v
x
t
A
v
v
x
t
v
A
dx
y
d
v
x
t
A
dt
y
d
va (18) va (19) ni taqqoslab
va uning Yechimi
(20)
bir o‘lchamli to‘lqin tenglamasini olamiz. (20) tenglama umumiy bo‘lib,
ixtiyoriy fizik kattalikning o‘zgarishi shu tenglamaga mos kelsa, bu hol shu
fizikaviy kattalik v
tezlik bilan to‘lqin shaklida tarqaladi demakdir.
Sirtiy tovush to‘lqinlari va ulardan foydalanish.
Suyuqlik sirtida og‘irlik kuchi va inersiya ta‘sirida gravitasion yoki kapillyar
sirtqi to‘lqin hosil bo‘ladi. Unda zarra harakati to‘lqin tarqalish Yunalishida
suyuqlik sirtiga tik tekislikda sodir bo‘lib, umumiy xolda, ellips bo‘yicha bo‘ladi.
To‘lqin amplitudasi chuqurlik ortishi bilan kamayadi.
Qattiq jismlarda elastik kuchlari va inersiya ta‘sirida suyuqlikdagi sirtqi
to‘lqin kabi Reley to‘lqini hosil bo‘ladi. Reley to‘lqini tarqalish tezligi ko‘ndalang
to‘lqin tezligidan kamroq bo‘ladi. Ularda dispersiya kuzatilmaydi.
Qattiq jismlarda sof tangensial kuchlanishlar ta‘sirida sof sirtqi to‘lqinlar -
Lyav to‘lqinlari hosil (V
sirt
V
S
0.9V
k
bo‘ladi. Ularning tarqalish tezligi to‘lqin
uzunligiga
bog‘liqdir-dispersiya kuzatiladi. Lyav to‘lqini tezligi Reley to‘lqini
tezligidan kattaroqdir.
;
dt
y
d
v
1
dx
y
d
2
2
2
2
2
v
2
k
kx)
-
t
Acos(
y
29
Qattiq jismlardagi sirtqi to‘lqinlardan fan va texnikada keng foydalaniladi.
Muhit sirti va sirtqi qatlamlarni o‘rganishda, radiokomponentalar
va EHM qismlari tayerlashda sirtqi to‘lqinlardan foydalaniladi.
Suyuqlikdagi va Yer sirtidagi sirtqi to‘lqinlar gidrometereologiyada qo‘llaniladi.
Ultratovush va uning tibbiyotda qo‗llanilishi.
Chastotalari 20 kGs dan ortiq bo‗lgan tebranishlar va to‗lqinlarga ultratovush
(UT) deyiladi.
Ultratovush chastotalarining yuqori chegarasini taxminan 10
9
-10
10
Gs deb
hisoblash mumkin. Bu chegara molekulalar orasidagi masofa orqali belgilangani
sababli ultratovush tarqalayotgan moddaning agregat holatiga bog‗liq boladi.
Ultratovushni generatsiyalashda nurlantirgichlar deb ataladigan qurilmalardan
foydalaniladi. Teskari pyezoelektrik effektga asoslanib ishlaydigan
elektromexanik nurlantirgichlar juda keng tarqalgan.Teskari pyezoeffekt —
jismlarning elektr maydon ta‘sirida mexanik deformatsiyalanishidir. Bunday
nurlantirgichning asosiy qismiga p‘ezoelektrik xossalari yaxshi namoyon
bo‗ladigan moddalardan (kvars, signet tuzi, titanat bariy asosidagi keramik
materiallardan) yasalgan plastina yoki sterjen 1 hisoblanadi. Plastinka sirtiga
o‗tkazgich qatlam ko‗rinishidagi 2 elektrodlar yuritilgan. Agar elektrodlarga
generator 3 dan o‗zgaruvchan elektr kuchlanishi berilsa, plastina teskari
pyezoeffekt tufayli vibratsiyalanib, elektr maydonining o‗zgarish chastotasiga mos
holdagi chastota bilan mexanik tebranishlar tarqatada.i
Mexanik to‗lqinlarni eng katta nurlantirish effekti rezonans hosil bolish sharti
bajarilgan holdagina yuz beradi. Masalan, qalinl'gi 1 mm bo‗lgan kvars plastina
uchun rezonans chastotasi 2,87 MGs, segnet tuzi uchun 1,5 MGs va titanat bariy
uchun 2,75MGs.
Pyezoeffekt asosida (to‗g‗ri pyezoeffekt) ultratovush priyomnigini yasash
mumkin. Bunda mexanik to‗lqin (ultratovush to‗lqinlari) ta‘sirida kristall
deformatsiyasi yuz berib, u esa pyezoeffekt tufayli o'zgaruvchan elektr maydonini
generatsiyalaydi; bunga mos bo‗lgan o‗zgaruvchan kuchlanishni o‗lchash
30
mumkin.
Ultratovushning meditsinada qo‗llanilishi uning tarqalishidagi va xarakteridagi
o‗ziga xos xossalari bilan bog'liq. Bu masalani ko'rib o‗taylik.
Fizik tabiatiga ko‗ra ultratovush tovush kabi mexanik (elastik) to‗lqindir. Biroq
ultratovush to‗lqin uzunligi tovush to‗lqini uzunligidan aytarli darajada kichikdir.
Masalan, suvda to‗lqin uzunligi 1,4 m ga teng (1 kGs, tovush), 1,4 mm (Mgts, Ut)
va 1,4 mkm (lGGs, Ut). To‗lqinlar difraksiyasi (24.5- §ga qarang) to‗lqin
uzunliklari nisbatiga va to'lqin difraksiyalanayotgan jismning o'lchamiga bog‗liq.
,,NoshaffoP‗ 1 m o‗lchamlijism 1,4 m uzunlikdagi tovush to'lqini uchun to‗siq
bo‗la olmaydi, lekin to'lqin uzunligi 1,4 mm bo‗lgan ultratovush uchun esa to‗siq
bo‗la oladi, lekin jism orqasida „ultratovush soya― hosil bo‗ladi. Shuning uchun bu
ayrim hollarda ultratovushning difraksiya hodisasini hisobga olmasdan, bu
to‗lqinlarning tushishi va qaytish hodisasini tushuntirishdagi kabi bu to‗lqinlarni
nur deb qarashimizga imkon beradi (yorug‗likning tushishi va qaytishini
tushuntirishdagi kabi).
Ultratovushning ikki muhit chegarasidan qaytishi shu muhitlaming to'lqin
qarshiliklari nisbatiga bog‗liq. Masalan, ultratovush muskul suyak usti pardasida
suyak chegarasidan, ichki organlar sirtlaridan va hokazolardan juda ham yaxshi
qaytadi. Shu sababli bir jinsli bo‗lmagan jismlar (bezlar), bo‗shliqlar, ichki
organlarinng va hokazolarning turgan o‗rni va oMchamlarini aniqlash mumkin
(ultratovush lokatsiya usuli). Ultratovush lokatsiya usulida uzluksiz va impulsli
nurlanishlar qo‗llaniladi. Birinchi holda ikki muhit chegarasidan qaytgan va
tushuvchi to‗lqinlarning interferensiyasidan hosil bo‗lgan turg‗un to'lqinlar
kuzatiladi. Ikkinchi holda qaytgan impuls kuzatilib, ultratovushning
tekshirilayotgan obyektgacha va undan qaytib kelish vaqti o‗lchanadi.
Ultratovushning tarqalish tezligini bilgan holda, obyektning qanday
chuqurlikdajoylashganianiqlanadi.
Biologik muhitlarning to‗lqin qarshiliklari havonikiga nisbatan 3000 marta
katta. Shu sababli UT-nurlatgichlar odam tanasiga qo‗yilsa, ultratovush tana
ichkarisiga o‗tmasdan nurlangich va odam tanasi orasida hosil bo‗lgan yupqa havo
31
ustunidan qaytadi. Havo qatlami hosil bo‗lmasligi uchun nurlangichning sirti
yuzasiga yupqa moy qatlami surtiladi.
Ultratovush to‗lqinlarining tarqalish tezligi va ularning yutilishi muhitning
holatiga bog‘liq shunga asoslanib moddalarning molekular xossalarini o‗rganishda
ultratovushdan foydalaniladi. Bu turdagi tadqiqotlar molekular akustika foniga
taalluqlidir.
Bundan ko‗rinib turibdiki, to‗lqinlar intensivligi doiraviy chastota kvadratiga
to‗g‗ri proporsional, shunga asoslanib nisbatan kichik amplitudali to‗lqinlardan
ham katta intensivliklarga ega bo‗lgan to‗lqinlarni hosil qilish mumkin.
Ultratovush to'lqinlari ta‘siridagi zarrachalar tezlanishi juda katta bo‗lishi mumkin
bu esa katta ta‘sir kuchlari paydo bo'lishini, biologik obyektlar ultratovush
yordamida nurlantirilganda ularga ham zarrachalarga shunday kuchlar ta‘sir
qilishini ko‗rsatadi.
Ultratovush tarqalishida hosil bo‗ladigan zichlashish va siyraklashishlar
suyuqliklar ichida uzilishlar hosil qiladi, bunga kavitatsiya deyiladi.Kavitatsiya
uzoq vaqt ushlanib qolmay, tez yopiladi, bunda uncha katta bo'lmagan hajmda
ko‗p miqdorda energiya ajralib chiqib, moddalarning isishi va shu bilan birga
molekulalarning ionizatsiyasi va dissotsiatsiyasi yuz beradi.
Biologik obyektlarda ultratovush ta‘siri bilan bog‗liq holda yuz beradigan fizik
jarayonlaming asosiy effektlari quyidagilardan iborat:
—
hujayra va subhujayra darajasidagi mikrovibratsiyalar;
—biomakromolekulalami parchalash;
—biologik membranalarini jarohatlash va ulaming joylanishlarini o'zgartirish,
membranalar o‗tuvchanligini o‗zgartirish;
—
issiqlik ta‘siri;
—hujayra va mikroorganizmlaming buzilishi. Ultratovushning tibbiy-biologik
qo‗llanishlarini asosan ikki yo‗nalishga ajratish mumkin: kuzatish va diagnostika
usullari, ikkinchisi ta‘sir etish uslublari.
Birinchi yo‗nalishdagi usullarga asosan impulsli nurlanishlardan foydalanuvchi
lokatsion usullar kiradi. Bu exoensefalografiya — bosh miya o‗smalari va
32
shishlarini aniqlash (1- rasmda exoentsefalograf ,,Exo-12― ko‗rsatilgan);
ultratovush kardiografiyasi — yurak oMchovlarini dinamikada o‗lchash;
oftalmologiyada — ko‗z muhitlari kattaliklarini o‗lchash uchun ultratovush
lokatsiyasi. Ultratovushning Dopler effektidan foydalanib yurak klapanlari
harakatining xarakteri o‗rganiladi va qon oqish tezligi o'lchanadi. Diagnostika
maqsadlari uchun ultratovush tezligiga asosan o‗sib chiqqan va jarohatlangan
suyaklarning zichliklari hisoblab topiladi. Ikkinchi yo‗nalishga ultratovush
fizioterapiy asi taalluqlidir. 2- rasmda shu maqsadlarda qollaniluvchi apparat
UTM-3M ko‗rsatilgan. Ultratovush bilan bemorga ta‘sir etish apparatning maxsus
nurlatgich kallagi yordamida bajariladi. Ko‗pincha terpapevtik maqsadlar uchun
chastotasi 800 KGs, o‗rtacha intensivligi 1 Vtlsm
2
ga yaqin va undan uzoq bo'lgan
ultratovushlardan foydalaniladi.
Ultratovush terapiyasining birlamchi ta‘siri mexanizmi uning to‗qimaga
ko‗rsatadigan mexanik va issiqlik ta‘siridir.
1-rasm
2-rasm
Operatsiyalarda ultratovush ham yumshoq, ham suyak to‗qimalarini kesishga
qodir bo‗lgan „ultratovush skalpeli" sifatida foydalaniladi. Ultratovushni
suyuqliklar ichidagi jismlarni parchalab, emulsiya hosil qilish qobiliyatidan
farmatsevtika sanoatida dori tayyorlashda foydalaniladi. Ultratovush ishtirokida
tayyorlangan turli xil dorivorlar emulsiyalari o‗pka kasali, yuqori nafas yo‗llari
katari, bronxial astma kabi kasalliklarni davolashda qo‗llaniladi.
Hozirgi paytda shikastlangan yoki transplantatsiyalanuvchi suyak to'qimalarini
,,payvandlash‖ning yangi usuli (ultratovush osteosintezi) yaratilgan.
Ultratovushning mikroorganizmlarga halokatli ta‘sir ko'rsatishidan moddalami
sterilizatsiya qilishda foydalaniladi.
33
Ultratovushning ko'rlar uchun qoMlanilishi qiziqarlidir. „Oriyentir‖ kichkina
asbobi hosil qilgan ultratovush lokatsiyasi yordamida 10 m gacha uzoqlikdagi
jismlarni bilib olish va ularning qanday xarakterda ekanligini aniqlash mumkin.
Ultratovushning tibbiyot va biologiyada qo‗llanilishi borasida yuqorida
keltirilgan misollar bu sohada qilingan barcha tadqiqotlami o‗z ichiga ololmaydi,
chunki ultratovushning qollanish sohasi rang-barang va uni kengaytirish
istiqbollari kattadir. Yana ultratovush golografiyasining (24-bobga qarang)
tibbiyotga kirib kelishi va undan foydalanish yanada yangi diagnostika
usullarining paydo bolishiga umid bog'laydi.
Infratovush.
Odam qulog'i qabul qilishi va eshitishi mumkin boMgan chastotadan (20 Gs
dan) kichik chastotali mexanik (elastik) to‗!qinlarga infratovush deyiladi.
Infratovush manbalariga tabiiy obyektlar (dengiz, yer qimirlashi,
momaqaldiroq paytidagi razryadlar va boshqalar) bilan bir qatorda sun‘iy
obyektlar (portlashlar, avtomashinalar, stanoklar va boshqalar) misol bo‗ladi.
Infratovush deyarli ko‗pchilik hollarda eshitiluvchi shovqinlar bilan birgalikda,
masalan, avtomashinada yuz berishi kuzatiladi. Shu sababli infratovush
to‗lqinlarining xususiy tezligini aniqlashda qiyinchiliklar vujudga keladi.
Infratovushning xarakterli xususiyatlaridan biri uning turli muhitlar tomonidan
turlicha yutilishidir, shu sababli u ancha uzoq masofalarga tarqala oladi. Yer shari
bo‗ylab infratovushning bunday tarqalishlari tufayli kuchli portiashlarni manbadan
juda uzoq masofalarda turib ham bilish, o‗lchangan infraqizil to'lqinlarga ko‗ra
sunami bo‗lishini oldindan bilish mumkin va hokazo. Infratovushning to'lqin
uzunligi eshitiladigan tovushlarnikidan katta bo‗lgani sababli ular yaxshi
difraksiyalanadi va to‗siqlarni aylanib o‗tib binolar ichiga kira oladi.Infratovush
organizmning bir qator sistemalari funksional holatlariga yomon ta‘sir ko‗rsatadi:
charchash, bosh og‗rig‗i, uyquchilik, jahl chiqishi va boshqaiar paydo bo'ladi.
Infratovushinng organizmga birlamchi ta‘sir ko‗rsatish mexanizmi rezonansli
xarakterga ega deb faraz qilinadi. Xususiy tebranishlar chastotasi bilan tebranishga
34
majbur etuvchi kuchlarning chastotasi bir-biriga yaqin bo‗lganda rezonans
hodisasi yuz beradi . Odam gavdasining xususiy tebranishlar chastotasi, gavdaning
yotgan holida (3-4 Gs), turgan holda (5-12 Gs), ko‗krak qafasining xususiy
tebranishlar chastotasi (5-8 Gs), qorin bo‗shlig‗iniki (3-4 Gs) bo‗lib, bu
infratovush chastotalariga mos keladi.
Infratovush intensivligi darajasini yashash joylarida, ishlab chiqarish
korxonalarida va transport vositalari turar joylarida kamaytirish gigiyenaning
vazifalaridan biridir.
Vibratsiyalar.
Texnikada turlicha mexanizm va mashinalarning mexanik tebranishlari
vibratsiya deb nom oldi.
Vibratsiya odamga ham ta‘sir ko‗rsatadi, bu ta‘sir odam tanasini
vibratsiyalanuvchi obyektga tegib turgan joyi orqali uzatiladi. Bu ta‘sir ham xavfli
hamda zararli bo‗lishi va ma‘lum bir sharoitda vibratsiya kasalligini keltirib
chiqarishi mumkin, foydali tomoni bo‗lishi, undan davolash maqsadlarida
(vibroterapiya va vibromassajda) foydalanish mumkin.
Vibratsiyalaning asosiy fizik xarakteristikalari jismlaming mexanik
tebranishlari xarakteristikalari bilan mos keladi; ular quyidagilar:
—tebranishlar chastotasi yoki angarmonik tebranishlarning garmonik spektri;
—
amplituda, tezlik amplitudasi va tezlanish amplitudasi;
—
energiya va tebranishlarning o'rtacha quvvati.
Bundan tashqari, vibratsiyaning biologik obyektga ta‘sirini bilish uchun to‗lqin
tebranishlarining jismda tarqalish va so‗nishini tasavvur qilish muhimdir. Bu
masalani kuzatishda inersion massadan, elastik va qovushqoq elementlardan iborat
modellar qo‗llaniladi.
Vibratsiyalar eshitiluvchi tovushlar, ultratovushlar va infratovushlar manbaidir.
Agar biror fizik kattalik mavhum qiymatlar qabul qilsa, bu biror hodisaning
ajoyibligi, ,,ekstraordinarlikni― anglatadi. Qaralgan misolda ekstraordinarlik
shundan iboratki, bunda jarayon davriy bo'lmay qoladi.
35
Yopiq jismlarda tovush to‘lqinlari. Rezonatorlar.
Ma‘lum hajmga ega bo‘lgan gaz va suyuqlik, ma‘lum chiziqli o‘lchamga ega
bo‘lgan qattiq jism uz xususiy tebranish chastotasiga ega bo‘ladi.
Qattiq jism uzunligi
l
tovushning shu jismda tarqalish tezligi U bo‘lganda, unda
hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan tovush chastotalari
l
2
u
)
1
n
(
(21)
ifoda yordamida aniqlanadi. Bu Yerda n
1,2,...,n
0 dagi
l
2
u
0
(22)
jismning asosiy toni - xususiy chastotasidir. Bu jism
0
chastotali tovush to‘lqini
o‘tganda, rezonans xolati kuzatiladi va to‘lqin amplitudasi ortadi. Jism
0
chastotali tovush uchun rezonatordir.
Butilkaga havo qamalgan bo‘lsin. Havoda tovush tarqalish tezligi U bo‘lganda,
butilka idishning hajmi V, idish tirqishi uzunligi l va ko‘ndalang kesimi S ga
teng bo‘lsa, uning ichidagi havoning xususiy tebranish chastotasi
lV
S
2
u
0
(23)
ifoda yordamida aniqlanadi. Demak,
0
chastotali tovush uchun bu idish
rezonatordir.
d qalinlikdagi plastinka (membrana) lardagi tebranish chastotalari uchun
d
2
u
)
1
n
2
(
(24)
o‘rinli bo‘lib, xususiy chastota
d
2
u
0
(25)
formula bilan ifodalanadi. Membrana uchun bu rezonans chastotadir.
36
Rezonatorlar tovush manbai sifatida Yeki tovushni tarkibiy qismini o‘rganishda
"analizator" sifatida foydalaniladi.
Rezonatorlarning xususiy chastotalari (
0
) dan boshqa tebranish chastotalari (
i
)
obertonlar deyiladi.
37
2.TOVUSHNI INSONGA TA‘SIRI, BIOAKUSTIKA.
2.1.TOVUSHLARNING QABUL QILISH VA ULARNI AJRATISH. INSON
QULOG‘INI TUZILISHI. ESHITISH PSIXOLOGIYASI.
Eshitish — odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul
qilish xususiyati; mexanik, retseptor va nerv tuzilmalaridan tashkil topgan eshitish
analizatorlari faoliyati tufayli roʻy beradi. Tovush taʼsirida odamda tovush
signallari parametrini aks ettiruvchi eshitish sezgisi paydo boʻladi; buning
natijasida tovush tebranishlari chastotasi tovush balandligi tarzida qabul qilinadi.
Organizmlarning eshitish xususiyati ular evolyutsion rivojlanishi, yashash muhiti
va tovush signallarining biologik ahamiyati bilan bogʻliq. Evolyutsiya jarayonida
eshitish sistemasi dastlab hasharotlarda, keyinroq barcha umurtqalilarda paydo
boʻlgan. Eshitish sut emizuvchilarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Tovush
tebranishlari tashqi eshitish yoʻli (tashqi quloq) orqali oʻtib, nogʻora pardani
tebratadi. Tebranishlar oʻrta quloqdagi suyakchalar orqali ichki quloq suyuqligi
(perilimfa va endolimfa)ga oʻtadi. Paydo boʻlgan gidromexanik tebranishlar
chigʻanoq toʻsigʻi (asosiy, yaʼni bazilyar membrana)ni va unda joylashgan
retseptor apparat (Korti organi)ni tebratadi. Bazilyar membrananing mexanik
xususiyati uning uzunligi boʻylab bir xil boʻlmaydi: yuqori chastotali tebranishlar
bazilyar membrananing ichki quloq chigʻanogʻi asosida, past chastotali
tebranishlar esa uning uchki qismida maksimal amplitudaga ega boʻlgan
tebranishlarni paydo qiladi. Shunday qilib, Korti organida tovush tebranishlari
mexanik energiyasi retseptorlarni qoʻzgʻatadi, qoʻzgʻalish retseptorlardan eshitish
nervlari tolalariga beriladi. Nervlarda paydo boʻlgan bioelektr potensiallar eshitish
sistemasi markazi boʻlimiga oʻtkaziladi. Eshitish signallari faqat havo orqali emas,
balki kalla suyaklari orqali ham ichki quloqqa oʻtkazilishi mumkin.
Eshitish sezgirligi eshitishning absolyut chegarasi orqali baholanadi. Bu
chegara tovushning eshitish mumkin boʻlgan minimal intensivligi ditsibal (db)
hisobida belgilanadi. Qabul qilinadigan tovush tebranishlari chastotasi diapazoni
eshitish egri chizigʻi, gers yoki kilogers bilan ifodalanadi. Odam 10—20 gs dan 20
38
kgs gacha boʻlgan tovush tebranishlarini qabul qiladi, 10 gs dan past tebranishli
tovushlar uzluksiz tovush tarzida qabul qilinmaydi. Odamda eshitishning eng quyi
chegarasi 1—3 kgs chastotaga teng . Juda yuqori tebranishli tovush toʻlqinlari —
shovqin (mas, 140 db ogʻriq paydo qiladi; 150 db tovushga odam chiday olmaydi).
Har xil hayvonlar turli diapazondagi tovush toʻlqinlarini (mas, hasharotlar 0,2 kgs
— 500 kgs, baliqlar 50—100 gs — 3—5 kgs, delfinlar 100 gs —200 kgs) qabul
qiladi. Umurtqali hayvonlardan qushlarning eshitish sezgirligi sudralib
yuruvchilarnikidan, sut emizuvchilarniki qushlar va sudralib yuruvchilarnikidan
yuqori boʻladi.
Tovushni farqlash imkoniyati differensial chegara, yaʼni eshitish mumkin
boʻlgan tovush oʻzgarishining minimal chegarasi (intensivligi yoki chastotasi)
bilan belgilanadi. Odamda tovushni farqlash differensial chegarasi (oʻrtacha
diapazonda) intensivlik boʻyicha 0,3—0,7 db, chastota boʻyicha 2— 8 gs ga teng .
Tovush signallari kuchayishi bilan tovushni farqlash ham kuchayadi, uning
differensial chegarasi esa kamayib boradi. Bunday holat nutq signallari va musiqa
ohanglarini qabul qilishda ham namoyon boʻladi. Odamni musiqa ohanglari
absolyut balandligini aniqlay olish qobiliyati absolyut eshitish deyiladi. Boshqa
begona tovushlar taʼsirida tovushni qabul qilish xususiyati yomonlashuvi, hatto
butunlay yoʻqolishi mumkin (niqoblanish hodisasi). Kuchli tovushlar uzoq vaqt
davomida taʼsir etganida eshitish sezgirligi pasayadi (fiziologik adaptatsiya).
Eshitish sistemasi ikkala simmetrik joylashgan qismlarining oʻzaro taʼsiri tovush
manbaini aniqlashga imkon beradi (binaural effekt). Bir qancha hayvonlar
(koʻrshapalaklar, delfinlar, ayrim qushlar) obʼyektlarning fazoda joylashgan oʻrni,
shakli, oʻlchamini aniqlashga imkon beradigan maxsus eshitish sistemasi —
exolokatsiya xususiyatiga ega. Ular oʻzlari chiqargan va obʼyektdan qaytadigan
signallarni qabul qilishadi. Eshitishning fiziologik mexanizmlari uzil kesil hal
etilmagan
39
Eshitish analizatorining ahamiyati.
Eshitishning ahamiyati shundan iboratki, odam hayotdagi ba‘zi voqealarni ko‘
rgandagiga nisbatan, ularning mazmuninieshitganida to‘liqroq tushuncha oladi. Ma
salan, odam biror spektaklni televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunc
hasiganisbatan shu spektaklning mazmunini radio orqali eshitganida to‘liqroq tush
unchaga ega bo‘ladi.
Binobarin, eshitish organining faoliyati normal bo‘lishi, awalo, har bir odamd
a bolaligidan boshlab nutq paydo bo‘lishi varivojlanishiga imkon beradi. Bolaning
keyingi hayoti davrida eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalan
ishida, bilim olishi,hunar o‘rganishi, musiqa san‘atini tushunishi va barcha ruhiy fa
oliyatining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Eshitish organi —
quloqning tuzilishi. Eshitish organi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismid
a joylashgan. U uch qismdan:tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat (1- rasm).
Tashqi quloq —
quloq suprasi va tashqi eshitish yo ‗lidan iborat. Tashqi quloq yo‘lining oxirida bir
iktiruvchi to‘qimadan tashkiltopgan 0,1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib,
u tashqi quloq yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burun-
halqumga tutashgan. O‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-
ket birikkanuchta eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandon, uzangi) tovush to‘lqinl
ari ta‘sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni ichkiquloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq —
bo‘shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan, ya‘ni suyak labirintdan iborat. S
uyak labirintning ichida parda labirintjoylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda
perilimfa suyuqligi bo‘ladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa suyuqligi bo‘la
di. Suyaklabirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya
‘ni eshitish retseptorlari joylashgan.
40
Suyak labirintning dahliz va yarimdoira kanalchalar deb ataluvchiqismidagi x
altasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatinita‘minlovchi vestib
ular analizator retseptorlari joylashgan.
Eshitish organining funksiyasi. Yuqorida aytilgan tashqi, o‘rta va ichkiquloqni
ng har biri o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovushto‘lqinlarini to‘plas
h va uni quloqning tashqi yo‘liga yo‘naltirish vazifasinio‘taydi.
Tashqi quloq yoii tovush to‘lqinlarini nog‘ora parda tomon o‘tkazadi.Tovush
nog‘ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalariorqali ichki qul
oqning chig‘anog‘i hamda yarim doira kanalchalardagi perilimfava endolimfa suyu
qliklarini to‘lqinlantiradi. Ularning to‘lqinlanishi chig‘anoqichidagi eshitish retsept
orlarini qo‘zg‘atadi.
Retseptorlarning qo‘zg‘alishi eshitish nervi tolasi orqali miya ko‘prigi,o‘rta
miyada joylashgan po‘stloqosti eshitish markaziga, undan esa bosh miyayarimsharl
ari po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markazigaborib, uni
qo‘zg‘atadi.
41
Bu markazda joylashgan nerv hujayralarida tovushta‘siri analiz va sintez qilini
b, uning mazmuni aniqlanadi.
1- rasm. Quloqning tuzilishi:
I. 1 - quloq suprasi; 2 -
tashqi quloq yo‘li; 3 -
nog‘ora parda; 4 -
nog‘orabo‘shlig‘i; 5 -
o‘rta quloq bilan halqumni
tutashtiruvchi kanal; 6 -
ichkiquloqning chig‘anoq qismi (b
unda eshitish retseptorlari
joylashgan); 7 -
ichkiquloqning dahliz va yarimayl
ana kanalchali qismi (bularning ich
ida vestibular apparatning retseptor
lari joylashgan); II. 1 -
chig‘anoq, uning ichida eshitish
retseptorlari joylashgan; 2 - eshitish nervi; 3 -
bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining chakkaqismida joylashgan
eshitish markazi.
Eshitish organi gigiyenasi. Odam eshitish organining yaxshi rivojlanishi, sog‘l
om bo‘lishi uchun quyidagi gigiyena
qoidalariga rioya qilishi zarur:
yashash, o‘qish, ishlash va jamoat joylarida tinchlikni saqlash;
ikki-uch qavat bint, yupqa sochiq uchini namlab tashqi quloq
yoyini har 2—3 kunda artib tozalash;
tashqi quloq, burun, og‘iz, tomoqni shamollashdan ehtiyot qilish.
42
2.2.MUSIQA TOVUSHLARI, HARAKATERISTIKALARI, NUTQ
SIGNALLARINI IDROK ETISH
Bizni har xil shovqinlar va tovushlar qurshab olgan. Tovush to‘linlari
kenglikda tarqalib, beton devorlarda aks — sado beradi, yupqa to‘siqlardan sizib
o‘tadi, ulardan polda zirillash paydo bo‘ladi. Akustika — tovushlar haqidagi
fandir.Tovushlarning xususiyatlarini o‘rganish hayotimizga halaqit beradigan
shovqinlarga qarshi muvofiqlashtirilgan kurash olib borish, ularni bartaraf etish
imkoniyatini beradi.
Tovushlarni kuchaytirish va pasaytirish — akustikaviy tadqiotlarning ikki
amaliy tomonidir. Masalan, tomosha zallarida tovushni kuchaytirish o‘z-o‘zidan
talab qilinadi, Musiqqa yoki aktyorning nutqi har qanday joyga yaxshi eshitilishi
kerak. Zalda «o‘lik nuqtalar» va, albatta, aks — sado bo‘lmasligi lozim. Tovushni
pasaytirish muammosi esa uylar va ishlab chiqarishdagi ishchi o‘rinlarini
loyiqalashtirishda hisobga olinadi.
Xadersfild universitetining akustika va musiqa texnologiyalari bo‗yicha
eksperti professor R.Till olib borgan tadqiqotlar natijasi ko‗rsatishicha,
Stounxenjdagi tosh megalitlar tovushni a‘lo darajada qaytarar va kuchaytirar ekan.
Ularning doirasimon joylashtirilgani esa, hayratga soladigan darajada akustika
hosil qiladi. Dastlab olim hamkasbi B.Fazenda bilan birgalikda kompyuterda
inshootning asl shaklini virtual tarzda yaratib, bunga ishonch hosil qilishdi. So‗ng
ular Stounxenjning Vashington shtatidagi Merixill shahri atrofida aynan o‗zidek
yaratilgan nusxasini borib ko‗rishdi va o‗zlari ilgari surgan g‗oyani shu joyda
amalda sinab ko‗rishdi. Ayon bo‗lishicha, xalqa shaklida o‗rnatilgan toshlar doirasi
markazidan chiqayotgan tovushlar inshootning istalgan nuqtasida juda aniq-tiniq
eshitilarkan.
Tovushning fizik asosi
Tovush - biron-bir egiluvchan jismning tebranishi natijasida hosil bo'ladigan
fizik hodisadir. Biron-birmahkam tortilgan torga kamon yoki maxsus bolg'achalar
yordamida ta‘sirqilsak, bu tor tebrana boshlaydi. Bu tebranish havoda tovush
43
to'lqinlarini hosilqiladi. Havodagi tovush to'lqinlari quloqqa etib kelgach, quloq
pardasini tebranishiga olibkeladi. O'z navbatida quloq pardasining tebranishi
ichkiquloqqa etib, eshitish nervlarini bezovta qiladi va tovush eshitish sezgisini
uyg'otadi. Shunday qilib, eshitish nervlari orqali havo harakatining tovush
tebranishlari etkazila boshlagan paytdan tovush bizning ongimizda idrok qilina
boshlaydi.
Tabiatdagi barcha mavjud tovushlar musiqiy va shovqinli tovushlarga
bo'linadilar. Musiqiy tovushlar deb, mutloq aniqlik bilan farq qilinadigan, ya‘ni
aniq balandlikka ega bo'lgan tovushlarga aytiladi. Har qanday musiqiy tovushni
ovoz yoki biron-bir musiqa asbobi yordamida takrorlab berish mumkin. Shovqinli
tovushlar deb balandligi aniq bo'lmagan tovushlarga aytiladi. Shovqinli tovushni u
yoki bu darajada baland yoki past ekanligini eshitish yoki sezish mumkin , ammo
uning balandligini aniqlab bo'lmaydi.
Shu bilan birga musiqada shovqinli tovushlar ahamiyatini to'la inkor etib
bo'lmaydi. Turli xalqlar ning folklore musiqalarida urma asboblar katta ahamiyatga
ega bolib, bu asboblarda ritmning hayratlanarli darajadagi boyligi va turli-
tumanligiga ega bo'lgan musiqalar ijro qilinishini kuzatish mumkin. Musiqiy
tovushning xususiyatlari va ularning ifodaviy ahamiyati Musiqiy tovushlar
balandlik, kuch va tembr kabi xususiyatlarga ega. Bundan tashqari har bir musiqiy
tovush ma‘lum bir chozimga ham egabo'ladi.
Tovushning balandligi (jismning tebranish tezligi)
Musiqada balandlik jihatdan turli tovushlar uchraydi. Ulardan ba‘zilari
yengil, yorqin, yorug' sezilsa, ayrimlari og'ir, quyuq bo'lib eshitiladilar. Yengil,
yorqin tovushlar - baland, og'ir, quyuq tovushlar esa – past tovushlar deyiladi.
Musiqaning xarakteri tovush balandligiga juda ham bog' liqdir. Bunga biron-
bir kuyni fortepiano klaviaturasining chap yoki o' ng tomonlarida chalib ko'rib,
ishonch hosil qilish mumkin. Klaviaturaning o'ng tomonida, ya‘ni, baland
tovushlar joylashgan joyda chalingan kuy yengil va yorqin eshitilib, qushlar yoki
cho'pon nayi ovozini eslatsa, klaviaturaning chap tomonida chalingan xuddi o'sha
44
kuy juda og'ir eshitilib, mutlaqo boshqacha taassurot qoldiradi. Klaviaturaning
o'rtasida chalingan o'sha kuy inson tovushi balandligiga yaqin bo'lib, ―issiqroq‖
eshitiladi. Musiqada uchraydigan barcha tovushlarni balandligi bo'yicha shartli
ravishda guruhlarga bo'lish mumkin. Bu guruhlarning har biri u yoki bu darajada
tovush jarangining umumiy xarakteriga ega bo'lib, ularga registrlar deyiladi.
Barcha musiqiy tovushlar 3 xil registrga: past, o'rta va yuqori registrga bo'linadilar.
Registrlar orasidagi aniq chegarani ko'rsatish qiyin, ammo ularni bir-biridan farq
qilish juda muhim, chunki registrlar musiqaning muhim ifoda vositalaridan biri
hisoblanadi. Kompozitor musiqa asari yaratar ekan, o' zi o' ylagan obrazga yaqin
keladigan registrni tanlaydi. Fizikaning tovush haqidagi ta‘limotni bayon etuvchi
akustika bo'limi qonunlari bo'yicha tovushning balandligi tebranish tezligiga, ya‘ni
jismning sekundiga qancha marta tebranishiga bog'liq.
Tebranish tezligi qancha kam va og'ir bo'lsa, tovush shuncha past; aksincha,
tebranish tezligi qanchalik tez yoki ko'p bo'lsa tovush shuncha baland eshitiladi.
Inson eshitish qobiliyati sekundiga 16 martadan tortib - 20.000 martagacha
tebranish natijasida hosil bo'ladigan tovushlarni farq qilish qobiliyatiga ega.
Shulardan, musiqada faqat sekundiga 16 martadan 4.200 gacha tebranish
natijasida hosil bo'ladigan tovushlar qo'llaniladi.
Past registrga taxminan 16 dan - 200 gacha tebranish, o 'rta registrga 200 dan -
800 gacha tebranish va yuqori registrga 800 dan 4200 gacha tebranish natijasida
hosil bo 'ladigan tovushlar muvofiq keladi.
Inson eshitish organlari tomonidan qabul qilinmaydigan, sekundiga 16 dan
past tebranish tezligidagi tovushlarga - infratovushlar (infra so'zi lotincha - past
ma‘nosini beradi), sekundiga 20 000 martadan ortiq tebranish tezligidagi
tovushlarga esa - ultratovushlar (ultra so'zi lotincha - chegaradan tashqari, yuqori -
ma‘nolarini beradi) deyiladi.
Tovushning kuchi (jismning tebranish kengligi, ya‘ni amplitudasi)
T ovushning kuchi tebranayotgan jismining tebranish kengligi, ya‘ni
―amplitudasi‖ ga bog'liq, bu esa jismga ta‘sir qilayotgan kuchning darajasiga
45
bog'liq. Jismga qanchalik kuchli ta‘ sir qilinsa, tebranish amplitudasi shuncha keng
bo'lib, tovush ancha kuchli eshitiladi yoki aksincha, ta‘ sir kuchi qancha yumshoq
bo'lsa, tebranish kengligi tor bo'lib, tovush ancha past eshitiladi.
Agar jismga boshqa ta‘sir qilinmasa tebranish kengligi brogan sari torayib,
oxiri tovush so'nadi.Tovushning kuchi, uning balandligi kabi shubhasiz, aniq ifoda
ahamiyatiga ega. Turlicha emotsional holatlarni va musiqiy obrazlarni yaratish
uchun turli darajadagi tovush kuchlari talab qilinadi. Qahramonlik obrazlari kuchli
tovush jarangini talab etsa, lirik obrazlar - mayin, yumshoq tovush eshitilishini
taqozo etadi.
Tembr (tovushning rangi)
T embr deb, har birinsonning va har bir musiqa asbobining o'ziga xos tovush
rangi tushuniladi. T ovush tembrlarining mavjudligi tufayligina biz bir odamni
boshqa odamdan (shuni ta‘kidlash lozimki, har bir odam faqat uning o'zigagina xos
bo'lgan ovoz tembriga egadir), musiqa asboblarini ham bir-biridan farqlay olamiz.
Tovushning tembri, uning balandligi va kuchi kabi musiqaning muhim ifoda
vositalaridan biri hisoblanadi. To'g'ri, aniq topilgan tembr musiqi obrazni yanada
yorqin ochib berilishiga ko' maklashadi. Masalan, orkestrda lirik mavzular
ko'pincha torli asboblarga; harbiy xarakterdagi fan fara mavzulari esa mis-puflama
asboblarga topshiriladi va h. k.
Tovush cho'zimi (jismning tebranish davomiyligi)
Tovush cho'zimi – tebranayotgan jismga ta‘sir qilinayotgan kuchning qancha
davom etishiga bog'liq. Masalan, kamonchali asboblarda kamonchaning qancha
uzoq harakatiga, puflama asboblarda ijrochi nafasining davomiyligiga bog'liq.
Tovush cho'zimi ritm bilan birgalikdagina ifoda ahamiyatiga ega bo'lishi mumkin.
Yarim ton va butun ton. Al'teratsiya belgilari Musiqiy tovush qator va uning
asosiy pog'onalari . Yuqorilama va pastlama tartibda ketma- ket joylashgan barcha
musiqiy tovushlar musiqiy tovush qatorni hosil qiladi.
46
T ovush qator tovushlarini o'zaro taqqoslar ekanmiz, ma‘lum bir masofadan
yuqorida va pastda ularning har biriga qo'shilib eshitiladigan tovushlar muvofiq
kelishiga ishonch hosil qilish mumkin. Qoshilib eshitiladigan tovushlar bir xil
nomga egadirlar. Yaqin masofadagi qo'shilib eshitiladigan bir xil nomdagi
tovushlar oralig'iga oktava deyiladi (oktava - lotincha oktava – sakkizinchi degan
ma‘noni bildiradi).
Hozirgi zamon musiqasida oktava bir-biridan bir xil masofada joylashgan 12
ta turli tovushlar bilan toldiriladi. Shu 12ta tovushdan faqat yettitasi mustaqil
nomga ega: do, re, mi, fa, sol, lya, si yoki c, d, e, f, g, a, h. Bu tovushlar tovush
qatorning asosiy tovushlari yoki asosiy pog'onalari hisoblanadi.
Tovush nomlarining kelib chiqishi juda qadimiydir; ular oktava yettita tovush
bilan to'ldirilgan davrda paydo bo'lgan. Sakkizinchi tovush birinchi tovushning
yuqoridagi yoki pastdagi takroridan iborat bo'lib, shuning uchun ham ular
orasidagi masofa oktava nomini olgan.
47
XI – asrgacha tovushlar ning faqat harf li ishoralari qabul qilingan edi: a, b, c,
d, e, f, g. Bunda a - lya tovushining bo'g'in nomiga, s esa do tovushining bo'g'in
nomiga to'g'ri keladi.
XI – asrda qo'shiqchilik amaliyotiga Italiyalik musiqa nazariyotchisi Gvido
d‘Aretstso tomonidan tovushlarning yangi bo'g'in nomlari kiritilgan: ut, re, mi, fa,
sol, lyAkustika Bu nomlar cherkov xonandalarining qadimiy gimn matnidan
olingan.
Bu gimnda xonandalar muqaddas loanna xudosidan o'z ovozlarini tiniq va
toza saqlashni iltijo qilganlar. Qo'shiq matnidagi har bir misraning kuyi
avvalgisidan bir pog'ona baland tovushdan boshlangan, har bir yangi misraning
boshlang'ich bo'g'ini unga mos tovushga berkitilgan va shu tovush nomiga
aylangan. Bu yangilik – xonandalarga tovushlar oraliqlarini yodda saqlashga
yengillik tug'dirgani uchun juda katta amaliy ahamiyatga ega bo' lgan. O'rta asr
48
musiqa nazariyasi olti tovushli tovush qatorga, ya‘ni geksaxord ga asoslangani
uchun tovushlarning oltita bo'g'in nomi bilan cheklangan.
Keyinchalik olti tovushli tovush qatorga qo'shilgan ettinchi tovush uchun (X.
Vilranttomonidan 1574 yilda) gimn matnidagi oxirgi ikki so'zni birinchi harflari
olinib, si bo'g'in nomi kiritilgan. Talaffuz uchun noqulay bo'lgan ut bo'g'ini
keyinchalik (italiyalik nazariyotchi Dj. Doni tomonidan 1540 yillar arafasida)
«j0»bo'g'ini bilan almashtirilgan.
C, d, e, f, g, a, h kabi harfiy ishoralarga do, re, mi, fa, sol, lya, si kabi tovushlarning
bo'g'in nomlari muvofiq keladi.
Bizning davrimizda tovushlarning bo'g'in nomlari ham, harfiy ishoralari ham
qo'llanilmoqda.
Oktavalar
Do, re, mi, fa, sol, lya, si tovushlari tovush qatorda bir necha marotaba
takrorlanib keladi.Turlicha balandlikda joylashgan bir xil nomdagi tovushlarni bir
– biridan farqlash uchun har birisining boshlanishini do tovushidan hisoblab,
tovush qatorni bir qator oktavalarga bo'lish qabul qilingan. Oktava deb, musiqiy
tovush qatorning bir xil nomdagi tovushlar oralig'Iga aytiladi.
Eng past oktavadan yuqorilama tartibda ular quyidagi nomlarga ega: subkontr
oktava, kontr oktava, katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava,
uchinchi oktava, to'rtinchi oktava va beshinchi oktavalar.
49
Musiqaviy tovush qatorda mavjud bo'lgan to'qqizta oktavaning barcha
tovushlarini harfiy ishoralar bilan belgilab chiqish mumkin. Buning uchun
quyidagi jadvalni o'rganib chiqish zarur.
Tovushlarning nomlari, oktavalar va ularning harfiy tizim bo'yicha
belgilanishi
Tr
oktavalar
do
re
mi
fa
Sol
lya si
1.
subkontroktava -
-
-
-
-
A2 H2
2.
kontroktava
C1
D1 E1
F1 G1
A1 H1
3.
kattaoktava
C
D
Е
F
G
A
H
4.
kichikoktava
c
d
e
f
g
a
h
5.
birinchioktava c
1
d
1
e
1
f
1
g
1
a
1
h
1
6.
ikkinchioktava c
2
d
2
e
2
f
2
g
2
a
2
h
2
7.
uchinchioktava c
3
d
3
e
3
f
3
g
3
a
3
h
3
8.
to' rtinchi
oktava
c
4
d
4
e
4
f
4
g
4
a
4
h
4
9.
beshinchioktav
a
c
5
-
-
-
-
-
-
Yarim ton va butun ton.
Bir tekis temperatsiya qilingan soz bo'yicha oktava oraliqlari balandlik
bo'yicha bir-biriga teng bo' lgan 12 ta tovushga bo'linadi. Bu masofa tovushlarning
eng yaqin oralig'i bo'lib, unga yarim ton deyiladi.
Asosiy pog'onalardan iborat tovush qatorda yarim tonlar m – fa va si – do
tovushlari orasida hosil bo'ladi. Boshqa yonma-yon joylashgan pog' onalar orasi
butun tonni tashkil qiladi, chunki do-re, re-mi, fa-sol, sol-lya va lya-si tovushlari
orasida masofalari yarim tondan iborat bo'lgan oraliq tovushlar bor. Bu oraliq
tovushlar yonma- yon joylashgan asosiy pog'onalarning nomlaridan kelib
chiqadigan fo si la nomlarga ega.
50
Masalan, do-re tovushlari orasida do dan yarim tonga baland bo'lgan va bir
vaqtning o'zida re dan yarim tonga past bo'lgan oraliq tovush bor. Bu tovush
ko'tarilgan do yoki pasaytirilgan re sifatidagi hosila nomga ega bo'ladi.
Alteratsiya belgilari va ularning nomlari Tovushlar ko'tarilishini yoki
pasayishini belgilash uchun alteratszya belgilari deb ataladigan maxsus belgilar
ishlatiladi. (Alteratsiya – lotincha o'zgartish ma‘nosini beradi).Tovushni yarim
tonga ko'tarish uchun diez (#), yarim tonga pasaytirish uchun bemol (¨) deb
ataladigan belgilar ishlatiladi. Shunday qilib, do-re tovushlari orasida joylashgan
tovush do-diez yoki re- bemol debataladi. Tovush qatorning asosiy pog'onalari
orasida joylashgan boshqa tovushlar ham shunday tartibda o'z nomlariga ega
bo'ladilar. Re-mi tovushlari orasidagi tovush re-diez yoki mi-bemol, fa-sol
tovushlari orasidagi tovush fa-diez yoki sol-bemol,sol-lya tovushlari orasidagi
tovush sol-diez yoki lya-bemol,lya-si tovushlari orasidagi tovush lya-diez yoki si-
bemol deb ataladi.
Har bir tovushni yarim tonga ko'tarish yoki pasaytirishdan tashqari ularni
butun ton ga, ya‘ni 2ta yarim tonga ko'tarish yoki pasaytirish mumkin.Tovushni
butun tonga ko'tarish uchun juft diez, ya‘ni dubl-diez (x) va pasaytirish uchun juft
bemol, ya‘ni dubl-bemol (») belgilari ishlatiladi. Oddiy yoki juft ko'tarish yoki
pasaytirishdan keyin asosiy tovushga qaytish uchun rad qilish belgisi - bekar (
a
)
ishlatiladi.
Nota yozuvidan tashqaridagi oddiy yozuvda alteratsiya belgilari tovush
nomidan keyin, masalan, si" yoki fa# tarzida; nota yozuvi da esa notalar oldidan
yoziladi.
Alteratsiya belgilarini harfiy ishoralar bilan yozishda yarim tonga ko'tarish
uchun # o'rniga - is (masalan, cis - do#, dis - re#, eis - mi#), yarim tonga
pasaytirish uchun "o'rniga - es (masalan, ces- do", des - re"), butun tonga ko'tarish
uchun x o'rniga - isis (cisis - dox, disis - rex), butun tonga pasaytirish uchun
""o'rniga -eses (ceses - do", deses - re"") qo'shimchalari ishlatiladi.
Pasaytirilgan lya va mi tovushlarining nomlarini yozishda yozuv va talaffuzni
qulaylashtirish uchun es qo'shimchasidagi e harfi olib tashlanadi (masalan, mi" –
51
ees tarzida emas, balki es shaklida; lya" - aes tarzida emas, balki as shaklida
yoziladi.
Istisno tariqasidasi tovush ini (h) yarim tonga pasaytirish uchun b harfi
ishlatiladi.
Si tovushi qadimdan lotin alifbosining b harfi bilan belgilangan. Ammo XI -
asrdan boshlab iste‘molga ikki xil ―si‖ tovushi: ―qattiq‖si va―yumshoq‖ si kirib
keldi. Shuning uchun ham u b harfinig ikki xil yozilish usuli bilan belgilandi;
―yumshoq‖si yumaloq shakldagi b harfi bilan (lotincha b -mollum) va ―qattiq‖si
kvadrat shakldagi L harfi bilan (lotincha Lkuadratum yoki tcarrum) belgilandi.
Bekar belgisi ham shundan kelib chiqqan.Asta – sekin ―yumshoq‖ si ―qattiq‖ si ga
qaraganda ko'proq qo'llanila boshlandi va b harfi si-bemol tovushi uchun berkitildi.
―Qattiq‖ si o' z nomini yo' qotib, uning uchun lotin alifbosining sakkizinchi harfi
(h) kiritildi.
Alteratsiya belgilarining harfiy tizimi
belgining
nomi
yozilishi
harfiy
ishorasi
do
re
mi
fa
sol
lya
si
Diez
©
is
ci
s
di
s
e
is
fi
s
gi
s
ai
s
hi
s
Bemol
es
ce
s
de
s
e
s
fe
s
ge
s
a
es
b
dubl-
diez
x
isis
ci
sis
di
sis
e
isis
fi
sis
gi
sis
ai
sis
hi
sis
dubl-
bemol
»
eses
ce
ses
de
ses
e
ses
fe
ses
ge
ses
a
eses
be
s
Tovush cho'zimini erkin (shartli) ravishda bo'linishi
Musiqada tovush cho' zimlari 2 ga bo'linishdan tashqari istalgan teng toq
qismlarga bo'linishi mumkin. Bunday bo'linishlarga erkin yoki shartli bo'linish
deyiladi. Buning natijasida ritmik shakllarning quyidagi turlari hosil bo'ladi.
Triol asosiy cho'zimni ikki qism o'rniga uch qismga bo'linishidan hosil bo'ladi:
Triollar bo'linayotgan asosiy cho' zimdan marta kichik cho'zimga teng bo'lgan
notalar bilan yoziladi.
52
Kvintol-asosiy cho'zimni to'rt qism o'rniga besh qismga bo'linishidan hosil bo'ladi:
Kvintollar bo'linayotgan asosiy cho' zimdan 4 marta kichik cho'zimga teng bo'lgan
notalar bilan yoziladi.
Septol- asosiy cho'zimni to'rt qism o'rniga etti qismga bo'linishidan hosil bo' ladi:
Septollar xuddi kvintollar kabi bo'linayotgan asosiy
cho'zimdan
4 marta kichik cho'zimga teng bo'lgan notalar bilan yoziladi.
Novemolvaundetsimollar – xuddi shu tamoyil asosida ya‘ni, asosiy cho'zimni 8
qism o'rniga 9, 11 va hokazo qismlarga bo'lish mumkin. Bunday ritmik shakllar
bo'linayotgan asosiy cho'zimdan 8 marta kichik cho'zimga teng bo'lgan notalar
bilan yoziladi.
53
Murakkabtriol – agarda oddiy triolning cho'zimlari o'z navbatida yana ham
maydaroq bo' laklarga bo' linsa, bir- biri bilan qo'shilib ketsa yoki boshqa biron-
bir ritmik
o'zgarishlarga duch kelsa - murakkab
triollar hosil bo'ladi, masalan:
bu
shaklga sekstol deb atalib, u juftlangan triol
yoki har bir cho'zimi ikkiga bo'lingan oddiy trioldan iboratdir, masalan:
Cho' zimlarning erkin (shartli) bo'linishida ritmik shakldagi notalarning aniq
cho'zimi yozilgan notalardan doimo kichik bo'ladi. Erkin (shartli) bo'linishdagi
tovush cho'zimlari shartli ravishda ifodalanganligi uchun ham cho'zimlar ning
erkin (shartli) bo'linishi deyiladi.
Duol va kvartollar1)Duol – bitta nuqtali tovush cho'zimini 3 qism o'rniga 2
qismga bo'linishidan hosil bo'ladi, masalan:
Kvartol – bitta nuqtali tovush cho'zimini 6 qism o'rniga 4 qismga bo'linishidan
hosil bo'ladi, masalan:
54
Musiqada asarni ijro qilish sur‘atiga, ijroning tezlik darajasiga temp deyiladi.
Musiqa asarini xarakterik ko'pincha uning tempi bilan aniqlanadi. T emplarning
uchta asosiy turi bir-biridan farq qilinadi: vazmin, o'rtacha va tez templar. Temp
musiqa asarini boshida yoki temp o'zgarishlari ro'y beradigan joylarga yoziladigan
og'zaki atamalar bilan ifodalanadi.
XlX asrning boshida templarni aniq belgilash va o'lchash uchun
qo'llaniladigan maxsus asbob –metronom kashf qilinadi. Metronom – Venalik
mexanik usta Meltsel tomonidan 1816 yilda takomillashtirilgan; shuning uchun
ham u Meltselmetro nomi deb ataladi va yozuvda M.M., harflari bilan belgilanadi,
masalan, M. M., q = 80. Bunda bir daqiqa davomida 80 ta choraktalik hisobiga
to'g'ri keladigan tovush cho'zimlarini chalish ko'zda tutiladi. Bu asbob hozirgi
davrda ancha eskirib qolganligi tufayli deyarli qo'lanilmaydi. Metronomning
zamonaviy kompyuterdagi ko'rinishi quyidagichadir:
Odatda vazmin templarga metronome mayatnigining 40 dan 120 martagacha
bo'lgan urishi, o'rtacha templarga 120 dan 160 gacha bo'lgan, tez templarga esa
160 dan 200 gacha bo'lgan urishi muvofiq keladi.
T emp ko'rsatkichlarining og'zaki atamalarini asosan italyan tilida yozish qabul
qilingan bo'lishiga qaramasdan, hozirda uning har xil: ruscha, o'zbekcha atamalari
ham keng qo'llanilib kelinmoqda. Ulardan eng muhimlari quyida keltiriladi.
Templarning uchta asosiy guruhi
55
Vazmin templar:
1. Larqo - keng
2.Lento - cho'zib
3.Adaqio - og'ir
4.Crave - juda og'ir
O' rtacha templar:
1.
Andante - osoyishta, shoshmasdan.
2.
Andantino- andantedan saltezlatib
3.
Moderato - o'rtacha
4.
Sostenuto - salobatli
5.
Alleqretto - jonlanib.
6.
Alleqro moderato - o'rtachatez
Tez templar:
1.
Allerqo - tez
2.
Vivo - jonliroq
3.
Vivace - jadal.
4.
Presto - tez, oshiqib
5.
Prestissimo- judatez
Bu atamalarga ko'pincha quyidagi aniqlovchi tushunchalar qo'shiladi: molto –
juda assai - nihoyat con moto – harakat bilan sommodo - erkin non troppo –
haddan tashqari emas non tanto – u qadar sekin emas sempre - doimo
meno mosso – kamroq harakat bilan piu mosso - ko'proq harakat bilan
Masalan: Allegro ma non troppo (Allegro manontroppo) - Tez, ammo haddan
tashqari emas; yoki Lento assai (Lento assai) – Nihoyat cho'zib va h.k.
Bir asarning o'zida temp bir necha marotaba o'zgarishi mumkin, shuningdek temp
tezlashishi va sekinlashishi mumkin.
Templarni sekin-asta susaytirish uchun quyidagi iboralar qo'llaniladi:
ritenuto- saqlanibroq
56
ritardando - kechikibroq
allarqando - kengaytirib
rallentando- sekinlatib
Sekin-asta tezlatish uchun esa: accelerando – yanada tezlatib animando -
ruhlantirib strinqendo - jadalroq
stretto – ixchamlantirib kabi iboralar qo'llaniladi. Dastlabki tempga qaytish:
a tempo - o'z tempida
tempo primo – dastlabki sur‘atda
tempo I - o'sha sur‘atda kabi so'zlar bilan ifodalanadi.
Agogika
Shuni ta‘kidlash lozimki, metronome musiqa asarining dastlabki,
boshlang'ich tempini aniqlash uchun xizmat qiladi , xolos. Biroq, musiqa asarini
boshidan oxirigacha ―metronome bo'yicha‖ ijro etish hech qachon tavsiya
etilmaydi; chunki musiqa san‘ati yuzaki tarzdagi, aniq metric bir maromlilikni
o'ziga singdirolmaydi. Musiqa odam nutqiga yaqinlashib, ifodali tarzda
jaranglashi uchun ijrochilar undagi davomli tovushlarni yana ham cho'zibroq,
nisbatan maydaroq tovushlarni yanada tezroq ijro qiladilar, nota matnida
ko'rsatilmagan bo' lishiga qaramasdan, frazalar yoki motivlar orasida ―havo
pauzalari‖ qiladilar.
Qat‘iy temp ko'rsatkichlaridan bunday tarzdagi agogik chetlashuvlar odatda,
keyingi ijrodagi qarama –qarshi chetlashuvlar bilan tekislanadi, masalan,
tezlashuvdan keying sekinlashuv va aksinchAkustika Muallif tomonidan ko'
rsatilgan qat‘iy temp ko'rsatkichlaridan yuqoridagi kabi che tlashuvlarga – agogika
deyiladi. Agogika - (yunoncha agogike) – olib ketish, chetlashish kabi manoni
beradi.
Agogik chetlashuvlar musiqa xarakteri va uslubiga bog' liq ravishda turli
darajalarda qo' llaniladi. XVIII asr mumtoz musiqasida eng kam darajadagi agogik
chetlashuvlar qilish mumkin bo'lsa, XIX asr romantic kompozitorlarining
musiqasida agogika keng qo'llanilishi, rubato (italyancha - yashirincha, o'g'irlab
57
kabi ma‘nolarni beradi) – deb ataladigan erkin ritmik ijroga yo'l qo'yish mumkin
bo'ladi.
Dinamik tuslar
Templar bilan bir qatorda tovush eshitilishining o'zgarishi ham muhim
musiqiy ifoda vositalaridan hisoblanadi.
Tovush eshitilishining turlicha darajalari dinamik tuslar deyiladi va ular maxsus
atamalar yoki belgilar bilan belgilanadi.
Eng ko'p qo'llaniladigan dinamik tuslarga quyidagilar kiradi:
1.Muttasil kuchlilik darajasi fortissimo - ff – juda kuchli forte - f - kuchli mezzo-
forte - mf -o'rtacha kuchli pianissimo - pp – juda past piano - p - past
mezzo piano -mp - o'rtacha past.
2.Muttasil o'zgaruvchan kuchlilik
crescendo -kuchaytirishbelgisi.
poco apococrescendo - sekin-astakuchaytirish.
diminuendo - pasayaborishbelgisi
poco a pocodiminuendo - sekin-astapasayish
smorzando - tinaboshlash
morendo - tinaboshlash
3. Kuchlilik darajasini o'zgartirish uchun piu forte – yana kuchli meno forte – sal
kuchli
sforzando - sf - ayrimtovushlarningkeskinzarbi.
Artikulyatsiya
Ijro xarakterini belgilovchi atamalar Artikulatsiya — (lotincha «articulatio»
so'zidan olinib, «bo'laman», «qismlarga bo'lib talaffuz qilaman» ma‘nolarini
anglatadi) tovushlarni bir- biriga bog'lab yoki ayrim-ayrim ijro qilish bilan
belgilanadigan tovush hosil qilish usullaridir. Artikulyatsiya belgilariga quyidagilar
kiradi:
58
1.Legato- (italyancha «legare» so'zidan olinib, «bog'lamoq» ma‘nosini beradi)
tovushlarni bir-biriga bog'lab, qo'shib ijro qilish.
P. Chaykovskiy «Qadimiy frantsuz qo'shig'i»
2.Stakkato - (italyancha «staccare» so'zidan olinib, «uzish», «bo'lish»
ma
,
nolariniberadi)tovushlarniuzib-uzib, qisqaijro qilish.
Masalan:
3. Markato- (italyancha «markare» so'zidan olinib, «ta‘kidlash», «ajratish»
ma‘nolarini beradi) har bir tovushni alohida ta‘kidlab ijro qilish.
4. Portamento-(italyancha «portare» so'zidan olinib, «ko'tarish», «ko'tarib olish»
ma‘nolarini beradi) fortepiano musiqasida qo'llaniladigan ―cho'ziq stakkato‖ning
alohida turi.
59
5.Spikkato- (italyancha ―spiccare‖ so'zidan olinib, ―yaqqol ajratish, ta‘kidlash‖
ma‘nolarini beradi) torli asboblar musiqasida uchraydigan ―o'tkir stakkato‖ning
alohida turi.
Ijro xarakterlarini yanada aniq belgilash uchun ko'pdan ko'p atamalar
qo'llanilib,
Ulardan eng ko'p qo'llaniladiganlari quyidagilardir.
Ijro xarakterini belgilash uchun qo'llaniladigan atamalar
Atamalarning
Italyancha
nomi
talaffuzi
ruschama‘nosi
o'zbekch
ama‘nosi
abbandona
mento
abbandonam
ente
нeпринуждeннo
erkin,
bemalol
accarezzev
ole
akkaretstsev
ole
ласкoвo
Erkalab
affettuozo
affettuzo
сeрдeчнo
Yurakdan
agitato
adjitato
вoзбуждeннo
to'lqinlanib
alla marcia
allyamarchy
a
в дуxe марша
Marshruhida
amabile
amabile
ласкoвo
Erkalab
amoroso
amorozo
любoвнo
Mehrbilan
animato
animato
вooдушeвлeннo,
zavq-
shavqbilan
appasionato
appassyonat
o
crpacTHo
Ehtirosbilan
ardente
ardente
с жарoм
Haroratbilan
brillante
brillyante
блeстящe
o'rinlatib,
do'ndirib
buffo
buffo
кoмичeски
Kulgili
cantabile
kantabile
пeвучe
ohangdor,
yoqimli
capriccioso
kaprichchoz
o
капризнo
injiqlikbilan
con amore
konamore
с любoвю
mehr-
muhabbatbila
n
con anima
konanima
с вooдушeвлeнийeм, с
чувствoм
zavq-shavq,
his-tuyg'u
bilan
con bravura
konbravura
блeстящe
qoyil-maqom
con brio
konbrio
с жарoм
haroratbilan
60
con dolore
kondolore
с грустю
g'amginlik
con
dolcezza
kondolchetst
sa
нeжнo, мягкo
mayin,
yumshoq
con
espressione
konespressy
one
с выражeнийeм
ifodali
con forza
konfortsa
с силoй
kuchbilan
con fuoko
konfuoko
с orHeM
o'tbilan
Muallif tomonidan to'g'ri topilgan va ijrochiga tushunarli bo'lgan turlicha
belgilar katta ahamiyatga ega bo' lib, musiqa asarining g' oyaviy-emotsional
mazmunini chuqur ochib berishga xizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida akustika xar xil tovush va kuylar bilan o‘zoro jambarchas
Akustika (yun. akustikos — eshitaman) — fizikaning tovush hodisalarini, ya‘ni
jismda mexanik to‗lqinlarning paydo bo‗lishi, tarqalishi va ularni qabul qilish
jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar orasidagi bog‗lanishni
o‗rganadigan bo‗limi. Tovushning tarqalish va qaytish qonunlari Yevklid
zamonida aniqlangan edi. 17-asrga kelib, tonning yuksakligi va tebranishlar soni
orasida bog‗lanish borligi aniqlandi. Galiley va fransuz fizigi Mersenn (1588—
1648) tovush to‗lqinining havoda tarqalishini ilmiy tushuntirdilar va tovush
tezligini o‗lchadilar. Torrichelli vakuumda (havosiz joyda) tovush tarqalmasligini
isbot qildi. Reley Akustikaning nazariy asoschisi bo‗ldi; uning "Tovush nazariyasi"
(1877) kitobi bosilib chiqdi. Akustika quyidagi sohalarga bo‗linadi:
•
umumiy akustika,
•
fiziologik akustika,
•
elektr akustika,
•
me‘moriy akustika
•
qurilish akustika,
•
musiqa akustikasi,
•
gidroakustika,
•
atmosfera akustika si
•
harbiy akustika
61
Umumiy akustika tovushning paydo bo‗lishi va tarqalishini hamda akustik
o‗lchash usullarini o‗rganadi. Tovush qisqa vaqt davom etadigan hodisa, uni
energiya bilan ta‘minlab turibgina uzoq davom ettirish mumkin. Tovush hosil
bo‗lishi uchun tebranish davom etishi kerak (avtotebranish). Tebranish tebranish
amplitudasi, soni, davri, tebranish shakli b-n, tovush to‗lqini to‗lqin uzunligi,
to‗lqinlar 282 tarqalish tezligi, to‗lqin energiyasi bilan ifodalanadi. Fiziologik
akustika tovushning eshitilishi, organizmga ta‘siri va h.k. bilan shug‗ullanadi.
Bunday akustika ning asosiy tushunchalarini Om va Gelmgols yaratgan. Elektr
akustika tovush energiyasining elektr energiyasiga, elektr energiyasi-ning tovush
energiyasiga aylanishi, tovush yozib olish, bino akustika si va ultratovush texnikasi
bilan shug‗ullanadi. Nemis ixtirochisi F. Reys telefon (1861) va ingliz ixtirochisi
akustika G. Bell (1876) mikrofon ixtiro qilganlaridan so‗ng telegraf aloqasi amalga
oshirildi. 1900 y. tovushli kino vujudga keldi.1925 y.dan tovush yozib olishning
elektr akustika usuli joriy qilindi.Elektron lampalar ixtiro qilingandan so‗ng elektr
akustika tez taraqqiy etdi. Me‘moriy akustika va qurilish akustika si binoning
hamma joyida tovush va musiqaning yaxshi eshitilishini ta‘minlash, tashqi
shovqinni kamaytirish masalalari bilan shug‗ullanadi. Qurilish akustika sida
reverberatsiyani amerikalik olim U. Sebin (Sabine) tadqiq qilgan va qurilish
materiallarining tovush o‗tkazish parametrlarini aniqlagan. Musiqa akustika si
musiqa hodisalari (tovush, tovushqator, hamohanglik, musiqa tizimlari va b.)ning
ob‘ektiv fizik qonuniyatlarini o‗rganib, ularga musiqani idrok etish jarayoni nuqtai
nazaridan yondashadi. Atmosfera akustika si va gidroakustika tovushning bir jinsli
bo‗lmagan va qatlamli muhitlarda tarqalishini o‗rganadi. Dengiz bir jinsli
bo‗lmagan muhit, unda tovush to‗lqinlari buriladi, yutiladi va sochi-ladi, bu uzoq,
masofadagi kemaning tur-gan joyini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu hodisalar
atmos-feraga ham tegishlidir. Harbiy akustika tovush tezligini bilgan holda
dushman turgan joyni aniqlash, tovush qaytishi yerdamida samolyotlar-ning uchish
yo‗nalishini, kuzatish pun-ktidan uzoqligini va h.k.ni aniqlash bilan
shug‗ullanadi.Tovush tutish — radio-lokatsiya, tovush eshitish — pelengatsiya
62
harbiy ishda keng tatbiq qilinadi. Suv osti kemalari, samolyotlar, akustik mi-nalar
ultratovush bilan boshqariladi.
Tovushlarni kuchaytirish va pasaytirish — akustikaviy tadqiotlarning ikki
amaliy tomonidir. Masalan, tomosha zallarida tovushni kuchaytirish o‘z-o‘zidan
talab qilinadi, Musiqqa yoki aktyorning nutqi har qanday joyga yaxshi eshitilishi
kerak. Zalda «o‘lik nuqtalar» va, albatta, aks — sado bo‘lmasligi lozim. Tovushni
pasaytirish muammosi esa uylar va ishlab chiqarishdagi ishchi o‘rinlarini
loyiqalashtirishda hisobga olinadi.
Musiqaning inson hayotidagi o‘rni.
Musiqa madanyati kishilik jamiyati manaviy hayotida muhim
o‘rintutadi. Chunki, musiqa inson qalbida go‘zal tuyg‘ularni uyg‘otadi, uni yaxshi
amallarni bajarishga chorlaydi. Shu bilan birga, musiqa, ayniqsa, ―yoqimli ovoz
yuksak ta‘sir kuchiga egabo‘lib, uni eshitish bilan inson ichki alamlardan xoli
bo‘ladi. Kishi har qanday qiyin chilikni, hatto ochlik, tashnalikni esidan chiqaradi.
Musiqa og‘ir mehnatdan keyin damolishning eng yaxshi vositasidir, musiqaning
ta‘sir ko‘chini hatto shundan ham bilsa bo‘ladiki, yig‘lab turgan bola ona allasini
eshitib, tinchlanadi va uxlab qoladi‖.
Musiqa madanyatining ildizlari qadim davrlarda shakillangan xalq
musiqa ijodiga borib taqaladi.
Har bir xalqning uzoq asrlardan kelayotgan ajdodlardan avlodlarga
bebaho ma‘naviy metos bo‘lib qolayotgan kuy va qo‘shiqlari, lapar va yallalari,
ashula va allalari bor. Goha bu ma‘naviy merosni bir ibora bilan ―milliy musiqa‖
ham deyishadi. Chunki, bu musiqa milliy o‘zlikni anglashda, millionlab kishilar
o‘larini bir tan –u bir jondek his qilishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda, kospiy bastakor va kompazitorlar ham o‘zlari ijod
qilayotgan doston, maqom, suvora, katta ashula yaki simfoniya va opera kabi
asarlarida xalq musiqasiga tayanadilar. Chunki, mazkur janrlarda yaratilgan
xalqchil musiqa asarlarining tinglovchiga badiiy- hissiy ta‘sir ko‘chiham yuqori
bo‘ladi.
63
Musiqaning odamlarning ma‘naviy boyligini shakillantirishdagi va
ularnitarbialashdagi ahamyati inobatga olinib, qariib har bir mamlakarda ushbu
san‘atni yash avlodga urgatishga muljallangan maxsus uquv maskamlari ochilgan.
Shunigdek, taniqli san‘atkorlar ijrosida magnit tasmalari va CD ga yozib olingan
asarlar omma orasida targ‘ib qilinavi. Musiqachilarning turli xil konsert zallari va
radio-televideniye dasturlari orqali ―chiqishlari‖ham hozirda odatiy bo‘lib qolgan.
Bo‘larning barchasi hozirgi davr musiqa madanyatini tashkil qiladi.
Sharq allomalari, shayxulmashoyixlar musiqa san‘atiga yuqori baho berib,
uning inson ruhiga ma‘naviy quvvat bo‘lib hizmat qilishini alohida ta‘kidlaganlar.
Xususan, Hazrat Abu Bakr Buxoriy- Kalobodiy (vaf.994-y.) musiqa tovulari-
nag‘malarni ta‘riflab, ularni ―jon quvvati va ruh ozig‘iturur. Agar jon
nag‘madanquvvat topsa, o‘zmaqomi sari ishraf aylaydi, ul maqom ila mashg‘ul
bo‘ladi‖, deb yozadi.
Demak, musiqa insonga ma‘naviy oziqa bo‘lishi bilan birga uni
tarbiyalashda ham ahamyatli ekan. Chunki, ruhi tetik va barkamol kishi o‘zida
yaxshi inasoniy fazilatlarni mujassam eta oladi.
Vatavdoshimiz Abu Nasir Forobiyning (873- 950) bu hususidagi fikri
ham e‘tiborlidir: ‖Musiqa ilmi shu ma‘noda foydaliki, u o‘z muvozanatini
yo‘qotgan odamlar hulqini tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xulqni
mukamml qiladi va muvazanatda bo‘lgan odamlar xulqining muvozanatini saqlab
turadi .Bu ilm tananing salomatiligi uchun foydalidir. Chunki tana kasal bo‘lsa, ruh
so‘ladi, tana to‘siqqa uchrasa, ruh ham to‘suqqa uchraydi. Shuning uchun
ovozlarning ta‘siri bilan ruhni sog‘aytirish yodamida tana sog‘aytiriladi…‖
Alloma Abu Ali Ibin Sinoning (980-1037) musiqaning katta tarbiyaviy
ahamiyti haqidagi quyidagi so‘zlari ham chuqur ma‘noga ega: ‖Bolaning
mijozini lo‘chaytirmoq uchun unga ikki narsani qullamoq kerak.Biri, bolaniasta
—sekin tebratish, ikkinchisi esa, uni uxlatish uchun aytish odat bo‘lib qolgan
musiqa va allalashdir. Shu ikkisiga qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi
bilan badan-tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste‘dodi hosil qilinadi‖.
64
Sharq mutafakkirlari musiqaning pok va go‘zal muhabbat tuyg‘ularini
ifodalovchi ajoyib xususiyatlari haqida ham hikmatli so‘zlarni bizlarga ma‘naviy
meros qoldirganlar.Bu o‘rinda hazrat Alisher Navoiyning (1441-1501) so‘zlari
bag‘oyat ta‘sirlidir:
―Otashin yuzluk mug‘anniyki, xilqidin
muloyim surud chiqorg‘ay,
Hol ahlining kuygan bag‘ridin dud Chiqorg‘ay‖.
Ya‘ni, ovoz chiroyli xonandaning yoqimli ashulasi muhabbat ahlining
qalbini yondiradi, kuydiradi.
Xalqimizning milliy ma‘naviyati va marifati rivojlanayotgan bir davrda,
musiqa merosimizni o‘rganish va san‘atni sevgan xalqimizga yetkazish
muhim,dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Biz o‘tmishda yashab ijod qilib
o‘tgan buyuk allomalarimizning tarixiy asarlarigagina murojaat qilib qolmay balki,
bunday san‘atkorlar qoldirib kelgan durdonalarni chuqurroq o‘rganishga harakat
qilamiz.
Buyuk sharq allomalari Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Al-Xorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Pahlovon Mahmud, Umar Xayyom, Mirzo Ulug‘bek, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Darvish Ali Changiy
va boshqa ko‘plab, ulug‘ bobokalonlarimiz o‘zlarining risolalarida ijrochilik
san‘atkorlik qonun qoidalariga oid qimmatli ma‘lumot va mulohazalri bayon etib
ketganlar.
Mashhur qomusiy asar ―Qobusnoma‖ da ham san‘atchilik qoidalariga
bag‘ishlangan alohida boblar mavjud sharx xalqlarining musiqiy merosi
bo‘lmish maqom, mug‘om, dastgoh, navba, raga, kuyi kabi ijrochilikning
murakkab turkumlari. avloddan-avlodga og‘zaki ravishda, o‘tib kelgan bizga
qadimdan ma‘lumki, chunki u davrlarda yozma xolda yozish bo‘lmagan,
ya‘ni bastakorlik san‘ati bo‘lmagan, keyinchalik XV-XVIII asrlarga kelib
asta sekinlik bilan xalqlar bir-biriga birlashib uyishib yashashi oqibatida
ularning turlicha madaniy turmush tarzi ham rivojlanib boradi. Natijada
keyingi asrlarga kelib Buxoroning ―Shashmaqon‖ (Oltimaqon), ―Buzruk‖,
65
―Rost‖, ―Navo‖, ―Dugox‖, ―Seygox‖, ―Iroq‖ maqomlari o‘zining nasr va
mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo‘lsa. Farg‘onaning ‖Chormaqom ‖ (to‘rt
maqom),―Dugoh-Husayn‖ning yetti yo‘li, ―Chorgoh‖ning oltita ijrochilik yo‘li,
―Gulyori Shaxnoz‖ning oltita ijrochilik yo‘li hamda ―Bayot‖ yo‘llari bilan jilolanib
o‘z yo‘lini topib borgan va ijro etilgan.
2.5.SHOVQINLAR VA ULARNI SOG‘LIKKA ZARARI
Shovqin darajalari
Inson tinchligini buzadigan har qanday tovushga so‗zlashuv tilida shovqin
deyiladi. Xoh uyda, xoh ishxonada bo‗lsin tovush zarbalariga duch kelamiz. Temir
yo‗l, havo yo‗li va avtomobil yo‗li transportlari, zavod va fabrika uskunalari,
musiqa va boshqa vositalar shovqin keltirib chiqaruvchi omillar sirasiga kiradi. O'q
ovozi, bolg‗a zarbasi kabilar impulsi kuchliligidan xavfli shovqinga sabab bo‗lishi
mumkin. Bunday tovushlar 500 millisoniyadan ozroq vaqt ichida birdaniga 40
detsibelga ko‗tarilib ketadi. Misol uchun o‗q otilgan payt shovqin kuchi 1
millisoniyada 165-170 detsibelgacha ko‗tariladi.
Eng shovqin-suronli shaharlar
Shaharning shovqinlik darajasi aholi va transport soni, ishlab chiqarish
korxonalari ko‗pligi hamda aeroport va vokzallarning joylashgan o‗rni bilan
baholanadi. Yaqin yillargacha 35 million aholiga ega Tokio shahri dunyodagi eng
shovqinli shahar sifatida e'tirof qilingan. Kechki Tokio shovqin-suroni Parijnikidan
o‗n marta, Nyu-Yorknikidan to‗rt marta kuchli sanaladi. Biroq, yaqinda
Butunjahon sog‗liqni saqlash tashkiloti Argentina poytaxti Buenos-Ayresni bu
borada Yaponiya poytaxtidan ham o‗tib ketganini qayd etdi.
Birlik yuzadan o‗tgan tovush energiyasi bilan o‗lchanadigan tovush
intensivligi tovush balandligini belgilab beruvchi kattalik hisoblanadi. Biroq bu
intensivlik miqdori oralig‗i (eshitish bo‗sag‗asidan og‗riq sezgi bo‗sag‗asigacha)
bir trillionni (1 000 000 000 000) tashkil qilgani sababli, oson ifodalash uchun
66
amalda uning logarifmlangan ko‗rinishi, ya'ni nisbiy intensivlik qo‗llaniladi.
Tovush nisbiy intensivligining birligi telefon ixtirochisi Aleksandr Graxam Bell
sharafiga bel deb atalgan. Lekin ko‗pincha uning bir tartib kichik birligi detsibel
ishlatiladi.
Shovqin va ruhiyat
Urbanlashgan shaharlarda shovqin-suron juda ko‗p asab kasalliklarini keltirib
chiqaradi. Yaponiya milliy hisoboti dalillariga ko‗ra, mamlakat aholisini eng ko‗p
bezovta qiladigan unsur, shovqin ekan. Angliyadagi shifokorlarning hisob-kitobiga
ko‗ra, erkaklarning to‗rtdan bir va ayollarning uchdan biri shovqin oqibatida asab
kasalliklariga uchrar ekan. Frantsuz ruhshunoslarining bildirishicha, ruhiy
kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarning har beshtasidan bittasi
shovqin tufayli aqlidan ajragan ekan. Shovqinning asab tizimiga salbiy ta'siri ish
jarayonidagi o‗ta asabiylashish bilan bir xil ekani tadqiqotlarda isbotlangan.
Yuqori darajadagi shovqin homilaga ham o‗ta salbiy ta'sir ko‗rsatishi aniqlangan
bo‗lib, tug‗ilajak chaqaloqlarda turli nuqson va tugma kasalliklarni keltirib
chiqarar ekan.
Iqtisodiy zarar
Butunjahon sog‗liqni saqlash tashkilotining qaydnomasida ko‗rsatilishicha,
AQSh shovqin-surondan yiliga 4 milliard dollar zarar ko‗rar ekan. O'z navbatida
olimlar zavod va fabrikalarning bu boradagi ziyoni 1 detsibelga kamaytirilsa,
mehnat unumdorligi 0,3-1 foizga oshishini aniqlagan.
Diskoteka, rok, jaz ...
Diskotekalar hamda rok, pop va jaz musiqasi kontsertlarida shovqin og‗riq
beradigan darajagacha ko‗tariladi. Natijada, u yerdagi kishilar gangib, sal qolsa es-
hushidan ajragudek bo‗lishadi. Shovqindan quloq pardasi yirtilib ketgudek holga
keladi, quloq ichida zirillash, guvillash kuzatiladi. Uzoq muddat bunday shovqin
ostida vaqt o‗tkazgan inson ruhiyati ziyon ko‗rishi aniq. Bu kabi maskanlardan
67
chiqqan kishilar biron-bir yaqin joyda o‗zlariga kelishga ehtiyoj sezadilar. Dam
olayotgan paytlarida xalaqit qilinishidan qattiq g‗azablanishadi. Hatto ayrimlari
xalaqit bergan kishini o‗ldirishga ham tayyor holga kelishlari so‗rovnomalarda
qayd qilingan. Uzoq yillar davom etgan faoliyatidan so‗ng g‗arbdagi ko‗pgina rok
yulduzlarining eshitish qobiliyatlari shovqin oqibatida juda pasayib ketgani
aniqlangan.
«Gullarga baqirmang!»
Olimlar 12 xil gullarning shovqin va sokinlik sharoitida o‗sish jarayonini
tekshirib ko‗rishdi. Aniqlanishicha, shovqin gullar o‗sishini 47 foizga kamaytirar
ekan. Boshqa bir tajribada, gulni poezd yo‗li yaqiniga ekishganida 100 detsibel
shovqin ostida qolgan gul o‗n kun o‗tgach so‗lib qolgan. Demak, bog‗ va
parklardaga «uzmang» va «bosmang» yozuvlari yoniga «baqirmang» yoki
«shovqin qilmang» degan taxtacha ham o‗rnatish foydadan holi emas. Kuchli
shovqin nafaqat o‗simliklarga, balki har qanday tirik organizmga salbiy ta'sir
ko‗rsatadi. Buenos-Ayresdagi laboratoriyalardan birida o‗tkazilgan tajribada
kalamushlar baland ovoz chiqaruvchi radiokarnaylar o‗rnatilgan yerto‗laga qo‗yib
yuborilgan. Bir necha daqiqadan keyin kalamushlar falaj bo‗lib qolishgan. Olti
soatdan keyin esa jon berishgan. Parrandalarda pat to‗kilishi, sigirlardan sut
qochishiga ham ko‗pincha shovqin sabab bo‗ladi. Shuningdek, suv kristallariga
eng ko‗p salbiy ta'sir ko‗rsatadigan omillar qatorida shovqin-suron ham borligi
qayd qilingan.
Shovqinning quloqqa ta'siri
Shovqin ta'sirida ichki quloq nerv hujayralari tuzatib bo‗lmaydigan darajada
jarohatlanishi mumkin. Kuchli ovoz ta'sirida quloq pardasi yirtilishi, quloq
bo‗g‗imlari orasidagi bog‗lanishlar uzilishi kuzatilgan. O'ta yuqori energiyaga ega
tovushning salbiy ta'siri ichki quloqqacha yetib boradi va ovoz chastotasiga ko‗ra
zararlanadi. Natijada, o‗sha chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati pasayadi.
Bu holat takrorlanaversa eshitish qobiliyati butunlay yo‗qolishi ham ehtimoldan
68
holi emas. Yoki kishining qulog‗ida hayoti davomida bezovta qiladigan shovqin va
g‗uvillash paydo bo‗ladi. Bunga akustik travma deyiladi. Akustik travma asosan
4000 Gerts chastotali tovushlarda sodir bo‗ladi. Tovush kuchi qanchalik yuqori va
ta'sir qilish muddati qanchalik uzun bo‗lsa, quloqni ham shuncha uzoqroq vaqt
dam oldirish kerak.
Misol uchun 100 detsibelli shovqin ostida 2 soat davomida tinglagan quloq 16
soat istirohat qilishi lozim. Aks holda ichki quloqdagi mayda hujayralar o‗zlarini
o‗nglay olmay, ishga yaroqsiz holga kelib qoladilar.
50 detsibeldan yuqori shovqin o‗zaro so‗zlashuvda xalaqit beradi. 70
detsibeldan baland bo‗lgan shovqinda esa suhbat jarayoni qiyinlashadi. 90 detsibel
shovqin ostida 10 yil ishlagan odamning eshitish qobiliyatini yo‗qotish ehtimoli 10
foiz, 100 detsibelda - 29, 110 detsibedda - 55 foizga teng.
Eshitishdagi tabiiy pasayishni bunga qo‗shadigan bo‗lsak, hayotini ko‗pincha
shovqinli muhitda o‗tkazgan inson qarigach kar bo‗lib qolishi yoki ovozni
kuchaytirib beradigan apparatlarga ehtiyoj sezish foydalanish ehtimoli yuqori.
Shuningdek, sanoat va texnikadagi shovqin turli xildagi halokatlarga ham sabab
bo‗ladi. Tinch muhitda ishlaydigan insonlarga qaraganda, shovqinli joylarda
ishlaydigan odamlarda ish jarayonidagi baxtsiz hodisalar 3-4 marta ko‗proq
kuzatilgan.
Boshqa a'zolarga ta'siri
Shovqinning organizmga ta'siri murakkab jarayon bo‗lib, kam o‗rganilgan
sohalar sirasiga kiradi. 90 detsibel shovqinli sharoitda ishlashning eshitish
qobiliyatini susaytirishidan tashqari, oshqozon shilliq qavati yallig‗lanishi va ichak
yarasi kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi ham aniqlangan. 120 detsibellik shovqin
to‗qimalarda mexanik tebranishlarni vujudga keltiradi va nerv hujayralarining
buzilishiga olib keladi. 130 detsibellik shovqin kishini kasalga chalintirishi
muqarrar shovqin o‗z navbatida jismoniy sog‗liqqa va ruhiy muvozanatga ham
ta'sir etadi. Eshitish markazi bilan boshqa markazlar orasidagi bog‗lar susayadi.
Hayajon ziyodalashadi va natijada neyroendokrin tizim faoliyati me'yordan
chiqadi. Boshqa fiziologik funktsiyalarga ham putur yetadi. Boshda og‗riq va
69
g‗uvillash, tana holatini o‗zgartirganda bosh aylanish, tez toliqish, diqqat-
e'tiborning pasayishi, terlash, uyqu buzilishi kabi holatlar shovqinning salbiy
asoratlari hisoblanadi. Shovqin natijasida chaqaloqning erta tug‗ilishi ham
kuzatilgan. Shovqin ta'siridagi bezovtalanishdan qon tarkibida va ba'zi
garmonlarda o‗zgarishlar qayd qilingan. Albatta, bu o‗zgarishlar butun tanaga ta'sir
o‗tkazmay qolmaydi. Shuningdek, sershovqin joylarda ishlaydigan insonlarda qon
bosimi ortishi nisbatan ko‗p uchraydi.
Saqlanish choralari
Albatta, yuqorida sanab o‗tilgan zararli ta'sirlardan saqlanishning iloji bor.
Bular sirasiga shovqin izolyatsiyasiga e'tibor berish, ishxonada shovqinsiz ish
qurollari va usullaridan foydalanishni yo‗lga qo‗yish, yuk avtomobillari
yo‗nalishini shahar chekkasidan o‗tkazish, aeroport, vokzallarni iloji boricha
shahardan uzoqroq joylarda barpo etish kabilar kiradi. Atrofdagilarni bezovta
qilmaslik uchun radio, magnitofon va televizor ovozlarini pastroq qilib qo‗yish
lozim. Undan tashqari shovqin-suronli muhitda maxsus quloq niqobi kapsulalardan
foydalanish kerak. Sershovqin joyda uzoq vaqt qolishga to‗g‗ri kelsa, keyin biror
muddat tinch muhitda dam olish zarur. Ko‗kalamzorlashtirish ham shovqinlarni
yutishda yaxshi natija beradi. Birgina daraxtlarning o‗zi 10 dan to 20 detsibelgacha
shovqinni pasaytirishi qayd etilgan. Dunyodagi ko‗pgina universitet
kampuslarining shahar chekkasiga ko‗chirilayotgani ham shovqindan va
shaharning gavjum muhitidan uzoq bo‗lish maqsadida ko‗rilayotgan choralardan
sanaladi. So‗nggi paytda keng qo‗llanilayotgan plastik romlar ham shovqin
izolyatsiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda shovqinga qarshi kurashish
borasida turli ilmiy izlanishlar va ixtirolar amalga oshirilmoqda. Masalan, Tubigen
shahridan (Germaniya) Kostor Vasilevich ichi bo‗sh kub parchalardan tashkil
topgan tovush yutadigan rezonans devor ishlab chiqdi. Unga urilgan tovush
energiyasining ko‗p qismi devorning ichki qismida yutiladi. Qaytgan tovush
to‗lqinlarining bir qismi esa faza o‗zgarishi sababli kelayotgan yangi tovushlarni
devorga yetib kelmasidan so‗ndiradi. Shahar shovqinining 80 foizini transport
70
vositalaridan chiqadigan dvigatel tovushlari tashkil qilgani uchun motorni tovush
yutgich material bilan g‗iloflash borasida ham izlanishlar qilinmoqda. Muhandis
X.Atbert tebranishlarni so‗ndiruvchi akustik material ishlab chiqishga erishdi. Bu
material sintetik g‗ilof ichiga joylashtirilgan maxsus shaklga ega metall
plastinkadan iborat. Bir necha ana shunday plastik g‗iloflar bilan motorning tashqi
qismi o‗ralganda shovqin ma'lum darajada pasayishi qayd etilgan. G'ilofni baland
tovush chiqaradigan uskunalar va poezd vagonlarida ham qo‗llash mumkin.
Quloq va eshitish
Quloq tashqi, o‗rta va ichki o‗laroq uch qismdan iborat a'zodir. Quloq suprasi
havo oqimi tebranishini tutib olish xususiyatiga ega. O'rta quloq bolg‗acha,
sandoncha va uzangicha deb ataluvchi suyakchalardan iborat. Bolg‗acha sopi
nog‗ora pardasiga, old tomoni esa sandonchaga tegadi. Uzunligi 35 mm. bo‗lgan
spiralsimon tuzilishga ega ichi maxsus suyuqlik bilan to‗lgan chig‗anoq esa ichki
quloqni tashkil etadi.
Havo tebranishi avval nog‗ora pardaga uriladi. Keyin navbat bilan bolg‗acha,
sandoncha va uzangichadan o‗tib, chig‗anoqning oval oynasini oldinga va orqaga
harakatlantiradi. Natijada chig‗anoq ichidagi suyuqlik to‗lqinlanib kiprikchalarni
harakatga keltiradi. Ya'ni miyadagi eshitish markaziga nerv impulslari boradi.
Shunda biz tovush sezgisini qabul qilamiz. Ma'lum diapazondagi to‗lqinlarni (16
Gts dan 20 kGts gacha) eshita oladigan inson qulog‗i tovush kuchi borasida ham
chegaralangan. Eshitish analizatorining eng yuqori sezgirlik diapazoni 10003000
Gerts (suhbat sohasi). So‗nggi yillardagi tadqiqotlar natijasida 7 yoshdan kichik
bolalar 25-34 kGn chastotadagi (katta yoshdagilar eshita olmaydigan) tovushlarni
eshita olishi ma'lum bo‗ldi.
Shovqinga qarshi kurash
O‘zbekistonda shovqinga qarshi kurashishga davlat miqyosidagi muammo
sifatida qaralmoqda. Odam organizmiga shovqin ta‘sir etishining oldini olish
uchun qator tashkiliy, texnik va meditsina tadbirlari ko‘riladi. Texnologik
71
uskunalar va turli xil transportlarning shovqinini pasaytirish tadbirlari
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarish sharoitini sog‘lomlashtirish
va kishilarning ayniqsa tungi paytlarda normal dam olishini ta‘minlash bo‘yicha
kompleks injener-texnik va tashkiliy choralar ishlab chiqilmoqda.
Shovqinga qarshi kurashish masalalarini hal qilishda sanitariya-
epidemiologiya xizmatining ahamiyati katta. Sanitariya-epidemiologiya xizmati
turar-joylar, jamoat va sanoat binolarini loyihalash, qurish va ishlatish ustidan
profilaktik va joriy nazorat olib boradi.
Shovqin uni keltirib chiqaruvchi sabablarga qarab turli usul va vositalar
yordamida pasaytiriladi. Ishlab chiqarishdagi shovqin maxsus shovqin yutuvchi
vositalar, chunonchi: poydevorlarga amortizatsiyalovchi, tovush o‘tkazmaydigan
va tovush yutuvchi qurilish materiallari ishlatish, tovushni izolyatsiyalovchi
to‘siqlar va yopmalar qo‘llanish, qurilish materiallarini to‘g‘ri tanlab foydalanish,
mashinalarni izolyatsiyalash (ularni germetiklash) va boshqalar yordamida
birmuncha kamaytiriladi. Shovqinga qarshi individual himoya vositalaridan
foydalanishning ahamiyati ham muhim.
Ko‘cha shovqiniga qarshi kurashishda:
aholi ko‘p yashaydigan rayonlarni sershovqin transport turi (tramvay, yuk
avtomashinalari va boshqalar) dan holi qilish;
tramvay o‘rniga trolleybus va avtomabillar ishlatish;
transport signalini ta‘qiqlash;
yo‘l qoplamalarini to‘g‘ri qurish;
ko‘chalarni to‘g‘ri planirovkalash;
sanoat korxonalari, aeroportlar va temir yo‘l liniyalarini shahar tashqarisiga
qurish;
binolarni tovush o‘tkazmaydigan qilib ishlashning hal qiluvchi ahamiyati
bor.
72
XULOSA
Xulosa o‘rnida akustika xar xil tovush va kuylar bilan o‘zoro jambarchas
bog‘liqdir. Akustika (yun. akustikos — eshitaman) — fizikaning tovush
hodisalarini, ya‘ni jismda mexanik to‗lqinlarning paydo bo‗lishi, tarqalishi va
ularni qabul qilish jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar
orasidagi bog‗lanishni o‗rganadigan bo‗limi. Tovushning tarqalish va qaytish
qonunlari Yevklid zamonida aniqlangan edi. 17-asrga kelib, tonning yuksakligi va
tebranishlar soni orasida bog‗lanish borligi aniqlandi. Galiley va fransuz fizigi
Mersenn (1588—1648) tovush to‗lqinining havoda tarqalishini ilmiy tushuntirdilar
va tovush tezligini o‗lchadilar. Torrichelli vakuumda (havosiz joyda) tovush
tarqalmasligini isbot qildi. Reley Akustikaning nazariy asoschisi bo‗ldi; uning
"Tovush nazariyasi" (1877) kitobi bosilib chiqdi. Akustika quyidagi sohalarga
bo‗linadi:
•
umumiy akustika,
•
fiziologik akustika,
•
elektr akustika,
•
me‘moriy akustika
•
qurilish akustika,
•
musiqa akustikasi,
•
gidroakustika,
•
atmosfera akustika si
•
harbiy akustika
Umumiy akustika tovushning paydo bo‗lishi va tarqalishini hamda akustik
o‗lchash usullarini o‗rganadi. Tovush qisqa vaqt davom etadigan hodisa, uni
energiya bilan ta‘minlab turibgina uzoq davom ettirish mumkin. Tovush hosil
bo‗lishi uchun tebranish davom etishi kerak (avtotebranish). Tebranish tebranish
amplitudasi, soni, davri, tebranish shakli b-n, tovush to‗lqini to‗lqin uzunligi,
to‗lqinlar 282 tarqalish tezligi, to‗lqin energiyasi bilan ifodalanadi. Fiziologik
akustika tovushning eshitilishi, organizmga ta‘siri va h.k. bilan shug‗ullanadi.
73
Bunday akustika ning asosiy tushunchalarini Om va Gelmgols yaratgan. Elektr
akustika tovush energiyasining elektr energiyasiga, elektr energiyasining tovush
energiyasiga aylanishi, tovush yozib olish, bino akustika si va ultratovush texnikasi
bilan shug‗ullanadi. Nemis ixtirochisi F. Reys telefon (1861) va ingliz ixtirochisi
akustika G. Bell (1876) mikrofon ixtiro qilganlaridan so‗ng telegraf aloqasi amalga
oshirildi. 1900 y. tovushli kino vujudga keldi.1925 y.dan tovush yozib olishning
elektr akustika usuli joriy qilindi.Elektron lampalar ixtiro qilingandan so‗ng elektr
akustika tez taraqqiy etdi. Me‘moriy akustika va qurilish akustika si binoning
hamma joyida tovush va musiqaning yaxshi eshitilishini ta‘minlash, tashqi
shovqinni kamaytirish masalalari bilan shug‗ullanadi. Qurilish akustika sida
reverberatsiyani amerikalik olim U. Sebin (Sabine) tadqiq qilgan va qurilish
materiallarining tovush o‗tkazish parametrlarini aniqlagan. Musiqa akustika si
musiqa hodisalari (tovush, tovushqator, hamohanglik, musiqa tizimlari va b.)ning
ob‘ektiv fizik qonuniyatlarini o‗rganib, ularga musiqani idrok etish jarayoni nuqtai
nazaridan yondashadi. Atmosfera akustika si va gidroakustika tovushning bir jinsli
bo‗lmagan va qatlamli muhitlarda tarqalishini o‗rganadi. Dengiz bir jinsli
bo‗lmagan muhit, unda tovush to‗lqinlari buriladi, yutiladi va sochi-ladi, bu uzoq,
masofadagi kemaning tur-gan joyini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu hodisalar
atmos-feraga ham tegishlidir. Harbiy akustika tovush tezligini bilgan holda
dushman turgan joyni aniqlash, tovush qaytishi yerdamida samolyotlar-ning uchish
yo‗nalishini, kuzatish pun-ktidan uzoqligini va h.k.ni aniqlash bilan
shug‗ullanadi.Tovush tutish — radio-lokatsiya, tovush eshitish — pelengatsiya
harbiy ishda keng tatbiq qilinadi. Suv osti kemalari, samolyotlar, akustik mi-nalar
ultratovush bilan boshqariladi.
Tovushlarni kuchaytirish va pasaytirish — akustikaviy tadqiotlarning ikki
amaliy tomonidir. Masalan, tomosha zallarida tovushni kuchaytirish o‘z-o‘zidan
talab qilinadi, Musiqqa yoki aktyorning nutqi har qanday joyga yaxshi eshitilishi
kerak. Zalda «o‘lik nuqtalar» va, albatta, aks — sado bo‘lmasligi lozim. Tovushni
pasaytirish muammosi esa uylar va ishlab chiqarishdagi ishchi o‘rinlarini
loyiqalashtirishda hisobga olinadi.
74
Ushbu ishda quyidagi xulosaga kelindi:
1. Mehanik tebranish va to‘lqinlar. Akustik tebranish manbalari o‘rganildi va
uning sanoatda kengroq qo‘llanishi haqida taxlil qilindi.
2. Tovush to‘lqinlari xarakteristikasi. Tebranish sistemalari o‘rganildi va taxlil
qilindi.
3. Inson qulog‘ining tuzilishi. Nutqni idrok qilish va uni inson psixologiyasiga
ta‘sirlari o‘rganildi.
4. Musiqa tovushlari, shovqin va uni sog‘likka zarari o‘rganildi va uni insonga
ta‘sirini kamaytirish yo‘llari izlab topildi.
75
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Гершензон Е.М. и др. Курс общей физики. Механика. М., «Просвещение».
1987.
2. Савельев И.В. Умумий физика курси. 1 том. Тошкент, ―Ўқитувчи‖, 1973.
3. Ахмаджонов О. Физика курси. Механика ва молекуляр физика. Тошкент,
―Ўқитувчи‖, 1985
4. Л. В. Тарасов ФИЗИКА в ПРИРОДЕ МОСКВА «ПРОСВЕЩЕНИЕ» 1988
5. Малоҳат Назарова Рукн: Маънавият ва маърифат 2014 йил 25 февраль
6.
http://www.ziyouz.com/
Ibrohim Xudayberganov "Irmoq" jurnali arxividan
7. Isakovich M. A, Obshaya akustika, M., 1973;
8.Xayasaka Tetsuo, Elektroakustika, per.s yapon. I. I.Ivanchika, M., 1982
9.Pavlovskaya V. I. i dr., Akustika i elek-troakusticheskaya apparatura, M., 1986
10.
Sviker E., Feldkeller R., Uxo kak priyomnik informatsii, per, s nem., M., 1971;
11.Fiziologiya sensornmx sistem, ch. 2, L., 1972;
12.Almatov K.T., Allomuradov Sh ., Umumiyfiziologiya,T., 2004.
Dostları ilə paylaş: |