Nazoratuchunsavollar
1.Fermentlar nima?
2. Zamonaviy biotehnologiyada fermentlarning o'rni.
3. Fermentlarni inson organizmidagi roli.
Lipidlar olish
uchun xom ashyo
manbalari
4. Fermentlar barqarorligini oshirish yo'llari.
5. Fermentlarni kimyoviy usulda immobilizatsiyalash.
6. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash.
7. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: gel'ga kiritish.
8. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: mikrokapsula olish.
9. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: liposomaga kiritish.
10. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: nanosomalar olish.
MASHG‘ULOT № 14
MAVZU: Bug'doy donidan lipaza fermentini ajratish va uning gidrolitik faolligini
aniqlash
Mashg'ulot shakli:
«Biotexnologiya»
yo‘nalishitalabalariuchunlaboratoriyamashg‘uloti.
Mashg'ulot uslubi:
«Muloqot» usuli.«FSMU»o‘yinlitexnologiya.
Mashg‘ulotmaqsadi:
biologik material bilan ishlashni o'rganish muhandis-biotehnolog
uchun juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik organizmlar
bilan ishlaydi
Mavzuning ahamiyati:
biologik material bilan ishlashni o'rganish muhandis-
biotehnolog uchun juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik
organizmlar bilan ishlaydi
Ishningnazariyqismi
Lipazalar (KF 3.1.1.3.-triatsil glitserol
gidrolazalar) barcha tirik organizmlarda sodir
bo´ladigan lipidlar almashinuvida bosh vazifani
bajaradi va hujayralarni energetik zahirasini
to´planish jarayonlarida ishtirok etadi. Lipazalar
nafaqat
ovqat
hazm
bo´lish
yo´lidagi
triglitseridlarni
(yog´larni),
di-,
monoglitsiridlargacha va sofholatdagi yog´
kislotalarigacha parchalanish jarayonlaridaham
ishtirok etadi.
43-rasm. Dengiz cho´chqasidan ajratilgan pankreatik
lipazamolekulasining kompyuter modeli.
Lipazalar suvli va organik muhitlarda ham
barqaror
bo´lib,
ular
o´simliklardan,
hayvonlardan, hamda tabiiy va rekombinant
mikroorganizmlardan ham ajratib olinishi mumkin. Xozirgi davrda lipazalar juda ko´p
soha va jarayonlarda ishlatilib kelinmoqda. Jumladan, tibbiyot amaliyotida tashxis
qo´yish va davolashda, oziq-ovqat sanoatida, kosmetikada¸qog´oz ishlab-chiqarishda¸
detergentlar (kir yuvish vositalari) tayyorlash va organik sintezda muvaffaqqiyat bilan
ishlatilib kelinmoqda. Keyingi vaqtlarda bu fermentlarni biokatalitik xususiyatlarini
optimallashga katta e'tiborberilmoqda. Biotexnologik jarayonlarga mos bo´lgan lipaza
tanlash, uni ishlab chiqarishni arzon va oson usullarini yaratish xamon dolzarbligicha
qolmoqda.
Hozirgi davrga kelib olimlar tomonidan lipidlarga va to´yinmagan yog´
kislotalariga bo´lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
Organizm fermentativ tizimga ega bo´lganligiga qaramasdan, juda ko´p yog´
kislotalari, birinchi navbatda linol va linolen kislotalari inson organizmida
sintezlanmaydi. Aynan mana shu kislotalarni ozuqada kam uchrashi, har xil
patologiyalarni kelib chiqishiga sabab bo´ladi. Shuning uchun ham bu kislotalarni
«almashinmaydigan yog´ kislotalari» deb ataladi. Linol va linolen kislotalari birlashgan
nomga ham egalar.
Ularni «vitamin F» ham deb aytish qabul qilingan. Organizmda mana shu
kislotalarni etishmasligi, xolesterinni to´yingan yog´ kislotalari bilan juda qiyin
oksidlanadigan murakkab efirlar hosil qilishiga olib keladi. Bu moddalar, kimyoviy
mustahkam bo´lganliklari sababli, qonda, xususan arteriya qon tomirlarining devorlarida
to´planib qoladi.
44-rasm. Qon tomiridagi tromb.
Organizmda to´yinmagan yog´ kislotalari etarli
bo´lgan hollarda, ular xolesterin bilan reaktsiyaga
kirishib, murakkab efirlar hosil qiladilar va bunday efirlar
engil oksidlanib, kichik molekulyar og´irlikka ega
bo´lgan moddalar hosil qilib¸ organizmdan oson chiqib ketadi. Keyingi yillarda linolen
kislotasi dorivor modda sifatida ko´plab og´ir kasalliklarni (ateroskleroz, yurak
ishemiya hastaligi va boshqalar) davolash yoki ularni oldini olish maqsadida, tibbiyot
amaliyotida keng ishlatilib kelinmoqda. Ma'lumki, o´simlik yog´lari, ularni tarkibiga
kiruvchi yog´ kislotalarini tuzilishi bo´yicha bir-birlaridan farqqiladilar. Masalan,
maxsar o´simligidan ajratilgan (
Carthamus tinctori
) yog´ tarkibida 80% gacha linolen
kislotasi saqlanadi. Shuning uchun ham bu o´simlik linolen kislotasi olish uchun yaxshi
manba hisoblanadi.
Bugungi kunda, sof holatdagi yog´ kislotalarini olishni eng istiqbolli yo´llaridan
biri, fermentativ gidroliz usuli hisoblanadi. Lipaza fermenti ishtirokida olib boriladigan
bu usul atrof muhitni ifloslantirmaydi.
Lipazalarni, boshqa esterazalardan farqli tomoni shundaki, ular aggregatsiyaga uchragan
substrat molekulalari sirtida faollanadilar. Lipazalar, o´zlarining substratlari (yog´
tomchilarini) sirtida adsorbtsiyaga uchraydilar va faollanadilar. Ilmiy adabiyotlarda,
lipidli monoqavatlarda adsorbtsiyalangan lipazalar, substratlarni parchalanish darajasini
belgilab beruvchi, ferment-substrat kompleksini hosil bo´lishiga olib keluvchi lipazalar
haqida ko´plab ma'lumotlar keltirilgan.
Lipaza suvda eriydigan ferment bo´lib, inson organizmida sintezlanib, neytral
yog´larni fraktsiyalashda, eritishda va hazm qilishda ishtirok etadi.Ushbu ferment bir
qancha organ, to´qimalarda sintezlanadi va bir necha turlarga bo´linadi:
Oshqozon osti bezi lipazasi
Lingval lipaza (laktatsiya davridagi go´daklarning og´iz bo´shlig´ida joylashgan
bezlarda sintezlanadi)
Jigar lipazasi
Ichak lipazasi
O´pka lipazasi
Dostları ilə paylaş: |