121
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom, xala,
xet-kappodokiya, fars tillariga moslangan). Bu tur
yozuvlar XIX-asr boshlarida
deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi.
3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng
qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari XIX-
asring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy arab, oramey
yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida topilgan). Ko’pchilik
mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg’ur va urxun-enesey yozuvlari ham aslida
oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni XIX asrning 90-yillarida tilshunos
olimlari V.Tomsen va V.Radlov deshifrovka qilganlar.
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti va
boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII
asrdayoq ilm axliga ma’lum bo’ladi va ularning grammatik jihatdan o’rganilishi
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko’rsatdi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika
indeeslarida aloqa quroli sifatida qo’llanilgan. Chunki
ularning til xususiyatlari
shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo’lgani uchun unda ideografik yozuv bilan bir
qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi
quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o’tagan. Chunki
quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi.
Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet bilan
yozuv shakli o’rtasidagi o’xshashlik yo’qoldi, belgi so’zning simvoli bo’lib qoldi.
Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir.
Papirus yozish uchun maxsus tayoqcha va bo’yoqning kashf etilishi yozuvni
takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug’dirdi. Hozir yer yuzida quyidagi
besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan.
1) Latin yozuvi (dunyo axolisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik arab
yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy yozuvi
(25% ga yaqin); 5) bo’g’inli xind yozuvi (20% ga yaqini)
qolgan boshqa yozuv
122
sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va bulardan dunyo
axolisining 5% ga yaqini foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: