Biotexnologiya


Transgen hayvonlarni klonlash



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   141
720 (1)

Transgen hayvonlarni klonlash 
Transgen hayvonlar yaratish – juda murakkab jarayon. Statistik ma'lumotlarga 
ko'ra, in'ektsiya qilingan 40 ta sichqon zigotasidan bitta transgen sichqon, in'ektsiya 
qilingan 100 ta qo'y yoki echki zigotasidan bitta transgen qo'y yoki echki, in'ektsiya 
qilingan 1500 ta qoramol zigotasidan faqat bitta transgen qoramol olinadi. Olingan 
transgen hayvonlarning 50% kamroq qismi transgen oqsilni ekpressiyalaydi. Ba'zida 
gen ekspressiyalangani bilan mahsulot sut bilan ajralib chiqmaydi. Buni sabablari hali 
ohirigacha aniqlangan emas. 
Barcha parametrlar bo'yicha ideal transgen hayvon olingan taqdirda ham yana bir 
muammo tug'iladi. Olingan ideal transgen hayvonning hamma belgilari ham uning 
keyingi avlodlariga o'tavermaydi.
Shuning uchun olimlar tomonidan transgen hayvon olishga nisbatan sut 
emizuvchilarni klonlashga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Klonlash yordamida bir marta 
olingan ideal produtsent-hayvonni qayta-qayta yangi nushalarini ko'paytirish mumkin. 
Ko'paytirilgan yangi nushalar ya'ni klonlar orqali tibbiyot va farmakologiyada ko'p 
qo'llaniladigan odam oqsillariga bo'lgan ehtiyojni qondirsa bo'ladi.


Qurbaqa klonini olishning qisqartirilgan shemasi. 
 


YanVilmuttajribalariasosidasutemizuvchilarkloniniolishprintsipi. 
Tuhumhujayrasitoplazmasivadonorhujayraturliranglardako'rsatilgan.
Qo'y klonini olishning dastlabki bosqichlari: qo'y 
hujayrasining yadrosini olib tashlash va yadrosi olingan 
hujayrani somatik hujayra bilan qo'shish: A-ingichka 
shisha mikropipetka yordamida tuhum hujayraning 
yadrosini olib tashlash; B- tuhum hujayraning yadrosini 
olib tashlash operatsiyasining muvaffaqiyatli chiqqan-
chiqmaganini 
tekshirish: 
olingan 
yadro 
DNKsi 
ul'trabinafsha nurlarda yaltiraydi; C- somatik hujayra 
tutgan 
shisha 
mikropipetka 
tuhum 
hujayraga 
yaqinlashtirilmoqda; D- somatik hujayrani (yadrosi bilan 
birga) tuhum hujayraga kiritish; E- elektr maydoni 
ta'sirida somatik va tuhum hujayrani qo'shilishi.
 
 
 
 


 
 
Sichqon klonini olish bo'yicha R.Yanagimachi tomonidan o'tkazilgan tajriba shemasi: 1-tuhum hujayra; 2-somatik 
hujayra; 3-tuhum hujayrani yadrosini olib tashlash; 4-somatik hujayrani yadrosini ajratib olish; 5-tuhum hujayraga somatik 
hujayra yadrosini in'ektsiya qilish; 6-tuhum hujayrani faollantirish; 7-faollantirilgan tuhum hujayrani sichqonga 
transplantatsiya qilish.

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin