Transgen hayvonlarni o'rganish asosida gen terapiyasi usullarini ishlab chiqish Bir qarashda «terapiya» va «transgen tehnologiyalar» atamalari bir-biriga
mutlaqo begonadek tuyuladi. Aslida unday emas. Bugungi kunda transgen
tehnologiyalar asosida tibbiyotning yangi yo'nalishi – gen terapiyasi vujudga keldi.
Inson genomi bilan ishlanayotganda mutahassisdan juda katta ehtiyotkorlik talab etiladi.
Biroq o'ta og'ir kasalliklar bilan og'rigan bemor hayotini saqlab qolish uchun ba'zida
genomga o'zgartirishlar kiritishga to'g'ri keladi. Olimlar, masalan, saraton, OITS kabi
kasalliklarni davolash keyinchalik transgen tehnologiyalar yordamida amalga oshiriladi
deb umid qiladilar.
Gen terapiyasida somatik transfektsiya usulidan foydalaniladi. Bunda bemor
organizmining ma'lum bir hujayra va to'qimalariga genetik kontruktsiya kiritiladi.
Amerika sog'liqni saqlash assotsiatsiyasi keltirgan ma'lumotlarga qaraganda,
AQSHda birgina 1999 yilning o'zida 200 ga yaqin genoterapevtik ishlanmalar klinik
oldi sinovlariga ruhsat etilgan. Genoterapevtik ishlanmalar boshqa davolash usullari
kabi transgen hayvonlarda sinovdan o'tkazilmoqda.
Transgen hayvonlar – inson organlari manbai Bu fantastik loyihani bajarish ancha murakkab. Lekin dolzarbligi juda yuqori.
Chunki butun dunyoda donorlik organlariga talab katta. Ko'plab bemorlar ularga buyrak
yoki yurak ko'chirib o'tkazishlari uchun navbat kutadilar. Lekin navbatlari etib
kelgunicha hayotdan ko'z ymadilar. Balki ushbu muammoni transgen hayvonlar
yordamida hal qilish mumkindir degan fikrlar ham yo'q emas.
Bemorga hayvon organini to'g'ridan-to'g'ri ko'chirib o'tkazib bo'lmaydi. Sababi,
bemor immun tizimi begona organga qarshilik ko'rsatadi. Ushbu holatni oldini olish
uchun transgen cho'chqa yaratish lozim. Yaratilgan cho'chqaning begona organga
qarshilik ko'rsatuvchi genlari nokaut qilingan bo'lishi kerak. Nokaut qilingan genlarni
o'rniga odamning begona organga qarshilik ko'rsatuvchi genlari kiritiladi.