48
b) savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz
va
sintez qilishga, tovushlar artikulyatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni
rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
v) o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta ahamiyat
beriladi.
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonida bo’lgan tamoyillari
quyidagilardir:
1.
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan:
savod o’rgatish
jarayonida o’quvchilarga differentsial va individual yondashish (bu bolaning
umumiy rivojlanishi hamda o’qish va yozishga tayyorligiga bog’liq).
2.
O’qitishning istiqboli nuqtai nazaridan:
grammatika, so’z yasalishi, imlo,
leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish.
3.
Psixolingvistik nuqtai nazaridan:
tovush va harfni o’qitishning qulay
usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta’limning tarbiyaviy va
o’stiruvchi xarakterini hisobga olish.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi.
Tarbiyalash
didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy
dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar
darsda ommaviy siyosiy
tushunchalarni egallaydilar.
“Alifbe” sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat,
kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayotiga oid rasmlar berilgan, turli
mavzularda matnlar keltirilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik, mehnatsevarlik,
mehnatni qadrlash,
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash,
hayvonot
dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish,
umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g’oyaviy-
siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o’rgatish vazifasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: