Biotexnologiya


O'simliklarni mikroklonal ko'paytirish



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   141
720 (1)

O'simliklarni mikroklonal ko'paytirish 
 


Flakonlardagi ozuqa muhitiga ekilgan mikroklonlar. 
O'simliklarni 
in vitro
sharoitda vegetativ 
ko'paytirish 
mikroklonal ko'paytirish
deb ataladi. Urug'li o'simliklar ikki hil yo'l bilan ko'payadi; urug'i orqali va vegetativ 
usulda. Ikkala usulning afzallik va kamchiliklari bor. Urug' orqali ko'paytirishdagi 
kamchiliklar: 
uzoq vaqt talab etiladi; 
ekiladigan material genetikasining turli-tumanligi. 
Vegetativ ko'paytirishda genotip saqlanadi, uzoq vaqt talab etilmaydi. Biroq 
aksariyat o'simliklarni vegetativ usulda ko'paytirib bo'lmaydi.Sababi: 
ko'pchilik navlar (masalan, eman, qayin, archa, yong'oqmevalilar va boshq.) hattoki 
yosh novda paytida ham vegetativ usulda samarali ko'paymaydi; 
yog'och shohli o'simliklar yoshi 10-15dan katta bo'lsa, ularni vegetativ usulda 
ko'paytirib bo'lmaydi; 
standart ekuv materialini olishning murakkabligi; 
yoshi katta o'simliklarni payvandlash jarayonining murakkabligi; 
yil davomida genetikasi bir hil material olish qiyin, buning uchun ishlab chiqilgan 
tehnologiyalar ham samarasiz 
O'simlik hujayralari va to'qimalari kul'turasi sohasida erishilgan yutuqlar 
natijasida o'simliklarni vegetativ ko'paytirishning yangi usuli - mikroklonal 
ko'paytirish usuli vujudga keldi. Usulning mohiyati o'simliklarning 
totipotentlik
hossasiga asoslanadi. O'simliklarni mikroklonal ko'paytirish usuli boshqa an'anaviy 
usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega: 
genetikasi bir hil ekuv materiali tayyorlash mumkin; 
meristema to'qimasidan foydalanilganligi boisidan, o'simlik viruslardan qutuladi; 
ko'payish koeffitsientining yuqoriligi; 
selektsiya vaqtining qisqarishi; 
o'simlik reproduktiv rivojlanish fazasiga tezroq o'tadi; 
an'anaviy usullarda ko'paytirish qiyin bo'lgan o'simliklarni ham ko'paytirish 
imkoniyati; 
ekuv materiali uchun katta er maydoni shart emas.
XX asrning 50-yillarida Jorj Morel' ilk marotaba orhideya o'simligini mikroklonal 
usulda ko'paytirishga muvaffaq bo'ldi.
Ozuqa muhiti solingan konteynerlarga ekuv materiallari ekilgan. 
O'sha davrda o'simliklarning apikal 
meristemasini 
in vitro
sharoitda ko'paytirish 


tehnikasi ishlab chiqilgan edi. J.Morel' o'z ishida ushbu tehnikadan samarali foydalandi. 
50-yillarda apikal meristemani ko'paytirishda dastlabki eksplant sifatida 
chinnigul, no'hot, kungaboqar, makkajo'hori, qoqio't kabi o'simliklardan foydalanilgan. 
O'simlikning rivojlanishi va regeneratsiyasiga ozuqa muhitining tarkibi qanday ta'sir 
qilishi o'rganilgan. 
J.Morel' tadqiqotlarida simbidium apikal meristemalarini kuzatgan. Simbidium 
apikal meristemalari sharsimon sferalar -
protokormlar
hosil qilgan. Protokormlarni 
bo'lib, alohida har bir bo'lagini ozuqa muhitiga ekish mumkin. Har bir bo'lak ildiz 
chiqarib ko'chat holiga keladi. Morel' bu ishlarni uzluksiz amalga oshirish mumkinligini 
aniqladi. Natijada yuqori sifatli, viruslardan holi, 
genetikasi bir hil ko'chatlar olish usuli yuzaga keldi.
Mikroklonal ko'paytirish usulida turli-tuman 
o'simliklarni, jumladan, yoshi katta yog'och shohli 
darahtlar, 
ayniqsa 
ignabarglilar, 
dorivor 
o'simliklarni ko'paytirish mumkin. Butkul yo'qolib 
ketish havfi bo'lgan o'simliklarni ham shu usul 
yordamida saqlab qolsa bo'ladi.
Yog'och shohli o'simlik to'qimalari kul'turasi haqidagi dastlabki ma'lumotlar 
fransuz olimi Gotre tomonidan XX asrning 20-yillarida chop etilgan. Unda 
qayrag'och,qarag'ayning ayrim turlari 
in vitro 
sharoitda kallus hosil qilishi mumkinligi 
aytilgan. 40-yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki,qayrag'ochning turli 
to'qimalaridan adventiv shohchalar o'sar ekan. Biroq shohchalar o'sib, ko'chat bo'lib 
etilishi haqida ma'lumotlar olinmagan. 60-yillarning o'rtalarida Mates tog'terakdan 
olingan regenerantni (o'simlik tanasining biror eridan kesib olingan va qayta tiklangan 
to'qima yoki organ) ko'chat holigacha etishtirishga muvaffaq bo'ldi. 
Ignabarglilar to'qimalari kul'turasi olimlar uchun uzoq yillargacha tadqiqot 
ob'ekti bo'lib kelgan. Sababi, o'sha davrda o'simliklardan ajratilgan hattoki yosh 
to'qimalarni ham o'stirishda muammolar etarli edi. Ma'lumki, darahtlar ayniqsa, 
ignabarglilar sekin o'sadi, ildizining rivojlanishi ham qiyin kechadi. Bundan tashqari, 
ignabarglilardan juda ko'p miqdorda ikkilamchi moddalar (fenollar, terpenlar va boshq.) 
ajraladi. O'stirish uchun daraht tanasidan to'qimalar ajratilganda ushbu ikkilamchi 
moddalar fenolaza fermentlari ta'sirida oksidlanadi. Oksidlangan moddalar esa o'z 
navbatida hujayralarni bo'linishini va ularni o'sishini, rivojlanishini to'htatadi. Lekin 
shunga qaramay, olimlar tadqiqot uchun aynan darahtlarning organ va to'qimalarini 
tanlamoqdalar. Bugungi kunga kelib, 200 dan ortiq daraht turlarini (kashtan, eman, 
qayin, tog'terak, tog'terak va terak gibridi, qarag'ay, zarang, archa va boshq.)
in vitro
sharoitda o'stirishga erishildi. Soha bo'yicha ilmiy izlanishlar dunyoning ko'plab 
shaharlarida hali davom etmoqda.


in vitro
sharoitda o'stirilib, tuproqqa moslashtirish 
uchun issiqhonaga ekilgan o'simliklar 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin