46
taqsimlangan, unda o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, badiiy asarni yod
oldirish, ifodali va ta’sirchan o’qish malakalarini shakllantirishga e’tibor
berilgan.
Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq”
asari 20- asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish uchun
qimmatlidir. Bu asar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nosir Xisravning
“Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo’ston”, Jomiyning “Bahoriston”,
Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Ahmad Donishning “Farzandlarga vasiyat”
asarlari kabi o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Avloniy maktab maorif
ishlariga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida “Jamiyati xayriya” jamiyatini
tashkil etib, yetim bolalarni o’qitgan. 1914-yil Xadra maydonida “Nashriyot”,
1916-yil “Maktab” shirkatlarini tuzib, “Maktab kutubxonasi” kitob do’konini
ochishga muvaffaq bo’lgan. O’sha davrda o’zbek xalqini ma’rifat sari undash
dasturiga o’zining amaliy-pedagogik faoliyati bilan ham katta hissa qo’shgan.
Dostları ilə paylaş: