U, ayni paytda turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga
imkon yaratadi.
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv
materialining turli
bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:
Boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida;
Mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilish va mazmunini belgilash, ular
orasidagi asosiy qismlar,
tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash,
mavzuni yanada
chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;
Ohirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida;
“Skarabey” texnologiyasini o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u
faoliyatning
fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan xolda ishlab chiqilgan. U
o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga
oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni engillashtiruvchi
chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin. “Skarabey”
alohida ishlarda,
kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin.
«BLITS-O’YIN» TEXNOLOGIYASI.
№ Tayyorlash bosqichlari
Yakka tartib
To’g’ri javob
Xato
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
«BLITS-O’YIN» uslubida talabalarni mashg’ulot mavzusini
tekshirish uchun jadvalda
keltirilgan mavzu bosqichlarini to’gri ketma-ketligini belgilashdan iborat. Bunda
taldaba jadvalda keltirilgan tayyorlash bosqichiga raqamlar qo’yib chiqadi (yakka
tartibdagi javob katagiga). So’ng, o’qituvchi tomonidan e'lon qilingan «to’gri javob»
katagiga yoziladi. Yakka tartibdagi va to’gri javoblar ayirmasi «xato»
katagida qayd
etiladi va ularning jami mezon bo’yicha baholanadi.
Dostları ilə paylaş: