Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   292
YaIT jurnali 7-son.


Bank nomi
Tashkil topgan 
sanasi
Manzili
Daromadi
1
JP Morgan Chase
2000
New York,USA
USD 97,03 mldr
2
Bank of America Merrill Lynch
2009
New York USA
USD 25,14 mlrd
3
Goldman Sachs
1869
New York USA
USD 41,664 mlrd
4
Citygroup
1812
New York USA
USD 70,17 mlrd
5
Morgan Stanley
1935
New York USA
USD 32,03 mlrd
6
Deutsche Bank
1870
Frankfurt, Germaniya
EUR 33,70 mlrd
7
Barclays
1690
London, United Kingdom
EUR 24,691 mlrd
8
Credit Suisse
1856
Switzerland
CHF 23,97 mlrd
9
UBS
1854
Switzerland
CHF 25,443 mlrd
10 Wells Fargo
1852
Californiya USA
USD 86,08 mlrd
Yuqoridagi jadvaldan shuni xulosa qilish mumkinki, asosan qimmatli qog‘ozlar bozorida yuqori ulushga 
ega bo‘lgan davlatlar bu rivojlangan davlatlar bo‘lib bu davlatlarda asosan qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanish 
darajasi bu to‘g‘ridan to‘g‘ri albatta iqtisodiyoti rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari bu mamlakatlarda, 
chuqur iqtisodiy o‘zgarishlar innavatsion g‘oyalarni rivojlantirish va albatta texnika texnalogiya sohasini rivojla-
nishi ham asosiy turtki bo‘lgan omillardan biri desak xato bo‘lmaydi (1-jadval).
Qimmatli qog‘ozlar bozorining kapitalizatsiya darajasiga bevosita ta’sir qilayotgan asosiy omillardan biri 
qimmatli qog‘ozlar taklifidagi jiddiy o‘zgarishlar hisoblanadi. Bunda asosiy o‘zgarish sifatida xususiy shaxslarga 
tegishli kompaniyalarni aksiyadorlik kompaniyalariga aylantirish jarayonining kuchayib borayotganligini qayd 
etish mumkin.
Biz tahlilimizni yanada chuqurroq yoritish maqsadida quyidagi jadvallar ma’lumotlar orqali turli mamlakatlar-
ni investitsiyaviy faoliyat samaradorligini oshirishda fond bozori kapitalizatsiyasi o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz.
Mamlakatlarning investitsiyaviy faoliyat samaradorligini oshirishda fond bozori kapitallashuv darajasi, al-
batta, shu mamlakat iqtisodiyotini o‘sishi bilan uzviy bog‘liq hissoblanadi. Buni asosi sifatida yuqoridagi jadval 
orqali yaqqol ko‘rish mumkin.
Yuqoridagi jadvalda dunyo moliya bozorida bugungi kundagi 10 yirik investitsiya banklari ro‘yhati yillik 
daromadi bilan keltirilgan. Eng yirik investitsiya banklari orasida bu JP Morgan Chase bo‘lib uning daromadi 
97,03 mlrd dollorni tashkil qiladi. Undan keying o‘rinlarda Citigroup va Well Fargo tashkil qilib, mos ravishda 
ularning daromadlari 70,17 mlrd va 86,08 mlrd dollor tashkil qilgan. Qolgan banklar kichik ulushga ega bo‘lgan 
buning ularning daromadlari orqali ko‘rish mumkin. 
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Xulosa qilib aytganda, investitsiya banklari katta qismi bu Amerika Qo‘shma Shtatlari ulushiga to‘g‘ri keladi. 
Bundan kelib chiqib Amerikada investitsiya banklari boshqa davlatlarga qaraganda ancha rivojlanganini ko‘rish 
mumkin. Milliy korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorining erkinlashtirilishi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ular bilan 
bog‘liq operatsiyalar hajmining sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi. Mazkur instrumentlar bilan amalga oshiril-
adigan xalqaro operatsiyalarning rivojlanishi jahon valyuta bozorining institutsional va tashkiliy tarkibiga sezilarli 
darajada ta’sir ko‘rsatdi. XX asrning 90-yillar, G‘arbiy Yevropa fond birjalaridagi korporativ qimmatli qog‘ozlar 
bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning 40 foizi yevropalik bo‘lmagan emitentlar tomonidan chiqarilgan 
aksiyalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shu narsa e’tiborga molikki, tijorat banklarining korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalari ichida korporativ obligatsiyalar o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.
Korporativ obligatsiyalarga xos bo‘lgan ikki muhim xususiyat mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
a) investorga kat’iy belgilangan foizda barkaror daromad keltiradi;
b) sarflangan kapital qiymatining sezilarli darajada o‘sishi yuz beradi.
Xalqaro fond birjalarida kotirovka qilinadigan korporativ qimmatli qog‘ozlarning uchinchi turi korporativ tijo-
rat qimmatli qorozlaridir.
Tijorat qimmatli qog‘ozlari ta’minlanmagan qarz majburiyatlari hisoblanadi, shu sababli xalqaro fond bir-
jalarida faqatgina yuqori reputatsiyaga ega bo‘lgan emitentlarning tijorat qimmatli qog‘ozlari sotiladi. Ayrim kom-
paniyalar tijorat qimmatli qog‘ozlarining sotilishini tezlashtirish va bozor bahosiga ijobiy ta’sir qilish maqsadida 
ularni tijorat banklarining kredit liniyalari bilan yoki sug‘urta tashkilotlarining kafolatlari bilan ta’minlaydilar.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
254
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
AQShda tijorat qimmatli qog‘ozlari odatda 45 kun muddatga chiqariladi. Qimmatli qog‘ozlar va birjalar 
bo‘yicha hukumat hay’atining qayd etish talablaridan qochish maqsadida ushbu qimmatli kog‘ozlarning qoplash 
muddati oydan oshmasligi lozim. Tijorat qimmatli qog‘ozlari 25 ming, 50 ming, 100 ming, 250 minglik nominal 
qiymatga egadir.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarining uchinchi asosiy obyekti hosilaviy ins-
trumentlar hisoblanadi. Hosila instrumentlari bilan bog‘liq operatsiyalarning asosiy qismini opsionlar va fyu-
cherslar bilan bog‘liq operatsiyalar tashkil etadi.
Standart opsion shartnomalari bilan birjada savdo qilish birinchi-marta 1973 yilning-aprel oyida Chikago 
fond birjasida amalga oshirilgan edi. Bunda 16 aksiya bo‘yicha uch xil muddatga kol opsionlar joriy etilgan edi. 
1975–1976 yillarda kol opsionlar bilan savdo qilish Amerikaning boshqa fond birjalarida ham joriy etildi.
Shunisi xarakterliki, birinchidan, opsionlar yukori riskli instrumentlar toifasiga kiradi, ikkinchidan, u investor-
larga aktivlar portfelining daromadlilik darajasini barkarorlashtirish imkonini beradi.
Qimmatli kog‘ozlar bilan fyuchers bitimlarini tuzish hozirga qadar xalkaro fond bozorlarida yuqori salmoqni 
egallaydi. Ammo ularning opsionga nisbatan investorlar uchun foydalilik darajasi past. Masalan, investorlar 
uchun fyucherslar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish majburiy hisoblanadi, opsionlar bo‘yicha esa ixtiyoriydir. 
Ikkinchidan, fyucherslarda ta’minlanmagan fyuchers shartnomalari bo‘yicha risk darajasi chegaralanmagan. 
Uchinchidan, bir qator yetakchi mamlakatlarda fyuchers operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar mavjud. Masalan, 
AQShda banklarga aksiyaga kilingan fyucherslar bilan savdo kilish Med-Jonson qonuniga ko‘ra ta’qiqlangan.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin