137
tashkil etish yo’llari ko’rsatiladi. Muallif bu kitobda harflarni izchillik bilan
o’rgatishni, har xil bog’lanishlarni to’liq ko’rsatib o’tadi. Ammo chiroyli yozuvga
o’rgatishning asosiy shartlari haqida kam ko’rsatma beradi.
1970- yidan boshlab soddalashtirilgan harflar qabul qilindi, “Alifbe” kitobida
o’quvchilar uchun ko’rsatmalar berildi. Yangi shriftning asosiy xususiyatlari
quyidagilardir: juda ko’p harflarning shakli soddalashtirilgan, katta harflarning
shakliga yaqinlashtirilgan; yangi harflar bir sharoitda qo’lni uzmasdan bog’lab
yozishga mo’ljallangan. Yozuv qurollari takomillashib borishi bilan E.V.Guryanov
tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970- yildan boshlab maktablarda
keng qo’llanila boshlandi. Harflar soddalashtirilib, husnixat bilan yozishni
o`rgatishga mo`ljallangan kitoblar nashr qilina boshlandi.
O’zbek maktablarida soddalashtirilgan kirill alifbosida chiroyli yozish va
chiroyli yozishga o’rgatish borasida M.G’ulomov
17
tadqiqot ishlarini olib bordi. U
o’zining qo’llanmalarida 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish
usullarini, husnixat qoidalarini ishlab chiqdi, amaliyotga tadbiq etish metodikasini
ochib berdi.
Amaldagi alfavitdagi harflarni husnixat bilan yozish qoidalariga doir amaliy
mashqlar namunasi Y.Abdullayevning “Sovg’a”, “Yangi alifbo va imlo”
“Hamrohim” qo`llanmalarida o’z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: