Biotexnologiya


Lipoliz jarayoniga ta'sir ko’rsatuvchi omillar



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141
720 (1)

Lipoliz jarayoniga ta'sir ko’rsatuvchi omillar 
Lipazalar 
aktivatorlarini 
(faollashtiruvchilarini) 
o’rganish asnosida, bu 
fermentlarni katalitik ta'siri uchun kofaktor kerak emas, degan fikrga kelingan. Suvda 
eruvchan substratlarga ta'sir ko’rsatuvchi fermentlardan farqli o’laroq, lipazalar suvli 
faza bilan gidrofob substratlar orasidagi chegaradagina ta'sir etganligi sababli, aynan 
mana shu chegaraga ta'sir ko’rsatuvchi ko’plab moddalar bu fermentni faolligini 
o’zgartirishi mumkin. 
Lipoliz (lipaza fermenti ishtirokida parchalanish reaktsiyasi) jarayonining eng 
muhim aktivatorlari qatoriga osh tuzi, kaltsiy ionlari, safro kislotalari, yog' kislotalarini 
kiritish mumkin.
Osh tuzi (NaCl)ni lipoliz jarayoniga ta'siri 
Osh tuzi va boshqa anorganik tuzlar, ikki faza oralig'idagi sirtga qarama-qarshi 
ionlar tashiydi va yog' kislotalarining dissotsiatsiya konstantalariga ta'sir etadi. Bu esa 
lipaza katalizlaydigan reaktsiya tezligining oshishiga olib keladi. Ammo, NaClni uzun 
zanjirli triglitseridlar lipolizidagi roli biroz boshqacharoq. Ba'zida, osh tuzi umuman 
qo’shilmagan muhitda lipoliz jarayoni mutlaqo kechmaydi.
Qarama-qarshi 
ionlar bo’lmaganda elektrostatik ta'sir ferment-substrat 
kompleksini hosil bo’lishiga halaqit beradi, degan fikrga kelish mumkin. Ko’pchilik 
olimlarning fikricha, qisqa zanjirli glitseridlarni lipazalar ta'sirida parchalanish 
jarayonini NaClfaollaydi. ChunkiNaClmavjud bo’lgan muhitda mitsella hosil bo’lish 
jarayoni ham tezlashadi. Mitsellalangan agregatlarga esa lipazani ta'siri kuchayadi.
Kaltsiy ionlarini lipoliz jarayoniga ta'siri 
 
Triglitseridlar gidroliziga kaltsiy ionlarini ta'siri, eng avvalo, lipoliz natijasida 
hosil bo’ladigan va bu jarayonga salbiy ta'sir ko’rsatadigan yog' kislotalari bilan tuz 
hosil qilish bilan bog'liq. Ba'zi-bir hollarda, kaltsiy ionlarini ishtiroki, lipolizni 
boshlang'ich reaktsiya tezligini oshirishga olib kelmaydi. Ko’pgina lipazalar uchun 
kaltsiy ionlarini ta'siri natriy va boshqa ionlar ta'siriga o’xshab ketadi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin