega bo‘lgan “to‘laqonli” subyektning yo‘qligidir. 
Biroq real hayotda ushbu vakolatlarga ega bo‘lmagan subyektlar nafaqat kriminalistika ma’lumotlari asosida 
ishlab chiqilgan himoya choralarini amalga oshiradilar, balki ba’zi hollarda jinoyat protsessi ishtirokchilariga qa-
raganda samaraliroq harakat qiladilar. Bu aksariyat hollarda jinoyat ishi ishtirokchilari har doim ham, masalan, 
bank ishini tashkil etish va texnologiyasini chuqur o‘rganish hamda ularning himoya xususiyatlarini yaxshilash 
bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni taklif qilish imkoniyatiga ega emasligi bilan izohlanadi. Aynan shunday holatlar-
ga kriminologiya darsligidan quyidagi amaliy maslahatlar qo‘llanadi: “agar tergovchi aniq oldini olish choralarini 
tavsiya qila olmasa, u ularning yo‘nalishidagi ko‘rsatmalar bilangina cheklanishi mumkin”. Bunday ko‘rsatmalar 
tafsilotlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish, qoida tariqasida, xavfsizlik xizmatlari yoki bankning 
boshqa organlariga yuklatiladi. 
Bank xavfsizligini ta’minlashda amalda (qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq) 
ikki toifadagi subyektlar ishtirok etadilar:
a) jinoyat protsessi doirasida kriminalistikaning vositalari va usullaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan 
subyektlar;
b) jinoyat protsessi doirasidan tashqarida kriminalistikada ishlab chiqilgan jinoyatchilikning oldini olish 
choralarini amalga oshiruvchi subyektlar.
Bunda, ikkinchi toifa tomonidan kriminalistikaning vositalari va usullaridan foydalanish qonunga zid emas.
Nazarimizda, so‘nggi yillarda kriminalistikaning ilmiy yutuqlarini qo‘llash doirasi nafaqat uning ishtirokchi-
lari (subyektlari) sonining ortishi, balki ulardan inson faoliyatining yangi sohalarida foydalanish hisobiga ham 
kengayib borish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Kriminalistika vositalari va usullarining jinoyat ishi yurituvidagi 
vazifalari bilan belgilangan chegaralardan tashqariga chiqishi (yuqorida aytib o‘tilganidek) zamonaviy olimlar 
va amaliyotchilar tomonidan qayd etilgan. 
MDH olimi professor A. F. Volinskiy tahriri ostidagi oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan kriminalistika 
darsligi mualliflariga ko‘ra, “... fuqarolik va arbitraj jarayonlarida, ma’muriy ish yuritishda to‘plash, tadqiq qilish, 
baholash va dalillardan foydalanishga nisbatan kriminalistik yondashuvlar anchayin faol tarqalishi uchun hech 
qanday to‘siq yo‘q”. 
Bunday holat bankning maxsus organlari tomonidan o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalaniladi-
gan texnik-krminalistik vositalarining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Bunda, to‘g‘ridan to‘g‘ri mo‘ljallangan 
maqsadga ko‘ra, ushbu vositalar foydalanishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) jinoiy tajovuz sodir etish ehtimolini murakkablashtiradi yoki bartaraf etadi qiladi;
b) daliliy ma’lumotlarning paydo bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi.
Ushbu guruhlarning birinchisi doirasida banklar himoya signallari, qulflash moslamalari, kompyuter tar-
moqlarini ruxsatsiz kirishdan texnik himoya qilish moslamalari, bank kompyuter tarmoqlari va ularda aylanib 
yuradigan ma’lumotlarni himoya qilish uchun dasturiy vositalardan keng foydalanadilar.
Ikkinchi guruh vositalari doirasida jinoyatchining jinoyat sodir etish joyidagi harakatlarini qayd etish im-
konini beradigan texnologik videokameralardan; jinoyat sodir etishga urinishda (masalan, bankomatni buzish) 
jinoyatchida mustahkam bo‘yoq izlarini qoldiradigan maxsus tuzoqlardan; kompyuter tarmog‘iga noqonuniy 
buzib kirishga bo‘lgan urinishlarni, bunday urinish amalga oshirilgan chetdagi qurilmaning manzili va tajovuz 
subyektiga xos bo‘lgan belgilarni qayd etuvchi kompyuter dasturlaridan foydalaniladi;
So‘nggi paytlarda banklar xavfsizligini ta’minlashda faktlar, subyektlar, obyektlar va noqonuniy faoliyat 
izlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan turli xil nodavlat hisobvaraqlardan tobora ko‘proq foydalanilm-


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
258
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
oqda. Ular kriminalistika tibbiyot texnologiyasining nazariy qoidalari va tavsiyalari doirasida ishlab chiqilgan 
kriminalistik yozuvlar bilan bir xil o‘xshashlikka ega. Bunday ixtisoslashtirilgan axborot tizimlari har bir alohida 
bankda, shuningdek, banklararo tashkilotlar doirasida yaratilib, jinoyatlarning oldini olishda, birinchi navbatda, 
kredit sohasida va veksel muomalasi sohasida faol foydalanilmoqda.
Bank mulkiga tajovuzlarning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu – kreditlash sohasidagi firibgarlik harakat-
laridir.
Firibgarlik, ya’ni birovning mol-mulkini o‘g‘irlash yoki aldash yoxud ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan 
birovning mol-mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-mod-
dasiga binoan jinoyat hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlikning ushbu usuli kredit-moliya sohasi-
da sodir etilgan jinoyatlar umumiy sonining qariyb 80 foizini tashkil qiladi.
Firibgarlik predmeti ushbu tushunchaning kriminalistik ma’nosida kredit operatsiyalarini ta’minlash uchun 
mo‘ljallangan bank aktivlarini anglatadi: naqd pul; naqd pul ekvivalentlari – qimmatli qog‘ozlar, veksellar, obligat-
siyalar, naqd pul olish vositasi sifatida xizmat qiladigan to‘lov vositalari (to‘lov topshiriqnomalari, akkreditivlar).
Kredit olishda firibgarlik qilish usuli bir qator elementlardan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

o‘g‘rilikka tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha harakatlar tizimi;

mablag‘larga egalik qilish;

jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va uni sodir etish paytida ham, undan keyin ham amalga oshirilgan jinoiy 
harakatni va aybdorlarni yashirishga qaratilgan niqob.
Sanab o‘tilgan keltirilgan elementlarni bir-biridan farqlash ma’lum miqdordagi shartlilikni o‘z ichiga oladi va 
asosan uslubiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Real vaziyatlarda ularni vaqt va ketma-ketlik bo‘yicha ajratish 
imkoni yo‘q. O‘g‘irlikni yashirishga qaratilgan harakatlar ko‘pincha unga tayyorgarlik bilan bir vaqtda amalga 
oshiriladi va ikkinchisining ajralmas qismi hisoblanadi.
Kredit olishda firibgarlikni sodir etish usuli sifatida aldovning mohiyati shundaki, u aybdorning kredit shart-
nomasini tuzishda o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga nisbatan haqiqiy maqsadlari va niyatlari o‘rtasidagi 
nomuvofiqlikda ko‘rinadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan asosiy vaziyatda aybdor ko‘proq xususiy xarakterdagi yolg‘on ma’lumotlardan foydala-
nadi (bankka taqdim etadi), shu jumladan: qarz oluvchi haqida, kreditning haqiqiy maqsadlari haqida hamda 
taxmin qilingan kelishuv predmeti va ta’minlash shartlari haqida. (1-rasm)

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin