Biotexnologiya


Lipazalarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141
720 (1)

Lipazalarning kimyoviy tarkibi 
Lipazalarning ko'pchiligi murakkab oqsil bo’lib, ular aminokislotalar va 
karbonsuvlardan tashkil topgan. 
Lipazalar lipid sirtiga yopishib, lipolitik reaktsiyalarni muvaffaqiyatli va samarali 
katalizlashi uchun ferment sirtida etarli darajada uzun bo’lgan gidrofob qism bo’lishi 
zarur. Gidrofob qism fermentni substrat bilan o’zaro munosabatga kirishini 
engillashtiradi. Ammo, lipazalarning aminokislotalar tarkibi o’rganilganda, kutilmagan 
natijalar aniqlandi. Lipaza fermenti tarkibida qutblanmagan aminokislotalar miqdori 
odatdagidek ekanligi va ferment sirtida gidrofil qism borligi aniqlandi. Masalan, 
qutblanmagan aminokislotalar qoldiqlarining qutblangan aminokislotalar qoldiqlariga 
nisbati katta emas; pankreatik lipazada bu nisbat 0.74, kalamushdan ajratilgan lipazada 
esa 0.72 ni tashkil etadi. Ayrim boshqa fermentlarda quyidagicha: 
cho’chqadan ajratilgan ximotripsinogen A -0,80 
cho’chqa ribonukleazasi -0,47 
karboksipetidazaA1 -0,61 
amilaza -0,67
Cho’chqa oshqozon osti bezidan ajratilgan lipaza (PPL) o’rganilganda, bu 
ferment 2ta glikolizlangan izoformadan:PPLAvaPPLBdan tashkil topganligi, bu 
formalarning aminokislotalar ketma-ketligi bir xil ekanligi va ularfaqat uglevod qismi 
bilan farqlanishi aniqlangan. Har ikkala izoformaning 1molida2.9 molN-
atsetilglyukozamin, 3,8 mol mannoza va 0,5-1mol fukoza mavjud. 
Keyinroq odam oshqozon osti bezidan ajratib olingan lipazalar (HPL) ham 
glikolizlangan ferment ekanligi va bu ferment tarkibida hamN-atsetilglyukozamin va 
mannoza borligi aniqlangan. Ammo, ot (HosL), qo’y(OPL) va qoramol(BPL)oshqozon 
osti bezidan ajratib olingan lipazalarda uglevod qism topilmagan. 


Ma'lumki,
Chromobacterium viscosum
(CvL)dan ajratib olingan lipaza 2 ta 
barqaror holatdagi izoformalardan: CvLAvaCvLVdan iborat.Ularning molekulyar 
og'irligi tegishli ravishda 120 va 30 kDa. Past molekulyar og'irlikka (30 kilodalton) ega 
bo’lgan izoforma, yuqori darajada faollikka va barqarorlikka ega. U glikoproteid emas. 
Yuqori molekulyar izoforma (CvLA), umumiy lipaza miqdorini 30% ni tashkil etadi. 
Geotrichum candidum
zamburug'idan ham lipazani 2 ta izomeri ajratib olingan: 
GeL I (rJ 4,56) vaGeL II. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin