Zahriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.07.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#62908
  1   2   3   4   5   6
tovush tolqinlari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
Fizika kafedrasi 
Qo‗lyozma huquqida 
Sobirov Jo‘rabek Anvarjon o‘gli 
Tovush to’lqinlari 
5140200 – fizika ta‘lim yo‗nalishi bo‗yicha bakalavr akademik darajasini olish 
uchun yozilgan 
 
BITIRUV MALAKAVIY ISH 
Ilmiy rahbari: fizika - matematika fanlari nomzodi, 
dotsent U. Qosimov 
Andijon - 2016 yil 



MUNDARIJA 
KIRISH............................................................................................................... 

1.MEHANIK TEBRANISHLAR VA TO‘LQINLAR HAQIDA UMUMIY
MA‘LUMOT. 
1.1 
Tovushning to‘lqin tabiati, tebranish sistemalari, tovushning
namoyish qilish asboblari…………………………………………........ 

1.2 
Akustik to‘lqinlar, tebranma harakat tenglamasi……………………... 18 
2.TOVUSHNI INSONGA TA‘SIRI, BIOAKUSTIKA. 
2.1 
Tovushlarning qabul qilish va ularni ajratish. Inson qulog‘ini tuzilishi. 
Eshitish psixologiyasi…………………………………………………. 
37 
2.2 
Musiqa tovushlari, harakateristikalari, Nutq signallarini idrok 
etish………………………………………………………………....... 
42 
2.3 
Shovqinlar va ularni sog‘likka zarari...................................................... 65 
XULOSA.............................................................................................................. 72 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………. 75 



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 19 yillikka bag‘ishlangan tantanali 
yig‘ilishida ―Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish 
taraqqiyotimizning muhim omilidir‖ mavzusidagi ma‘ruzasida 2011 yil ―Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖ deb e‘lon qilindi. 
Ma‘ruzada yoshlarimiz o‘zlari egallayotgan eng zamonaviy bilim va 
ko‘nikmalarni amalda joriy etishi uchun kasb hunar kollejlari va oly o‘quv yurtlari 
bitiruvchilarini kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohalariga keng jalb qilish 
haqida bordi. 
Bu 
borada 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
―Ta‘lim 
muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi‖ 
qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi parmoni muhim qadam bo‘ladi. 
Hozirgi keskin raqobat sharoitida innavatsion texnologiyalar va ilm fanni yanada 
rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish o‘z ijodiy va 
intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart sharoitlar 
yaratish muhim ahamiyatga ega. 
Bu masalaga ustivor ahamiyat bermasdan turib taraqiyot haqida so‘z yuritib 
bo‘lmasligini barchamiz yaxshi tushunamiz. Bugun zamonning o‘zi ushbu 
masalani siyosatimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashni 
taqozo etmoqda. 
Hozirgi kunda yosh avlodga fizika fanini mukammal darajada egallash uchun keng 
sharoitlar yaratilgan. Fizika fanining bir qismi bo‘lmish tovush to‘lqinlari va 
ularning harakteristikalari ham juda qiziqarli mavzulardan sanaladi. Bizga 
ma‘lumki har bir jonzot va har bir jonsiz narsa ishtirokida tovush hosil bo‘ladi. 
Masalan, suvning shivirlagan ovozi, bolaning yig‘lagan tovushi, musiqa asbobidan 
chiqayotgan kuy ohang va hokazo. Men bu bitiruv malakaviy ishimda tovush 
to‘lqinlarini harakteristikalarini, inson miyyasiga ta‘sirini, insonning eshitish 
organi tuzilishlarini, musiqa va shovqinning asab tizimiga ta‘sini kengroq yoritib 
o‘tganman. Bu mavzuga umum ta‘lim va kasb – kasb hunar kollejlarida qisqa vaqt 



ajratilgan bo‘lishiga qaramasdan kengroq tushuncha berish uchun yetarli deb 
hisoblayman. Ho‘sh tovush to‘lqinlari o‘zi nima? Tovush to‘lqinlari qanday hosil 
bo‘ladi? Insonning eshitish organi nega past chastotali tovushlarni eshitmaydi? 
Shunga o‘xshash savollar meni qiziqtirib bularga mustaqil tarzda javob topdim. 
Ma'lumki, sof tovush hosil qilish uchun kamertondan foydalanamiz. 
Kamerton tovush chiqarganda, tebranib turadi; shuning uchun kamertonga 
tekkizilgan sharcha undan sakraydi. Tajriba o'zining tebranish vaqtida atrofdagi 
muhitda mexanik to'lqinlar hosil qiladigan tebranuvchi jism har doim tovush 
manbayi bo'lishini ko'rsatadi. Bu to'lqinlar kishi qulog'iga yetib borganda quloq 
ichidagi pardani majburiy tebrantiradi va odam tovushni eshitadi. 
Tovush -hodisalarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, hamma mexanik to'lqinlar ham 
odamda tovush sezgisini hosil qilavermas ekan. Tebranishlar chastotasi 16 Hz dan 
20000 Hz gacha bo'lgan oraliqda yotuvchi to'lqinlargina tovush to'lqinlaridan 
iborat ekan. Bu tebranishlar chastotasining pastki va yuqorigi chegarasi ayrim 
kishilar uchun yuqorida ko'rsatilgandan ozgina farq qilishi mumkin. Demak, 
quyidagi shartlar bajarilganda odam tovushni sezadi: 
— chastotasi 16 Hz dan 20000 Hz orasida yotuvchi tovush manbayi mavjud 
bo'lishi; 
— quloq va tovush manbayi orasida elastik muhit mavjud bo'lishi; 
— tovush to'lqinlarining quwati kishiga tovush sezgisini hosil qilishga yetarli 
bo'lish kerak. 
Akustika-fizikaning tovush va uning modda bilan o‘zaro ta‘sirini 
o‘rganuvchi bo‘limi. Kundalik turmushimizda bu so‘z ko‘pincha biror xonaning 
tovush xarakteristikasi sifatida qo‘llaniladi. 
Akustik hodisalar- tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. 
Agar artistlarning ovozlari teatr zalining istagan joyiga aniq eshitsa, agar 
ular tinglovchilarga tabiiy, buzilmagan holda yetib borsa, u holda zalning 
akustikasi yaxshi ekani haqida gapiriladi. Bunga erishish oson ish emas. Tovush 



to‘lqinlari xonada devorlar va buyumlardan qaytib, ko‘p ovozli aks sado hosil 
qilishi mumkin. 
Tovush to‘lqinlarining (Suv osti relfini ultratovush yordamida qayd qilish) 
tarqalish tezligi atrof-muhitning xossalariga bog‘liq: suvda ular havoga nisbatan 
tezroq «yuguradi»; qattiq jismlarda esa suvga nisbatan tezroq harakatlanadi. 
Ular bir xil zichlikdagi muhitdan boshqa xil zichlikdagi muhitga o‘tganda 
muhitlarning bo‘linish chegarasida qaytadi va sinadi. Bu xususiyatlar oddiy ko‘z 
bilan ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar uchun o‘ziga xos «ko‘rish organlari» yaratishga 
asos bo‘ladi. Masalan, past chastotali tovush to‘lqinlari yerning butun qalinligidan 
osongina o‘tib ketadi. Bu tovush to‘lqinlarining turli yer qatlamlarida tarqalish 
tezligini o‘lchab, olimlar sayyoramizning ichki tuzilishini tekshiradilar. 
Ma‘lumki, o‘rmon tomonga yoki tik toqqa qarab qichqirib va aks sadoning qaytib 
kelish vaqtini aniqlab, o‘rmon yoki toqqacha bo‘lgan masofani ancha aniq
vaqtning yarmini tovushning havoda tarqalish tezligiga ko‘paytirish kerak. 
Ushbu bitiruv malakaviy ishi tovush to‘lqinlari, ularning xarakteristikalari va 
ularni inson miyyasiga ta‘sirini o‗rganishga bag‗ishlangan. 



1.MEHANIK TEBRANISHLAR VA TO‘LQINLAR HAQIDA UMUMIY
MA‘LUMOT. 
1.1.TOVUSHNING TO‘LQIN TABIATI, TEBRANISH SISTEMALARI, 
TOVUSHNING NAMOYISH QILISH ASBOBLARI. 
Mexanik tebranishlar va to‗lqinlar 
Tabiat va texnikada juda ko‗p tarqalgan takrorlanuvchi protsess asosida 
tebranishlar va ularni hosil qilgan to‗lqinlar yotadi. Bunday protsesslarga soat 
mayatnigining tebranishi, zanjirdagi o‗zgaruvchan tok, tovush va shu kabilarning 
harakati misol bo‗la oladi. Daraxt barglari tebranadilar, musiqa asboblarining 
torlari ham tebranadilar. Texnikada ichki yonish dvigatellarining porsheni 
tebranadi, samolyotning fyuzellaji, avtomobilning kuzovi ham tebranadilar. 
Bizning planetamizning hayotida ham tebranma harakat ro‗y beradi. U esa 
okean va dengizlarda suvning qalqib ko‗tarilishi va suvning qaytishi, yer 
qimirlashi. Tirik organizmda ham tebranish ro‗y beradi. U esa yurak urishi, tovush 
bog‗ichlarining harakati va hokazo. 
Fizikaviy tabiatiga qarab tebranishlarning ikki turi bor. Ular esa mexanik va 
elektromagnit tebranishlar. Tebranayotgan jism hamisha boshqa jismlar bilan 
bog‗liq va ular bilan birga sistemani tashkil qiladilar. Shu tufayli hosil bo‗lgan 
sistema tebranayotgan sistema deb ataladi. 
Tebranma harakat yoki tebranish deb davriy ravishda takrorlanadigan 
harakatga aytiladi. Texnika va tabiatda uchraydigan turli ko‗rinishdagi tebranishlar 
bir xil qonuniyatlarga bo‗ysunadi. 
Hozirgi zamon fizikasida tebranishlar fizikasi maxsus soha sifatida ajralib 
chiqqan bo‗lib, unda turli xil tebranish yagona nuqtai nazardan qaralib chiqiladi. 
Tebranishlar fizikasining xulosalari mexanik tebranishlar, o‗zgaruvchan tok, 
elektrotexnika va radiotexnikaning nazariy asosini tashkil qiladi. 
Tebranma harakatning asosiy belgilaridan biri uning davriyligidir. Har qanday 
davriy ravishda takrorlanuvchi harakat quyidagi fizik kattaliklar bilan 
harakterlanadi: amplituda, davr, chastota, faza, doiraviy yoki siklik chastota. 



Tebranish davri deb bir marta to‗la tebranish uchun ketgan vaqtga miqdor jihatdan 
teng bo‗lgan fizik kattalikka aytiladi. Tebranish davri T harfi bilan belgilanadi va 
quyidagi formula bilan aniqlanadi: 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin