21
boshlaydi va yuk zarrachalari elastik shlang
2
orqali truboprovod
3
ga kelib
tushadi.
Havo aralashgan yuk, yuk bo‘shatiladigan siklon
4
(cho‘kma kamera) ga
kelib tushadi va aralashma tezligi truboprovod va bo‘shatgich kesimlarining har
xilligi tufayli keskin ravishda pasayadi. Aralashma oqimi yo‘nalishi ham o‘zgaradi.
Buning natijasida yuk zarrachalari o‘zining kinetik energiyasini yo‘qotadi va
kamera
4
tubiga cho‘kadi. Yuk zarrachalaridan xolis bo‘lgan havo truboprovod
orqali chang tutgich
6
ga kelib tushadi, filtrlanadi va toza xavo xolida vakkum
nasos
7
va patrubok
8′
orqali atmosferaga chiqib ketadi. Kamera
4
tubiga cho‘kkan
yuk shlyuzli zatvor
5
orqali tashqariga olinadi va biror bunker yoki transport
vositasiga bo‘shatiladi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, so‘rib oluvchi pnevmatik qurilma bir vaqtni
o‘zida bir necha nuqta(joy)lardan yukni so‘rib olib, bitta yuk tushirish punkitiga
yo‘naltirishi mumkin. So‘rib oluvchi pnevmatik qurilma asosan oson to‘kiladigan,
changsimon va mayda zarrachali yuklarni uncha uzoq bo‘lmagan masofaga
tashishda ko‘p qo‘llaniladi.
Dam berib haydovchi pnevmatik qurilmalarda
(10- rasm,
b
), kompressor
11
sistema ichida 0,5-0,6 MPa gacha bosim hosil qiladi.
Siqilgan havo, xavo yig‘gich (vozduxozabornik) resiver
10
orqali
truboprovod
3
ga o‘tadi, bu vaqtda unga vintli ta’minlagich
9
dan yuk kelib
tushadi. Bundan hosil bo‘lgan yuk-havo aralashmasi truboprovod orqali yuk
tushadigan siklon
4
kelib tushadi va bu erda yuk zarrachalari cho‘ka boshlaydi.
YUkni asosiy qismdan ozod bo‘lgan havo filtr
6
ga o‘tadi va patrubkalar
8
va
8′
orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Filtr
6
va yuk kelib tushadigan siklon
4
dan
yukni chiqarib olish shlyuzli zatvor
5
orqali amalga oshiriladi.
Dam beruvchi qurilmalar yukni bir joyni o‘zidan ergashtirib uni
truboprovodning
bir
necha
tarmoqlari
bo‘yicha
tashlab
o‘tadi.
Pnevmotransportning bu turi yirik bo‘lakli(kuskovoy) yuklarni uzoq masofalarga
uzatishda keng qo‘llaniladi.
Pnevmotransport qurilmalarining uchinchi turi yuqoridagilarni qo‘shilmasi (
suruvchi va dam berib xaydovchi) bo‘lib, uning sxemasi 10-rasm
v
da ko‘rsatilgan.
Diqqat bilan qarab uni tushunib olish o‘quvchiga qiyinlik tug‘dirmagani
uchun, biz u xakda to‘xtab o‘tirishni lozim topmadik.
Dostları ilə paylaş: