Immunogenlik
– moddaning organizmga kirganida immun reaktsiya chaqirish hususiyati
polimerlar sorbtsion immobilizatsiyada ishlatiladi. Stirol asosidagi polimerlar turli hil
strukturaga ega; yirik g'ovakli, getero g'ovakli va h.k.
Polimer gidrofil tashuvchilarni tayyorlashda akrilamiddan foydalaniladi.
Akrilamid – akril kislotasining hosilasi.
Poliakrilamid geliga hujayralar va fermentlarni immobilizatsiyalash keng
tarqalgan usullardan biridir. Poliakrilamid geli strukturasi - qattiq, g'alvirsimon, fazoviy.
Poliakrilamid geli kimyoviy moddalar ta'siriga chidamli.
Poliamid tashuvchilar ham sintetik polimer bo'lib, ularning molekulasida amid
guruhi -С(О)-NH- takrorlanib keladi. Ushbu tashuvchidagi amid guruhi kimyoviy
moddalar orqali faollantirilsa, unga kovalent bog' bilan fermentlarni ulash mumkin.
Fermentlar asosida ta'siri uzaytrilgan dori vositalarini tayyorlashda N-
vinilpirrolidon tashuvchisi qo'llaniladi. Sintetik polimer tashuvchilar kamchiliklardan
holi emas. Aksariyat polimer tashuvchilar organizmda to'planib qoladi (kumulyatsiya).
Shuning uchun tibbiy maqsadlarda ishlatiladigan fermentlar ko'pincha tabiiy
polimerlarga (asosan dekstranlar) immobilizatsiyalanadi. Sintetik polimerlardan esa
ko'proq N-vinilpirrolidon asosidagi tashuvchilar tanlanadi.
Hozirgi kunda parchalanganida zaharli moddalar hosil qilmaydigan yangi
sintetik polimerlar olish ustida tadqiqotlat olib borilyapti.
Fermentlarning immobilizatsiyalash usullari
Fermentlarni immobilizatsiyalashning 2 ta usuli bor:
1. kimyoviy immobilizatsiya
2. fizikaviy immobilizatsiya
Fizikaviy immobilizatsiyada ferment tashuvchi bilan kimyoviy bog' orqali
bog'lanmaydi. Fizikaviy immobilizatsiya ham o'z navbatida 4 usulda amalga oshiriladi:
fermentni erimaydigan tashuvchiga adsorbtsiyalash;
fermentni gel' g'ovaklariga kiritish;
ferment molekulasini yarim o'tkazgich membrana yordamida reaktsion muhitdan
ajratib qo'yish;
fermentni ikki fazali muhitga kiritish; bunda ferment faqat bitta fazada joylashgan
bo'ladi
Fermentlarimmobilizatsiyasiningfizikaviyusullari: а - erimaydigantashuvchigaadsorbtsiyalash, b – gelgakiritish, c –
yarimo'tkazgichmembranagakiritish, d – 2tafazadaniboratmuhitgakiritish.
Adsorbtsion immobilizatsiya ancha eski usul hisoblanadi. Bu usul dastlab 1916 yil
amalga oshirilgan. Uni bajarish juda oson; fermentning suvli eritmasi adsorbent orqali
o'tkaziladi.
39-rasm. Adsorbtsion immobilizatsiya.
Bunda
ferment
tashuvchiga
ya'ni
adsorbentga
adsorbtsiyalanadi.
Fermentning
adsorbtsiyalanmay
qolgan
qismi
yuvib
tashlanadi.
Adsorbtsion immobilizatsiyaning afzalliklari:
ishlatiladigan tashuvchilar narhining arzonligi;
tashuvchiga istalgan shakl berish imkoniyati;
tashuvchi g'ovaklari o'lchamlarini o'zgartirish imkoniyati;
usulning soddaligi;
ferment tashuvchi g'ovaklari bilan spetsifik bog'lanadi, bu esa fermentni
tozalanishiga ham sabab bo'ladi.
Adsorbtsion immobilizatsiyaning kamchiliklari:
ferment tashuvchi bilan mustahkam bog'lanmaydi;
tashuvchini tanlash bo'yicha umumiy ko'rsatma yoki qoida mavjud emas;
fermentni tashuvchiga adsorbtsiyalashning optimal sharoitlarini aniqlash qiyin.
Fermentni gelga kiritishda yuqorida zikr qilingan ayrim kamchiliklarni chetlab
o'tish mumkin. Bu usul ham birmuncha oddiy. Ferment bir-biri bilan zich to'qilib gel'
hosil qilgan polimer to'rga kiritiladi. Gel' ichida ferment polimer zanjirlarga vodorod va
ion bog'lar bilan bog'lanadi. To'r zich bo'lgani uchun ferment uni o'rab turgan eritmaga
chiqib ketolmaydi. Lekin substrat to'r ichkarisiga kira oladi.
Gelning polimer zanjirlari orasidagi bo'shliq suv bilan to'lib turadi. Masalan,
akril kislotasi polimerlaridan hosil bo'lgan gellarda polimer konsentratsiyasi va uning
tabiatiga qarab 50% dan 90%gacha suv bo'ladi. Fermentni gelga kiritishning 2 usuli bor:
-
ferment monomerning suvli eritmasiga solinadi, keyin polimerizatsiya reaktsiyasi
o'tkaziladi, natijada tarkibida ferment saqlagan polimer gel' hosil bo'ladi (reaktsion
muhitga ko'pincha bifunktsional «tikuvchi» agentlar ham qo'shiladi, ular polimer
zanjirlarni bir-biriga bog'laydi va gel' molekulasida 3 qavatli to'r vujudga keladi);
-
ferment tayyor polimer eritmasiga solinadi,
so'ngra polimer gelga aylantiriladi.
Gelga joylashtirilgan ferment molekulasi.
Fermentni gelga kiritish usuli yordamida
istalgan geometrik shakldagi preparat tayyorlash
mumkin.
Ushbu
usul
yordamida
nafaqat
fermentlarni, balki poliferment sistemalar va hujayralarni ham immobilizatsiyalash
imkoni mavjud. Bu esa gelga kiritish usulining universalligidan dalolat beradi. Gelga
kiritilgan ferment barqaror bo'lib, bakteriyalar «hujumi»dan ham himoyalangan. Chunki
bakteriyalar gelning mayda g'ovakli polimer to'ridan o'tolmaydi. Lekin gelning mayda
g'ovaklari substrat uchun kichik bo'lib qolishi ehtimoli bor. Substrat ferment joylashgan
katakchaga etib borolmasa, fermentativ reaktsiya sodir bo'lmaydi. Shuning uchun agar
substrat yuqori molekulyar modda bo'lsa,
immobilizatsiyaning bu turidan foydalanish
to'g'ri bo'lmaydi.
Mikrokapsulalar.
Fermentlarni membranalar yordamida immobilizatsiylash printsipi uncha
murakkab emas; fermentning suvli eritmasi substratning suvli eritmasidan yarim
o'tkazgich membrana orqali ajratib qo'yiladi. Yarim o'tkazgich membrana g'ovaklaridan
substrat oson o'tib
ketadi. Ammo ferment molekulasi katta bo'lgani
uchun substrat tomonga o'tolmaydi. Usulning samaradorligi yarim o'tkazgich membrana
va uning tabiatiga bog'liq. Fermentning suvli eritmasini mahsus mikrokapsulaga kiritish
ham mumkin. Mikrokapsula – devori yupqa polimerdan iborat sharsimon pufakcha.
Organik erituvchida erigan polimerga fermentning suvli eirtmasi aralashtirilsa,
emulsiya hosil bo'ladi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng polimerning organik eritmasi kichik-
kichik sharchalar ko'rinishida qotib qoladi. Sharchalarning ichiga ferment joylahib
olgan bo'ladi.
Organik erituvhchida eritilgan polimer o'rniga yuqori molekulyar massaga ega
uglevodorodlardan ham foydalanish mumkin. Immobilizatsiyaning bu usuli fermentni
suyuq membranaga kiritish usuli
deyiladi. Bunda uglevodorod ferment molekulasini
yarim o'tkazgich membrana sifatida qoplab oladi. Fermentlarni liposomaga va turli hil
tolalarga kiritib immobilizatsiyalash ham suyuq membranaga kiritish usuliga
taalluqlidir.
Immobilizatsiyada
membranalardan
foydalanish
katta
samara
beradi.
Fermentlarni membranalar yordamida immobilizatsiyalash tarkibida ko'p miqdorda
ferment saqlagan preparatlar tayyorlash imkonini beradi. Fermentni suyuq membranaga
kiritish usuli universal bo'lib, uni nafaqat fermentlarga, balki hujayralar, hujayra
fragmentlariga ham qo'llash mumkin. Usulda ishlatilayotgan membranalar yupqa
bo'lganligi uchun ferment substrat bilan oson bog'lanadi, fermentativ reaktsiya tezligi
pasaymaydi. Usulning kamchiligi – yuqori molekulyar massaga ega substratlar
membranaga joylashgan ferment bilan birikolmaydi. Natijada fermentativ reaktsiya
ketmaydi.
Fermentlarni ikki fazali sistema orqali ham immobilizatsiyalasa bo'ladi. Ferment
fazalarning faqat bittasida eriydi, fazalar oralig'ida esa substrat va reaktsiya mahsuloti
bo'ladi. Mahsulot ferment erimaydigan fazaga yig'iladi. Mahsulot yig'ilgan faza
muhitdan ajratib olinadi. Ferment erigan faza esa keyingi reaktsiya uchun olib qo'yiladi.
Bu usulning boshqa usullardan afzalligi – yuqori molekulyar substratlarni parchalash
imkoni borligi.
Kimyoviy immobilizatsiya tashuvchi va ferment orasida kovalent bog' hosil
qilishga asoslanadi. Kimyoviy immobilizatsiya asosida olingan preparatlarning 2ta
asosiy ustunligi bor:
-birinchidan, tashuvchi va ferment orasidagi kovalent bog' ularni bir-biri bilan
mustahkam bog'lanishiga sabab bo'ladi, turli parametrlar, masalan, pH va temperatura
keskin o'zgarganida ferment tashuvchidan desorbtsiyalanib ketmaydi (kimyoviy usulda
immobilizatsiyalangan fermentlarning bu hususiyatlari tibbiyot va oziq-ovqat
mahsulotlarini olishda, kimyoviy analizda juda muhim rol' o'ynaydi);
-ikkinchidan, kimyoviy usulda modifikatsiyalangan fermentning hossalari, masalan,
spetsifikligi, katalitik faolligi, barqarorligi va h.k. o'zgaradi.
Kimyoviy immobilizatsiya san'at darajasiga ko'tarilgan usul bo'lib, uning
muvaffaqqiyatli chiqishi tadqiqotchining mahoratiga bog'liq. Tadqiqotchining asosiy
vazifasi – fermentning katalitik faolligini pasaytirmagan holda uning molekulasida
yangi kovalent bog'lar hosil qilish.
Kimyoviy immobilizatsiya fizik usullarga nisbatan murakkab va qimmat.
Shuning uchun biotehnologiya sanoatida ko'proq fizik immobilizatsiyadan
foydalaniladi.
42-
rasm.. Fermentlarning kimyoviy immobilizatsiyalasi shemasi.
Dostları ilə paylaş: |