Embrional o'zak hujayralar yordamida embrionlarni rekonstruktsiya qilib transgen hayvonlar olish ketma-ketligi.
1-
embrional o'zak hujayralar kul'turasini olish (bu hujayralar – blastotsistalarning ichki hujayralari massasi).
Blastotsistalar fibroblastlarda o'stiriladi. Ular Petri kosachasi tagida qat-qat bo'lib ajraladi. Ularning ayrimlari embrional
o'zak hujayralari liniyasini hosil qiladi.
2- embrional o'zak hujayralarga genetik konstruktsiyani kiritish (transgen hujayralarni
boshqalaridan ajratib olish
uchun o'zak hujayralarga Neo geni kiritiladi. Neo – neomitsinga (antibiotik) chidamli gen. Bu gen neomitsintransferaza
fermenti sintezi uchun javob beradi. Muhitga neomitsin antibiotigi qo'shilsa, tarkibiga
Neo geni kirmagan hayvon
hujayralari halok bo'ladi. Neo geni bor hujayralar esa yashayveradi. So'ngra tirik qolgan hujayralar koloniyasi molekulyar-
genetik tahlil qilinadi.
)
;
3- mikroin'ektsiya uchun blastotsistalar olish: ular terisini rangi boshqalaridan farq qiladigan hayvonlar liniyasidan
olinadi;
4- himer embrion konstruktsiyasini yaratish: transgenembrional o'zak hujayralarniblastotsistalar bo'shlig'iga kiritish;
5- yaratilgan himer embrionni surrogat urg'ochi hayvonga transplantatsiya qilish;
6- surrogat onadan tug'ilgan hayvonlarni tahlil qilish. Tug'ilgan hayvonlarning bir qismi himer bo'lib,
ularning
organizmida ham blastotsista (rasmda oq rangda ko'rsatilgan), ham transgen embrional o'zak hujayralar bo'ladi(rasmda
qora rangda ko'rsatilgan)
.
Ayrim sichqonlarda umuman transgen hujayralar bo'lmasligi mumkin (rasmda – oppoq sichqon).
Transgen hujayralari ko'p sichqonlar (rasmdagi qop-qora rangli sichqonlar) bir-biri bilan chatishtiriladi. Agar transgen
hujayralari ko'p sichqon erkak bo'lsa, undan tezda katta miqdorda sichqonchalar olish mumkin.
7- himer erkak sichqon al'binos urg'ochi sichqon bilan chatishtiriladi va ulardan tug'ilgan sichqonchalar tahlil qilinadi.
Organizmida
transgen gametalar saqlagan himer hayvonlar ana shunday aniqlanadi;
8
- Gomozigotali sichqonlar olish uchun F
1
avlod sichqonlari bir-biri bilan chatishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: