157
4. Ko’rgazmalilik tamoyili.
Chiroyli yozuvga orgatishda ko’rgazmali
vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Ko’rgazmali vositalarga «To’g’ri o’tir!»
plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, o’quvchilar qo’lidan
ushlab yozdirish kabilar kiradi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga o’rgatishda
uning bosma shakli ko’rsatilib farqli jihatlari izohlanadi.
Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan foydalanilgan ko’rgazmali
qurollar dars
sifati va samaradorligini oshiradi.
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
.
O’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo’yini hisobga olgan
holda oldingi partalarga o’tkazishdan boshlanadi. Parta o’quvchiga mos bo’lsa, u
yozishda qiynalmaydi, tez
charchab qolmaydi, chiroyli yozadi.
O’quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko’rish qobiliyati
yaxshi bo’lmagan o’quvchilarni yorug’
tushadigan deraza tmonga, eshitish
a’zolarida nuqsonlar bo’lgan bolani esa oldingi partalarga o’tkazish ham
nazarda
tutiladi.
Malumki, ruchkani barmoqlar orasida noto’g’ri ushlaydigan o’quvchilar ham
uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlashiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol o’ynaydi. Buning
uchun daftar - parta ustida to’g’ri turishi lozim. shuning uchun o’qituvchi
har bir
o’quvchining daftarlarini kuzatib borishi darkor. Bu qoidaga amal qilish ham yozuv
sifatini oshiradi.
O’quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish,
kamchiliklarini hisobga olish,
yutuqlarini ko’pchilikka namuna qilib ko’rsatish ham bu tamoyilning asosiy
shartlaridan sanaladi.
Dostları ilə paylaş: