261
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
fatida olingan pul qanday ishlatilgan; bankka pulni qaytarish bilan bog‘liq muammolar bo‘lganmi yoki
yo‘qmi hamda ishbilarmonlar davrasida sheriklari (kontragentlar, kreditorlar, banklar) orasidagi nufuzi
o‘rganiladi
4. Qarz oluvchining kredit olinayotgan loyihaga kiritayotgan shaxsiy kapitalining yetarliligini tekshirish.
Ushbu ko‘rsatkichlar balanslar, kassa hisob-kitob hujjatlari va boshqa birlamchi buxgalteriya hujjatlari
bilan baholanishi mumkin. Qarz oluvchida yetarli miqdordagi tovarlar yoki mahsulotlarning mavjudligi
uning niyatlari to‘g‘riligining tegishli tasdig‘i hisoblanadi.
5. Qarzni to‘lashning ikkilamchi manbalari (garov shartnomasi, kafolat, kafillik, sug‘urta guvohnomasi)
to‘g‘risidagi hujjatlarning haqiqiyligini to‘liq huquqiy va faktik baholashdan o‘tkazish. Xususan, ularning
fuqarolik qonunchiligi normalariga aniq mos kelishini, moddiy va intellektual qalbakilashtirishning ehti-
moliy belgilari mavjudligini tekshirish. Kafolat xati, sug‘urta guvohnomasi va shu kabilarni berish fakti
kafilning tegishli hujjatlarida aks ettirilganiga aniqlik kiriting. Bunda, shuni yodda tutish kerakki, ayrim
insofsiz tijorat banklari o‘zlari bergan kafolatlarni soxta deb e’lon qilgan holatlar ham uchragan.
6. So‘ralayotgan kreditning maqsadlari bo‘yicha aniq javoblarni, shuningdek, ishlab chiqarilgan paytdan
boshlab sotish joyiga yetkazib berishgacha bo‘lgan butun texnologik zanjir bo‘ylab taklif etilayotgan
shartnomaning mazmuni va mexanizmini ochib beradigan; potensial qarz oluvchining istiqbolli kon-
tragentlari faoliyati xususiyati to‘g‘risidagi; kontragentlar tomonidan qarz oluvchiga kutilayotgan no-
menklatura va sifatdagi tovarlarni belgilangan muddatda yetkazib berish, foydalaniladigan transport
birliklarining turi va soni, tovarlar (xomashyo)ni yetkazib berishga tegishli shartnomalarning mavjudligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
7. Kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, kreditni to‘lashga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘z
vaqtida aniqlash uchun uning bajarilishini nazorat qilish. Bunday holatlar yuzaga kelganda, uning salbiy
oqibatlari zararini kamaytirish choralarini ko‘rish.
Dostları ilə paylaş: