O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   416
6. Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga 
oshirish tamoyili
. Dastur talablari yozuvga o’rgatishni o’qishga o’rgatish bilan bir 
paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o’rgatishning dastlabki bosqichida 
o’qish va yozuv bog’lab olib boriladi. Bu usul K.D.Ushinskiy tomondan qo’llangan 
bolib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O’quvchi yaxshi o’qish sifatlari (togri, 
ongli, tez va ifodali o’qish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham o’rgatilib 


158 
boriladi. Negaki yozish va o’qish bolaning nutqiy rivojlanishi (lug’at boyligi, gap 
tuzish ko’nikmasi, nutqning mantiqiy boglanishi)ni ta’minlaydi. Yomon o’qigan 
bola yozuvni egallashi qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng, 
bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi. 
7. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi tamoyili.
Chiroyli 
yozuv imlo bilan chambarchas bogliq. O’quvchining imloviy savodxonligi haqida 
g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro 
xatosiz muomala uchun g’amxo’rlik demakdir. Shu sababli ham savod o’rgatish 
davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid 
malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi. 
Malumki, savod o’rgatish davrida o’quvchi gapni bosh harf bilan yozish
so’zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga ko’chirish, kishilar ismi, 
sharifi, hayvonlarga qo’yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda 
o’rganadi. 
Chiroyli yozuv darslarida so’zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini 
tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini 
puxta egallashlariga zamin yaratadi. 
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli 
yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir 
harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bo’lishini ta’minlaydi. Buhing 
uchun harflarning shaklini to’g’ri yozish, ularni to’g’ri ulashning ahamiyati kattadir. 
Harflarni bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan bog’lash, 
so’zlarni qatorda to’gri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil 
ishlarining (bo’g’in-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik 
tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin