8. ROLIKLI KONVEYERLAR
Rolikli konveyerlar (yoki rolganlar) asosan donali yuklarni gorizontal yoki
sal nishab tekislikda tashish uchun qo‘llaniladi.
Kichik va mayda yuklar xamda tayanch bazasiga ega bo‘lmagan yuklar
taglik (poddon) yoki yashiklarda tashiladi. YUklar ko‘zg‘almas o‘qli roliklar
ustidan sirpanib oldiga qarab siljiydi. Ikkita yonma-yon roliklar orasidagi masofa
shunday bo‘lishi kerakki, bunda yuk kamida ikkita rolik ustiga joylashgan bo‘lishi
lozim.
Yuklar itarib (tolkanie) xarakatga keltiriladi yoki bo‘lmasa roliklar maxsus
yuritma orqali xarakatga keltiriladi. Birinchi xolatda roliklar yuritmasiz, ikkinchi
xolatda esa yuritmali deb ataladi.
Yuritmasiz rolikli konveyer mebel shchit to‘plamlarini ish joyiga keltirishda
va ulardan olib ketishda ko‘llaniladi. Bundan tashqari yuritmasiz roliklardan ustida
xar-xil zagotovka va shchitlarni saqlashda xam foydalanish mumkin. Quyida
rolikli konveyerni texnikaviy tavsifi keltiriladi.
Yukni ko‘tarib turish kuchi (gruzopod’emnost) , kg. ....….700
Balandligi, mm ……………………………..................……250
Gabarit o‘lchamlari, mm:
18
uzunligi……………............................…………… 1700
eni (kengligi)……............................………………..600
Massasi, kg ……………............….....……………………..200
9 - rasmda yuritmasiz va yuritmali rolikli konveyerlarni sxemasi keltirilgan.
9 – rasm. Yuritmali va yuritmasiz rolikli konveyerlar:
a – gorizontal yuritmasiz; b – nishabli yuritmasiz (gravitatsion); v- yuritmali
konveyer (ustidan ko‘rinishi).
Yuritmali rolganglarda roliklar zanjirli uzatma yordamida (9 -rasm,
v
) elektr
dvigatel orqali harakatga keltiriladi. Ular ustida harakatlanadigan yukka juda oz
miqdorda qarshilik ko‘rsatishi tufayli mebel va taxta-tilish korxona sexlarida har
xil yuklarni bir joydan ikkinchi joyga tashishda juda keng ko‘llaniladi.
Tekshirish uchun savollar:
1. Transport tasmalarining qanday ko‘rinishlari mavjud?
2. Transport tasmalarining eni (kengiligi) qanday aniqlanadi?
3. Tasmali transportiyorlarda ko‘tarib turuvchi va yo‘naltiruvchi
roliklarning konstruktiv tuzilishi va ahamiyati?
4. Sochiluvchan va donador yuklarga tavsif bering?
5. Qanday uzluksiz ishlaydigan transport mashinalarini bilasiz?
6. Elevator qanday ishlarda qo‘lanilladi?
7. Elevator ish unumini topish formulasini yozib bering?
8. Qirg‘ichli konveyerlar qaerda ishlatiladi?
9. YUritmali va yuritmasiz konveyerlaga tavsif bering?
Tayanch so‘z va iboralar:
ko‘tarish- tashshish mashinalari (PTM), tasmali, zanjirli, vint(shnek)li,
rolikli osma konveyerlar, elevator va ko‘targichlar.
|