Masalan, bakteriyalar gen muhandisligi usullari yordamida
oson modifikatsiyalanadi,
ular tez ko'payadi va ularni biotehnologiya sanoatida ishlatish qulay. Hozirda
bakteryalar yordamida odam insulini ishlab chiqarilmoqda.
Biroq odam organizmida oqsillarning normal «ishlashi» uchun ular
posttranslyatsion davrdagi o'zgarishlardan (atsetillash, fosforlanish, karboksillanish va
bosq.) o'tishi lozim. Bunday o'zgarishlarni vujudga
keltiruvchi biokimyoviy
mehanizmlar prokariotlarda yo'q. Shu sababli prokariotlarda sintezlangan oqsillarning
hammasi ham odam organizmiga to'g'ri kelavermaydi. Bundan tashqari, bakterial
hujayradan dorivor oqsillarni ajratish va tozalash qiyin.
Chunki hujayra qayta
ishlanayotganda bizga kerakli oqsil bilan birga hujayraning boshqa elementlari ham
ajraladi.
Transgen drojjilar kul'turasi va odam hujayralari kul'turasida yuqoridagi
kamchiliklar yo'q. Ammo ularning mahsuldorligi past.
So'ngi yillarda biotehnologiya jadal rivojlanmoqda. Lekin farmakologiya uchun
zarur bo'lgan dorivor oqsillar hali-hanuz donorlik qonidan olinmoqda. Masalan,
fibrinogen, antitrombin, al'bumin, immunoglobulinlar va boshq. Agarda,
odam uchun
zarur bo'lgan sifatli va arzon dorivor oqsillar etarli darajada ishlab chiqarilganida,
ko'plab bemorlarning hayotini saqlab qolish mumkin bo'lar edi. Shu kabi muammolarni
hal etish bugungi kun tibbiyotining asosiy maqsadlaridan biridir. Shuning uchun inson
salomatligi uchun zarur bo'lgan oqsillarni sintez qiluvchi produtsent-organizmlarni,
ayniqsa transgen hayvonlarni yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni hal etish strategiyasi quyidagicha:
sut bezlarida begona gen ekspressiyalanuvchi transgen hayvon yaratish;
sut bezlaridagi begona gen «ishlab ketib» uning mahsuloti sut bilan ajralib chiqishi;
sut bilan ajralib chiqqan mahsulotni tibbiy va boshqa foydali maqsadlarda ishlatish.
Transgen hayvonni sog'ish jarayonida uning suti bilan birgalikda dorivor
oqsillar ham sog'iladi. Bugungi
kunga kelib nafaqat sigirlarni, balki echki, qo'y,
cho'chqa, quyon va hattoki sichqonni ham sog'ish mumkin bo'lgan mehanik apparatlar
mavjud. Transgen hayvondan sog'ilgan sut tarkibidagi dorivor oqsilni tozalash ham
muammo bo'lmaydi. Mabodo, tozalangan oqsil tarkibida begona moddalar qolib ketsa,
ular organizmga zarar qilmaydi. Chunki bu moddalar sutning bezarar oqsillari yoki
boshqa moddalari bo'lishi mumkin.
Hozirda transgen sichqonlar yordamida ularning suti orqali ba'zi
bir oqsillar
olinmoqda. Quyida ushbu olinayotgan oqsillar va ularning sutdagi kontsentratsiyasi
berilgan:
α
1
–antitripsin (mg/ml);
interferon (ng/ml);
qon ivish faktori IX (mkg/ml);
zardob al'bumini (mg/ml);
trofoblastin (mkg/ml);
urokinaza (mg/ml);
interleykin-2 (mkg/ml);
superoksiddismutaza (mg/ml);
turli immunoglobulinlar va boshqa oqsillar.
Yirik transgen sut emizuvchi hayvonlar suti orqali olinayotgan oqsillar:
quyonlar – interleykin-2 (ng/ml) va plazminogen aktivatori (mkg/ml);
qo'ylar - α
1
-antitripsin (mg/ml) va qon ivish faktori IX (ng/ml);
echkilar - plazminogen aktivatori (mkg/ml).
Nega bu ro'yhatlarda sigirlar yo'q degan savol tug'ilishi mumkin? Dastlabki
dorivor oqsillar 1990 yil transgen sichqonlardan olingan. Ohirgi yillarda boshqa yirik
sut emizuvchilardan ham olindi. Sigirlardan dorivor oqsil
olish uchun eng avvalo
transgen sigir yaratish zarur. Transgen sigir yaratish uchun juda uzoq vaqt talab etiladi.
Chunki, sigirlarning jinsiy etilishi 1,5-2 yoshga to'g'ri keladi. Homiladorligi 9 oy davom
etadi. Dorivor oqsil esa F
2
avloddan boshlab sut bilan ajralib chiqadi. Qisqasi, transgen
sigir yaratib, undan dorivor oqsil olish uchun 6 yildan ko'p vaqt ketadi.
Hozirda inson sog'ligi uchun muhim bo'lgan rekombinant immunoglobinlar
sintez qiluvchi transgen hayvonlar yaratish ustida jadal ishlar olib borilmoqda.
Yana bir o'rinli savol tug'iladi; insonni dorivor oqsillarga bo'lgan ehtiyojini
qondirish uchun qancha transgen hayvon yaratish kerak? Masalan, butun Er shari
aholisini qon ivish faktori IX ga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun ushbu oqsildan 85
kg, qon ivish faktori VIII ga bo'lgan ehtiyojini qondirish
uchun esa bu oqsildan bor-
yo'g'i 7 kg olinsa kifoya qiladi. Agar 1 ta transgen sigir bir yilda 6000 litr sut bersa,
shuncha sut tarkibida 6 kg dorivor oqsil bo'ladi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, dunyo aholisini qon ivish faktori VIII ga
bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 1 ta yoki 2 ta transgen sigir, qon ivish faktori IX ga
bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 15-20 ta transgen sigir, fibrinogenga (butun dunyo
uchun yillik ehtiyoj 3 tonna) bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 500
ta transgen sigir
yasash kerak bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: