E. B, D, F, H, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, X, Z, O‘, Sh, Ch.
129
1. O’rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar o’zidan keyingi ikki chiziq
orasiga yoziladigan harflarning ustki qismidan tutashtiriladi, misollar:
Anzirat, Iso, Yulduz, Gulnoz, G ‘ulom. Bu harflar ikki chiziqning yuqorisiga ko’tariladigan harflarning o’rtasiga
tutashtiriladi:
Akbar, Ilyos, Ikrom, Adham, Abdulla, Idriz, Alixon, Ahmad, Abdullayev ,
Afandi. O’rta qismidan tutashtiriladigan harflar
z, r, x, s harflarining chap tomonidagi
chiziqqa tutashtiriladi:
Aziza, Arofat, Izzat, Asom, Islom 2. Ostki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar ikki chiziq orasiga
yoziladigan harflarning ostki qismidan tutashtiriladi:
Omon, Vasila, Hakim, Tohir, Kamol, Lobar, Muhiddin, Qumri, Rahima, Ulfat, Xadicha, Bobur, Dilbar, Farhod, Nafisa, Olimjon, Po’lat, Sobir, O‘lmas, Zayniddin Savol va topshiriqlar: 1. Bosma va yozma harflarning o’ziga xos xususiyatlariga ega?
2. Yozish jarayonida qanday holatlarda qo’l uziladi?
3. Yozma harflar tutashtirilishiga ko’ra qanday guruhlarga ajratiladi?
4. Nima uchun qaroming ostki qismidan tutashtirishiga e’tibor qaratiladi?
5. Bosh harflar kichik qarorlarga qanday tutashtiriladi?
Xattotlik san`ati tarixi O‘zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy me’rosida xattotlik
san’ati alohida o’rin egallaydi.
Arab istilosidan so’ng o’rta Osiyo xalqlari tomonidan islom dinining qabul
qilinishi munosabati bilan arab yozuvi ham kirib keladi.
O’rta asrlarda har qanday asar qo’lda ko’chirilib kitob qilingan. Nafis kitob
ko’chirish katta hunar va san’at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda xattot nomi
bilan mashhur bolganlar. Xattotlarning ko’chirgan kitoblari kishilarni hayajonga
solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham xattotlik bilan nom chiqargan
shaxslar oddiy ko’chiruvchi emas, balki o’sha davrning ilm-ma’rifat va yirik
130
madaniyat arbobi hisoblangan. Qo’lda ko’chirilgan har bir asar san’at mo‘jizasi kabi
nodir asar hisoblangan.
XIV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli san’atkorlar nafis kitoblarning
ijodchilari yetishdi. Muhammad bin Husayn at-Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy,
Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqadam, Mimislar shular jumlasidandir. Bulardan
tashqari, o’rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan
xattotlik san’atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat
o’z asarlarinigina emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko’chirganlar.
Masalan Hofiz Sheroziy Xusrav Dexlaviyning “Xamsa”sini ko’chirgan. Alisher
Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Zahriddin
Muhammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy” deb
atalgan alifbe yaratdi.